Bannerlarning maʼnolarini taʼvil qilishga harakat

888
0

Bannerlarning maʼnolarini taʼvil qilishga harakat

Qirgʻiziston hukumati telekoʻrsatuvlar orqali, nikob va paranji kabi hijobga qarshi butun Qirgʻiziston boʻylab ilinayotgan bannerlarning maʼnolarini boshqa yoqqa oʻzgartirishga harakat qildi

Turkiston:

Hijobli ayollarning uch xil shakli namoyon qilingan va avvalda Bishkek shahrida osib qoʻyilgan bannerlar soʻngi kunlarda Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayevning buyrugʻiga binoan butun Qirgʻiziston boʻylab ilina boshladi.

19 iyul kuni davlatga qarashli birinchi telekanal orqali Chubak hoji, Frontbek qizi Jamal va “Iymon” fondi yetakchisi ishtirokida “oy ordo” telekoʻrsatuvi efirga uzatildi. Hukumatning buyurtmasi bilan, ular musulmonlarning hijoblarini milliylashtirish va bannerlarning maqsadi ham xuddi shunga qaratilgan ekanligi haqida soʻz yuritishdi. Yaʼni Bannerlardan koʻzlangan maqsad “elechek nomli Qirgʻiz milliy jijobining niqob deb nom olgan Arablar hijobi bilan almashib borayotganiga qarshilik koʻrsatish hamda ularni milliy hijobga qaytarishga targʻib qilishdir” deb tahlil qilishdi.

Aslida unday emasligi kundek ravshan. Ammo xolislik yuzasidan aytadigan boʻlsak, qirgʻiz xalqining elechek milliy libosi sharʼiy libos shartiga toʻgʻri keladi. Lekin qolgan hijoblar ham sharʼiy liboslar hisoblanib, hijob (avratni va shakl-shamoyilni toʻliq berkituvchi kiyim) shartlariga toʻgʻri keladi.

Hukumat millatchilik robitasini kuchaytirib boryapti. Millatchilar islomiy mafkuraviy qarshilikka roʻbaro kelishdi. Islom millatchilikni sassiq tushuncha va harom harakat deb taʼlim beradi. Buni bilgan Gʻarbdagi ilmoniy mafkuraviy yetakchilari bu millatchilarga Islomiy muhitni islomiylashish yoʻli yordamida milliylashtirish vazifasini topshirdi. Ular milliy tuygʻularimizdan foydalanib, imomlarimizni va ulamolarimizni milliy kiyimlar bilan kiyintirishdi. Soʻng boshqa millatga mansub ulamo va imomlarni islomiy jamiyatimizdan chetlatish ishlari boshlandi. Navbat ayollarimizga keldi. Lekin, hamma ayollarni emas, faqat islomiy ayollarimizni milliy kiyimga chaqirish, majburlash va boshqacharoq kiyinganlarini taʼqib qilish amaliyotlari boshlanayapti.

Buzuq robitaga ega milliy harakat oqimi hukumat va organ xodimlari bilan birlashib, Arab hijobini kiyishni ixtiyor qilgan ayollarimiz va opa singillarimizni hamda ularning mahramlarini taʼqib qilishga harakat qilishmoqda. Telekoʻrsatuvda Frontbek qizi Jamal Oʻshda “10- boʻlim” xodimlari bilan birgalikda Oʻzbeklar mahallalarida “milliy kiyim kiyinglar, qora rangli yoki boshqa millatlar kiyimini kiymanglar”, deb targʻibot ishlari olib borishganini aytib oʻtdi. Organ xodimlarini bizlarning kiyimimiz bilan nima ishi bor!? Demakki, Jamal hukumat bilan birga qora hijobga qarshi harakat boshlashgan. Organ xodimlari esa, hukumatning buyrugʻi bilan Jamalga yordam koʻrsatib yuborishgan. Bundan boshqacha boʻlishi mumkin emas.

Bu milliy harakatlarning ikki jihati bor:

1) Milliy tuygʻularimizga erk berib hamda islomiy sharʼiy haq huquqlarga karshi chiqib, boshqa millat vakillariga yoki boshqa millatning shaʼiy joiz boʻlgan kiyimlariga qarshi chiqish bilan haddimizdan oshib ketish. Yaʼni bu Qirgʻiz millatchilarining milliy qadriyatlarini islomiy qadriyatlarimizdan ustun qoʻyib olishga boʻlgan intilishning oʻzginasidir, Alloh saqlasin. Tengrichilarni kelib chiqishi va koʻpayib borishi ham shu milliy harakat yetakchilarining tashabbusi va ularga imkoniyatlar yaratib berishlari bilan amalga oshdi. Hukumat ularni himoya qilib kelyapti. (Bu millatchilikning salbiy koʻrinishi deb eʼtibor qilinadi).

