Tojikiston shimolidagi barcha madrasalar yopildi

461
0

Tojikiston shimolidagi barcha madrasalar yopildi

 “Millat rahnamosi” Imomali Rahmon uzoq yillardan buyon oʻsib kelayotgan yosh avlodni Islom dinidan uzoqlashtirish uchun oʻz imkoniyatidagi barcha uslub va vositalarni ishga solib kelmoqda. Avval 18 yoshga toʻlmagan yoshlarni masjidga kirishiga toʻsiq qoʻyildi. Yoshlarni majidga kirishlarini oldini olish uchun barcha masjidlarga nazorat kameralari joylashtirib chiqilgan boʻlsa, keyinchalik xorijdagi diniy maktablarda taʼlim olayotgan 2000dan ortiq talaba Imomali Rahmon buyrugʻi bilan Tojikistonga qaytarildi.

 2013 yilga kelib esa Soʻgʻd viloyatidagi beshta madrasa faoliyati Tojikiston taʼlim vazirligidan tegishli ruxsat olishi kerakligi bahonasi bilan faoliyati toʻxtatib qoʻyildi. Mazkur madrasalar faoliyati toʻxtatilishidan oldin mamlakat boʻyicha rasmiy faoliyat yuritayotgan oltita madrasa bor boʻlib, ularning beshtasi Soʻgʻd viloyatida joylashgan edi. Bular Istaravshan, Xoʻjand, Konibodam, Penjikent va Bobojongʻafur tumanlarida joylashgan boʻlib, ularda 300ga yaqin talabalar taʼlim olib kelishar edi.

 Bugunga kelib faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan madrasalar umuman yopib qoʻyildi. Din ishlari, milliy anʼana, toʻy va marosimlarni tartibga solish qoʻmitasi rasmiysi Suhrob Rustamzoda madrasalar yopilgani haqida maʼlum qildi.

 Uning soʻzlariga koʻra, madrasalardagi taʼlim shartlari ustav talablariga toʻgʻri kelmaganligi sababli madrasalar faoliyati qayta tiklanishiga ruxsat berilmadi.

Turkiston:

Imomali Rahmon haddidan oshdi. U oʻziga berilgan barcha salohiyatlardan foydalanib, Allohning shariatiga, Islom va musulmonlarga qarshi borayapti.

Aslida I. Rahmonning ishlari uning oʻzining tashabbusi yoki ixtiyori bilangina amalga oshirilayotgan ish emas. Yaʼni, bu uning imkoniyati, aql idroki doirasidagi loiha emas. Balki bu olamiy kufr sistemasining musulmonlarga qarshi umumiy karshilik mexanizmining bir qismidir. Kufr olami har bir mintaqa uchun muayyan bir yoʻllanma asosidagi strotegiyani belgilab beradi. Bu strotegiya mamlakatdagi fuqorolarning yashash darajasiga, diniy muhitlarining qay darajada ekaniga, millatlar aro keskinliklarga, mintaliteti, milliy harakteri, ziyolilar va siyosatchilarning saviyasi va fidoiyliklariga qarab belgilanadi.

Tojikistonga Oʻzbekistonning yoʻnalishi boʻylab borishi uchun ijozat berildi. Chunki bu mamlakat fuqorolari ham, Oʻzbeklar singari oʻtiroq millat boʻlib, Islom dini bilan oʻz urflarini chambarchas bogʻlab olishgan. Ularda ham diniy fundamentlar mavjud boʻlib, oʻz vaqtida dinni himoyasi uchun bu millat nimalarga qodir ekanligini koʻrsata olgan. Kufr olami bu mintaqada erkinliklarni boʻgʻib tashlash uchun uzoq yillar mobaynida tinmay, sekin-asta, birin-ketin uslublar ishlatib, shu kundagi holatni paydo qildi.

Tojikistonda ham, avval Qirgʻiziston singari musulmonlar oʻta erkin yurishar edi. ular Said Abdullo Nuri boshchiligida hukumat bilan ittifoq tuzishdi. Dindorlarga hatto 30% hukumatdan va parlamentdan oʻrin ajratib berilgan edi. Diniy qatlam vakillari bir kancha yil izzat ikromda yashashdi. Ular ham Qirgʻiz diniy elitasi singari, oʻzlarini hukumatlarining bir boʻlagi va hamkori deb bilishar edi.

