Qirgʻiziston prezidenti diniy yetakchilar bilan uchrashdi

898
0

Saroy olimlari oʻzlarining ummat oldida hech qanday obruy eʼtiborga ega emasligini oʻzlari ham yaxshi bilishadi. Qirgʻizistonda ular Chubak hojini oʻz saflarida ushlab qolish maqsadida prizidentni u bilan muzokara qilish uchun avval qadam tashlashga koʻndirishdi.

Prizident Almazbek Atambayev 15 avgust kuni Qirgʻiziston muftiysi Maksat Toktomushevni, ulamolar kengashi raisi Abdushukr Normatovni, “iymon” fondi yetakchisi Nurjigit  Qodirbekovni va ulamolar kengashi aʼzosi Chubak hojini oʻz qabulxonasiga chaqirdi.

Uchrashuv chogʻida mamlakatdagi ichki diniy muhitning holati koʻrib chiqildi. Shuningdek, hukumat va diniy yetakchilarning “diniy radikalizm va ekstremizm”ga qarshi hamkorlikda olib borishayotgan harakatlari ham muhokama qilindi.

Prizident oxirgi vaqtda “dinga aloqador boʻlgan barcha fikr mulohaza va harakatlar, radikallar va ekstremistlar tarafidan qizgʻin tanqidga olinyapti. Buni ekstremistlar kuchaytirishyapti”, dedi. Shuningdek u “biz butun dunyo bilan birga qadam tashlab borishimiz, yaʼni ilmoniylik sistemasini mahkam ushlashimiz kerak”, dedi.

Turkiston: 

Prizident, oxirgi vaqtlarda daʼvatchilarni ekstremist deb tan oldirish uchun harakat qilmoqda. Ularning saqollarini va kiygan kiyimlarini tahqirladi. Shunda, Chubak hoji boshchiligida minglagan musulmonlar ularni himoya qilish uchun qarshilik koʻrsatishdi. Prezident ana oʻsha musulmonlarni erktremist deb atamoqda.

Soʻng prizidentning oʻzi bosh boʻlib, deputat Akayevni qoʻllab-quvvatladi. Xuddi hozir Chubak hojining oʻrniga uni chaqirtirib, himoyasiga oldi va Chubak hojini har tomondan siquvga oldi. Yana minglagan musulmonlar Chubak hojini himoyasiga olib, “bu ekstremist, uni qamab yuborish kerak” degan bir qator siyosatchilarga qarshilik qilishdi. Prizident ularni ham ekstremistlar deyapti.

Soʻng prizident bannerlar osib, hijobga qarshi harakatlarni boshladi. Oʻzini yarim yalangʻochlar tarafdori qilib eʼlon qilib, hijobli muslimalarni qoʻporuvchilar deb haqorat qildi. Yana minglagan Musulmonlar hijobni himoya qilish uchun ijtimoiy tarmoqlardan oʻz fikrlarini bildira boshlashdi. Prizident bularni ham radikallar, ekstremistlar deyapti.

Yaqinda Chubak hojini tergovga chaqirtirib, uning ustidan jinoiy ish ochmoqchi boʻlishdi. “Ahmadiya firqasini kofir deding” deb, iymondan toygan firqani himoya qilishdi. Yana minglagan musulmonlar Chubak hojini va diniy qadriyatlarimizni himoya qilib, oʻz fikrlarini bildirishdi. Prizident bularni ham ekstremistlar demoqchi boʻlyapti.

Shu kunlarda Omurbek Tekebayev prizidentning haqiqiy harakatlarini va maqsadlarini ochib yubordi. Mana shulardan kelib chiqib qaraganda, Prizident Chubak hojini chaqirib u bilan yarashishga intilishining bir qancha tomonlari bor.

1)            Radikal sanalgan oppozitsiyadan alohida, Tekebayev ham oʻzining tarafdorlari bilan bosh koʻtardi. Prizident shu holatida konstitutsiyani oʻzgartirish uchun referendum oʻtkazishi oʻta qiyin kechadi. Prizidentning maslahatchilari siyosiy tomondan ancha zaif. Ular Chubak hojini sindirish orqali Tekebayevga ham, islomiy muhitga ham zarba berishni maslahat berishgan edi. Lekin vaziyat boshqacha tus olib, oʻzlari zaiflashib qolishdi. Endi Chubak hoji orqali, balki diniy qatlam bilan ham, Tekebayev bilan ham oʻrtalarini oʻnglab olishga harakat qilishayotgan boʻlishlari mumkin.

2)            Maksat Toktomushev boshchiligidagi hukumatga tobe diniy yetakchi guruh “iymon” fondi olib borayotgan diniy muhitni oʻz qoʻliga olish uchun yaroqli darajadagi vaznga ega boʻlmagan ulamolar, deb tan olindi. Ular Chubak hojini oʻz safiga olishlari bilan juda katta ishlarni yurgizib yuborishlariga prizidentni ishontira olishdi. Aslida prizidentga referendum oʻtishi uchun musulmonlarning qoʻllovi kerak. “Iymon” fondiga esa, diniy qatlamni oʻz tomoniga ogʻdirib, kelgusida ilmoniy diniy aralash kufr muhitini paydo qilib, Gʻarb olamining ishonchini qozonishi kerak. Yaʼni har tomonning maqsadlari bir biriga muvofiq kelib qoldi desak ham boʻladi. Prizident islomiy muhitning quvvatiga tan bera boshladi. U musulmonlar bilan fikriy kurashda oʻz magʻlubiyatini tan oldi desa ham boʻladi.

Har qaysi holat uchun ham shuni aytamizki, hukumat diniy ulamolarga oqni qora qorani esa oq deb, oʻz shariatingdan hujjat topib berasan, deb majburlaydi. Bu ishni kim qilishidan qatʼiy nazar, Chubak hojimi yoki Abdushukurmi farqi yoʻq, oʻz obruyini yoʻqotadi. Olimning obruyi uning fidoiyligida, jasorati va matonatidadir. Ummat ulamolarni koʻp narsani bilgani uchun emas, Islomda sabr qila olgani uchun qadrlaydi.

Ilmiyanovchilarning bunga aqli yetmayapti. Ular ulamolarni birin ketin sindirib, ularni ustilaridan jinoiy ishlar qoʻzgʻab, saroy ulamosiga aylantirishni maqsad qilishyapti. Lekin u ulamolarning quvvati Islomdagi barqarorligida ekanini, ular oʻz printsiplarini oʻzgartirishi bilan ularning quvvati ham bir zumda yoʻq boʻlib, ularning ustidan olib borilgan shuncha harakatlar bir tiyinga qimmat boʻlib qolishini tushuna olishmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.