Gʻarbning ayol kishi xususidagi aldovi

1025
0

بسم الله الرحمن الرحيم

MODA ORTIDAN QUVISh DEMOKRATIYaNING BALOSIDIR (5)

Gʻarbning ayol kishi xususidagi aldovi

Darhaqiqat, Gʻarb jamiyati goʻzal ayolni namoyon etadigan meʼyorlar – uning qomatli, chiroyli, oq-sariq, hislarni junbishga keltirib zavqlantiradigan va aybu nuqsonlardan xoli boʻlish deb belgilagan. Ayol kishiga fikrlashi va zakovatiga qarab emas, shu meʼyorlarga binoan baho berila boshlandi. Bu esa ayol kishida oʻz koʻrinishiga ortiqcha berilish aqliyasini vujudga keltirdi. Ayol kishi shu bilan aldanishi kerakmi? Yoki hayot uchun qabul qilishi lozim boʻlgan koʻrinish va toʻgʻri shaxsiyani yaxshilab oʻylashi lozimmi?

Baxtga qarshi Gʻarbning tushunchasiga asoslangan goʻzallik meʼyori Islom olamidagi koʻp ayollarga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Bu ish favqulodda yuz bergani yoʻq. Zero, Gʻarb saqofati musulmonlar zehnlariga hujum qilgan edi. Ularning eʼtiboriga qaratilgan ommaviy axborot vositalarining nazaridagi ideal ayolning shaklini koʻchirishda katta taʼsiri boʻldi. Gʻarb yashash tarzi haqida gapirib, ideal ayol koʻrinishini koʻrsatadigan “Vogue”, “Cosmopolitan” va “Mary Clair”ga oʻxshash majallalar Pokiston, Bangladesh, Turkiya, Livan, Misr shaharlarida va qolgan arabiy va Islomiy shaharlarda tarqatiladi. Gʻarb ayolining margʻub surati (figurasi)ni koʻrsatishga eʼtibor qaratadigan goʻzallik salonlari ochiq-oydin koʻpayib bormoqda. 2002 yil oktyabr oyida “Bi-bi-si” Afgʻoniston haqida “Afgʻon qizil lablari erkinligi” qissasini taqdim qildi. U qissa Kobulda ayollar ishlari boʻyicha Afgʻoniston vazirligi boʻlimi nazorati ostida qurilib, 2003 yil may oyida bitkaziladigan, Gʻarb uslubidagi goʻzallik maktabi bilan Afgʻoniston ayollarini taʼminlash uchun Qoʻshma shtatlar tomonidan mablagʻ bilan taʼminlangan loyihani muhokama qiladi. U maktabning gʻoyasi ayrim Afgʻoniston ayollarini soch kesish va goʻzallik savdosiga oʻrgatib, “Revlon” va “Max Factor” kabi mashhur pardoz-andoz buyumlari ishlab chiqaradigan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan kosmetik vositalar bilan taʼminlashdir. Afgʻonistonda ayollar duchor boʻlayotgan ochlik, toza suv tanqisligi va turli kasalliklarning keng tarqalishi kabi muammolar orasidan Gʻarb afgʻon ayolining birlamchi masalasi ayollar zehniga Gʻarbdagi ayol koʻrinishiga taqlid qilish ragʻbatini ekishni qaror qilgan koʻrinadi.

Afsuslar boʻlsinkim, ikkinchi marta ham juda koʻp muslima ayollar Gʻarb shaxsiyasiga asoslangan gʻarbcha ayol koʻrinishini va dinni davlatdan ajratishga asoslanadigan Gʻarbning hayotga boʻlgan koʻz qarashini qabul qildilar. U ayollarda goʻzallik meʼyorlari uzun qomatli, oq-sariq sochli, yosh, ozgʻin, chiroyli boʻlishga aylandi. Turmush qurish uchun qiz bola izlanganda, koʻpincha yigit yoki yigitning ota-onasi “oq-sargʻishroq qiz chiroyliroq boʻladi”, degan fikratga amal qilib, iymoni kuchli qizni izlash oʻrniga oʻsha sifatlarga mos keladigan qizni izlashmoqda. Qizlar terilarining rangi oqarguncha turli xil narsalardan foydalanib, ularning oqibatlariga parvo ham qilishmayapti. “Jyulpen” deb nomlanadigan oqartiruvchi mahsulot turlarining biri ayni saraton (rak) keltirib chiqaradi. Ashuraya Roy ismli hind aktrisasi oq badani va moviy koʻzlari bilan koʻpchilik osiyolik ayollarni tong qoldiradi. Ayni paytda esa plastik xirurgiya va enurektsiya (ishtaha yoʻqligi kasalligi) Gʻarbda va Islom olamida yashayotgan muslima ayollar orasida keng yoyilgan. Yaqinda “Din va moda” hujjatli koʻrsatuvi “Bi-bi-si” telekanalida ayol kishi qanday qilib muslima boʻlishi va shu vaqtning oʻzida moda doirasining bir boʻlagi boʻla olishi mavzusini aniqlab, muhokama qildi. Bu koʻrsatuv koʻzlagan asosiy maqsad Gʻarbda yashayotgan muslima ayol Gʻarbning goʻzallik haqidagi fikratini qabul qilishi uchun unga eʼtibor qaratib, jamiyatga Gʻarb uslubida qorishib ketishi maqsadida unga goʻzallik andozasini chiqarib bermoqchi, toki bu narsa uning Islomiy shaxsiyadan mahrum boʻlishga va muslima ayol sifatida oʻz masʼuliyati va majburiyatlarini yoddan chiqarishiga sababchi boʻlsin. (davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.