Lekin ularning bu hamkorliklari uzoqqa bormadi. Hukumat kufr sistemasining koʻrsatmasiga muvofiq diniy elitani birin ketin hukumat ishlaridan chetlata boshladi. Juda makkorlik bilan ularning birini ikkinchisiga qarshi qayrab, oxiri diniy muhit holdan toyishi bilan, ularning hammasining hukumat ishlariga aralashuviga nuqta qoʻyildi. Soʻng diniy odamlarni ilgarigi ishlari qayta tekshirilib, birin ketin quvgʻinga olina boshladi, qamoqqa tashlandi, xullas, oxir oqibati bugungi kundagi holatga keldi. Imomali oʻzini sal kam “Xudo” deyishgacha yetib bordi. Harakatlari esa, Allohning hukmlariga qarshi shirklarga toʻlib toshdi.

Tojikistondagi birodarlarimizning holati biz Qirgʻiziston musulmonlari uchun oʻrnak boʻlishi kerak. Hozirda bizning mamlakatda ham, xuddi Tojikistondagi uslub bilan harakat olib borilyapti. Bizda ham, Abdullo Nuriy singari siyosiy koʻr yoki atayin xoinlik qilayotgan ulamo va diniy rahnamolar koʻrina boshlayapti. Boʻgʻizimizgacha kufrga va haromga botib turgan vaqtimizda, ular islomiy qadriyatlardan sanalgan saqol, hijob va diniy-siyosiy harakatlarga qarshi kurashishda hukumat bilan ochiq hamkorlik qilishyapti. Xiyonat eshigi ostiga kelib qolgan diniy bu shaxslar Islomni oliy qilish uchun harakat qilayotgan jamoalarga qarshi harakat olib borishayapti. Ular yaqin kunlarda bir deputatni himoyasi uchun televideniyadan chiqish qilishib, dindorlarni bir necha boʻlaklarga boʻlib yuborishmoqchi boʻlishdi. Ular qarshilik qilayotgan ulamoni esa, hukumat qamab yuborishlariga oz qoldi. Birodarimizni diniy birdamlik va musulmonlarning unga boʻlgan muhabbati saqlab qoldi. Allohning nusrati bilan albatta.

Qirgʻizistonda ham Tojikistondagi holat yuzaga kelishi uchun, yetakchi musulmon birodarlarimiz hukumatga va kufr nayranglariga sotilib, ular tarafga oʻtib ketishlari kerak boʻladi. Bu ular uchun Allohning bir sinovi boʻlayapti. Oʻzbekistonda ham, Tojikistonda ham xuddi shu yoʻnalishdagi uslub qoʻllanildi. Yaʼni avval diniy, islomiy muhit buzib yuborildi. Musulmonlar bir birlariga dushman boʻlib qolishdi. Ular bir birlarining harakatlaridan xato izlash bilan ovvora boʻlib, kufrga va uning qadriyatlaridan kelib chiqqan buzuqchiliklarga hujum qilrish pozitsiyasini eʼtibordan chetda qoldirishdi. Natijada kufr sistemasi musulmonlarning oʻzlarini bir birlariga qarshi yoʻnaltirish bilan, Karimovga va Imomaliga diktatorlik rejimini osongina yaratib berishdi.

Qirgʻiziston diniy shaxs va yetakchilariga shunday deymiz: “Allohdan qoʻrqinglar, kufrga bir ishora bilan boʻlsa ham hamkorlik qilishdan, Allohdan qoʻrqinglar. Oʻzbekiston va Tojikiston hukumatlariga itdek xizmat qilgan musulmonlarni hozir qayoqlarda ekani haqida bir qiziqib, tekshirib koʻringlar. Bugungi islomiy holatimizga ishonib aldanib qolmanglar. Kufr bizdagi islomiy muhitimizni bizga boʻlgan muhabbati bor ekani uchun saqlab turgani yoʻq. Balki, biz siz bilan birga va hukumat quvgʻinlikka olayotgan musulmon birodarlarimiz bilan birga bir tan boʻlib, islomiy qadriyatlarimizni kuchli himoya qilib, onalarimiz, opa singillarimizning hijobini bir boʻlib himoya qilib turganimiz uchun ular dinimiz va musulmonlar bilan hisoblashishga majbur boʻlib turishipti.

Tojik birodarlarimiz qilgan hatolarni biz takrorlamaylik. Kufrning arzimas dunyo matohlariga aldanib qolmaylik. Birodarlar, biz bir daraxtga oʻxshaymiz, har birimiz shu daraxtning bir tomirlari singari. Kufr sistemasi hukumatimiz orqali, tomirlarimizni birin ketin chopib yuborishga buyurayapti. Tojikistonga oʻxshab kurib kolishga yaqin holatga borib qolishimizdan ilgari, es hushimizni yigʻib olaylik. Oxirat azobi esa oʻta kuchli va qattiq boʻladi, Alloh saqlasin!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.