Nitstsa qurbonlari soni 84 nafarga yetdi

438
0

Nitstsa qurbonlari soni 84 nafarga yetdi

 14 iyul kuni kechqurun yuk mashinasi Frantsiyaning Nitstsa shahrida Ingliz qirgʻoqlari boʻyida Bastiliya ishgʻol qilingan kun munosabati bilan mushakbozlikni tomosha qilishga toʻplangan kishilar ustiga yuk mashinasi bostirib borishi orqali sodir etilgan terakt qurbonlari soni oshdi. Frantsiya IIV maʼlumotiga koʻra, qurbon boʻlganlar soni 84 nafarga yetdi.

 Maʼlum qilinishicha, jarohatlangan holda shifoxonaga yetkazilganlardan 18 kishining ahvoli ogʻirligicha qolmoqda. Shuningdek, 50 kishi “nisbatan yengil darajadagi jarohatlar” bilan shifoxonada qolmoqda. Yana 120 kishi psixologlar va qutqaruv xizmatlari xodimlariga murojaat qilgan.

 Guvohlarning maʼlumotlariga koʻra, yuk mashinasi toʻxtamasdan egri-bugri chiziq boʻylab qariyb 2 kilometrgacha odamlarni bosib borgan. Hujum qilgan shaxs odamlarga qarata oʻq ham uzgan. U politsiya kuchlari tomonidan yoʻq qilingan.

 Mahalliy Nice Matin nashrining yozishicha, rulni asli tunislik boʻlgan 31 yoshli nitstsalik boshqargan.

 Frantsiya bosh vaziri Manyuel Valьs mudofaa kengashi yigʻilishida, prezident qarori bilan Nitstsedagi xujum qurbonlari xotirasiga 16,17 va 18 iyul milliy motam kunlari deb eʼlon qilinishi va bugundan boshlab bayroqlar tushurilishini maʼlum qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.