2) Chubak hoji “bannerdagi elechek libosidan yalangʻoch va yarim yalangʻoch yurgan yoki jamoatchilik joylarida ochiq jinsiy aloqa qilayotgan qirgʻiz millati vakillariga qarshi foydalanishimiz kerak” dedi. Yaʼni, biz elechekni hijob deb bilamiz. Hijobni esa sharʼiy libos deb bilamiz. Demak u orqali boshqa millatlarning sharʼiy hijobiga qarshi emas, nosharʼiy harom kiyimlarga qarshi kurashishimiz vojib edi. Bannerdagi suratlarni elechekka targʻibot deb eʼtibor qilgan taqdirimizda ham, uni mamlakatda milliy kiyim deb etibor qilib, unga hech boʻlmaganida, davlat idoralaridagi ishchilarning majburiy kiyimi sifatida qonuniy tus berilishini hukumatdan talab qilishimiz kerak boʻladi (xuddi Malaziya, Indoneziya, Saudiya singari). (bu millatchilikning ijobiy koʻrinishi deb eʼtibor qilinadi)

Qirgʻiz millatchilari islomiylashgan boʻlishsa, oʻzlarining milliy tuygʻularini va butun Qirgʻiz millatining milliy tuygʻularini islomiylashtirishga harakat qilishsin. Chunki Islom dini milliy urflarni yoʻq qilish uchun kelgan emas. Balki, Islom milliy urf odatlarimizni tozalash, yaʼni ularning sharʼiyatga muvofiqlarini saqlab qolishga imkon yaratib berish, nosharʼiy urflarimizni esa yoʻqqa chiqarish uchun kelgan haq dindir.

Daʼvat ham mana shu tushunchaga asoslanishi vojib. Biz daʼvatchilar, milliy urflarimizni islomiylashtirishga, yaʼni shariatga muvofiq yoʻnaltirishlariga erishish maqsadida harakat olib borishimiz vojib. Buning uchun urugʻchilik, tabaqachilik va boshqa har turli tarmoqlarda ish olib borayotgan ummat vakillarining odatiy harakatlarini shariatga muvofiq yoʻnaltirishlariga harakat qilishimiz lozimdir. Bu bizlarning zimmamizdagi sharʼiy vojibotimiz. Bundan boshqacha harakat qilishimiz harom.

Qirgʻizistonda yashab daʼvat ishini olib borayotgan barcha daʼvatchilarga shuni bildirib qoʻymoqchimiz: Jamiyatimizda biror urfni yoki qadriyatlarni himoya qilayotganimizda milliylik yoki boshqa biror qadriyatlar diniy qadriyatlardan ustun qoʻyilishi mumkin emas. Yaʼni yuqoridagi ayollar milliy sharʼiy kiyimlarini himoya qilayotganimizda boshqa sharʼiy liboslar oyoq osti qilinishi haromdir. Chunki biz hujum qilayotgan bu liboslarni Paygʻambarimiz (sav)ning qizlari, ayollari va boshqa ashoblar (ra)ning yaqin ayollari ham kiyganligini unutmasligimiz kerak. Bu harom amallarni kim qilishidan qatiʼy nazar, biz ularni qaytarishga, hech boʻlmaganda ular tomonda turishdan bosh tortishga buyurilganmiz.

Lekin biz milliy kiyimimizga qaytish bilan yarim yalangʻoch yurgan ayol-qizlarimizni ham hijobga kirita olsak, bu chaqiruv vojib boʻlib qoladi. Agar ustimizga bostirib kelayotgan Gʻarb dunyoqarashidan shu sharʼiy milliy koʻzqarashdagi libosimiz bizni qutqara olsa, uni kiyishimiz va unga baralla targʻib qilish ishlarini kuchaytirishimiz vojib boʻladi. Chunki hanafiy mazhabining sharʼiy kulli qoidasiga muvofiq “vojib nima bilan yakuniga yetsa, oʻsha ish ham vojib boʻladi” deyiladi.

Endi ish davlat va prizidentda qoldi. Elechekka nisbatan qanchalik himoya va targʻib ishlarini birgalikda yurgiza olamiz? Uni milliy qadriyatimiz asosi hisoblab, hukm egalari buyruq bilan va boshqa quvvati bilan, biz daʼvatchilar haqqa chaqirish ishlarimizni jadallashtirish bilan, qolganlar esa oʻzlariga yaqin ayollarga oʻsha sharʼiy kiyimlarni kiyintirish bilan, oʻzimizni milliy islomiy fidoiy ekanimizni isbotlab qoʻyaylikchi.

Aks holda, yaʼni shu yerda toʻxtab qolsak va bannerlarni yopishtirish bilan cheklanib, elechek yana esimizdan chiqib ketsa, bilamizki, biz populist siyosatchimiz va qalbaki milliy qahramonmiz. Unday boʻlmaydi degan umiddamiz!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.