Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati rejimni Suriya va Falastin ahliga tazyiq oʻtkazishdan ogohlantiradi

455
0

Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati rejimni Suriya va Falastin ahliga tazyiq oʻtkazishdan ogohlantiradi

Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati rejimni ogohlikka chaqirib, Islom va musulmonlarni yomon koʻruvchi millatchilar (vazirlar va boshqalar)ning qarorlariga aldanib qolishdan hamda alangasi hoʻlu quruqni baravar yoquvchi fuqarolar urushini qayta alanga oldirishdan, baʼzi kimsalar shunday fitnani tayyorlayotganidan ogohlikka chaqirdi. Bu borada juma kuni Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot boʻlimi bayonot chiqarib, unda “Mehnat vazirligi Milliy Ozodlik (Avniy) harakati bilan birgalikda Livandagi suriyalik va falastinlik qochqinlarga tazyiq oʻtkazish masalasini muhokama qilishayotgani”ni taʼkidladi. Bayonotda aytilishicha, bir videolavha tarqatilib, unda Shom va Falastin ahlidan iborat Livanda muhojirlikda yashayotgan qochqin musulmonlarni baʼzi millatchi va gʻarazgoʻy kimsalar tomonidan haqoratlanib, soʻkib, tahdid qilingan hamda odamlarni ularga qarshi kurashga chaqirilgan… Bu masala hatto Islom va musulmonlarga til tekizish darajasiga yetdi. Xususan, nasroniylar vakolatlarini qayta tiklashga chaqirib kelayotgan tashqi ishlar vaziri oʻz qilmishlari va bayonotlari bilan Islom va musulmonlarni haqoratladi… U sunniy toifachi siyosatchilar bu vakolatlarni nasroniylardan tortib olganini daʼvo qildi.

Bayonotda livanlik musulmonlarga murojaat qilinib, qonxoʻr Bashar jinoyatlaridan qochib kelgan hamda bosqinchi yahudiylar zulmidan hijrat qilgan ogʻa-inilarimizni yordamsiz qoldirmaslik lozimligi hamda Islomdagi aka-ukalik yurtlarimizni boʻlib turgan har qanday chegaradan ustunligi aytildi. Shuningdek, Livan aholisining musulmon boʻlmagan qismiga ham murojaat yoʻllanib, ularga bunday deyildi: “Islomni kamsitayotgan hamda xoh Livan ahli boʻlsin, xoh Suriya va yo Falastin ahli boʻlsin, musulmonlarni tahqirlayotgan bu millatchilarni tiyib qoʻyish sizning vazifangizdir. Sizlar bilan Islom shariati soyasida hech qanday ichki nizo va shaytoniy fitnasiz birgalikda yashab keldik. Yuzlab yillar davomida musulmonlar sizlarga himoya va mudofaa koʻrsatib kelganlar”. Bayonotda yana bunday deyildi: “Siz nasroniylar, musulmonlar muhitida, yaʼni Ummatni zolim hukmdorlikdan qutqarishga va Gʻarb tomonidan boʻlib tashlangan yurtlarni bitta davlat soyasiga birlashtirishga harakat qilayotgan musulmonlar orasida yashamoqdasiz. Ummat – Allohning izni ila – bunga yetishish arfasida turibdi. Bas, shunday ekan, Ummat harakatiga toʻgʻonoq boʻlmang, aks holda, ziyon koʻrganlardan boʻlasiz”.

Roya gazetasining 2019 yil 24 iyul chorshanba kungi 244-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.