Qirgʻiziston prizidentining Islom va musulmonlarga nisbatan munosabati oʻzgardimi?

888
0

Toshkentda boʻlib oʻtgan ShHTning navbatdagi uchrashuvidan keyin Qirgʻiziston prizidentining  Islom va musulmonlarga nisbatan munosabati oʻzgardimi?

Toshkentda boʻlib oʻtgan ShHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti)ning navbatdagi yigʻini vaqtida Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov bir necha soat uchrashuv oʻtkazishdi. Bu uchrashuv aslida kun tartibiga kiritilmagani va yopiq eshiklar ortida toʻsatdan uyushtirilgani aytilmoqda. Karimov Atambayevga nimalar taklif qildi, uchrashuvdan qanday maqsadlar koʻzlanayotgan boʻlishi mumkin, qanday bosimlar boʻldi? Quyida shu fikrlar haqida mulohaza yuritamiz.

Oxirgi yillarda xalqaro siyosatda bir muncha oʻzgarishlar roʻy berib boryapti. Rossiya yetakchilikka intilayotgan davlat, deb eʼtibor qilinmay qoldi. U hatto yirik va qudratli davlatlar safidan tushib, agrar va xom ashyo bazasi boʻlgan davlatga aylanib borayapti. Bu esa, zaif va unga mustamlaka boʻlgan davlatlarning yangidan taqsimlanishi bilan xalqaro giosiyosatda oʻzgarishlar roʻy berishiga olib boradi.

Xalqaro siyosatdagi oʻzgarishlar Oʻrta  Osiyo davlatlari ichida mintaqaviy liderlikni talashib kelayotgan Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston davlatlarining oʻrtalaridagi raqobatga ham taʼsir qildi.

Qozogʻiston qalbaki iqtisodiy oʻsish yasab berish yoʻli bilan oʻz fuqorolarining yashash tarzlarini koʻtarib yuborgan edi. U Gʻarb olami uchun ipoteka kredit beruvchi kompaniyalarga keng eshik ochib berdi. Ular Qozoq millati uchun juda katta va koʻp miqdordagi kreditlar tarqatib yuborishdi. Ipoteka kreditlarining boshqalaridan farqi shundaki, ular faqat yangi qurilishlar va koʻchmas yoki koʻchuvchi mulklarni sotib olish uchun beriladi. Mamlakatni oyoqqa turgizib yuborishi mumkin boʻlgan (ogʻir va yengil sanoat) sohalarga esa, mablagʻ ajratish mumkin emas. Bu kreditlar Qozogʻiston davlatining rahbarligi va kafilligi ostida berilganligi bois Qozogʻiston fuqorolari ham, davlati ham kreditlarning koʻp qismini toʻlay olmay, inqiroz holatiga kelib qolishdi. Toʻgʻrirogʻi, Gʻarb olami tomonidan atayin shu holatga olib kelindi.

Toshkentda boʻlib oʻtgan ShHTning majlisidan keyin Karimov beixtiyor oʻyinga tushib yuborganining sababi ham, Qozogʻistonning zaiflashib borayotganiga aloqadordir. Karimov oʻz fuqorolarini qashshoqlik chegarasida ushlab kelyapti. Buning uchun u avval dindorlarni bahona qilib, mamlakatda kuchli diktatorlik rejimini oʻrnatib olgan edi. ShHTga aʼzo davlatlarning deyarli hammasi, Karimovning uslubini maʼqullashga majbur boʻla boshlashdi. Ular ham xuddi Oʻzbekiston singari avtoritar rejim oʻrnatib olish uchun xalqaro terrorizm vahimalaridan foydalanish kerak ekaniga ittifoq qilishdi. Lekin ularning muammolari koʻproq. Yaʼni, Gʻarb saqofatining fuqorolarga taʼsiri kuchayib ketgan. Davlat mulklari deyarli xususiylashib boʻlgan. Gʻarb olami bilan inson huquqlari boʻyicha bir qator shartnomalar imzolanib qoʻyilgan. Eng asosiylaridan biri, fuqorolarining yashash darajalari nazoratdan chiqib ketgan, baʼzilari boyib baʼzilari qashshoqlashib ketishgan.

Bundan tashqari Qozogʻiston oxirgi vaqtda Rossiyadan uzoqlashib borayapti. U Gʻarb olami bilan hamkorligini kuchaytirishga majbur boʻlib, mamlakat ichkarisidagi bosh-boshdoqliklardan qutulish yoʻllarini izlayapti. Bu vaziyat Karimovga oʻta qoʻl keldi. ShHT davlatlari Oʻzbekistonni Oʻrta Osiyo lideri qatori tan olishdi.

Karimov liderlik vazifasidagi ishni birinchi Atambayevdan boshladi. U Qirgʻizistondagi diniy holatdan xavotirda ekanini bildirdi. Atambayev ham bu holatdan xursand emasligini, faqat bu vaziyatni oʻzgartirish uchun unga koʻp mablagʻ kerak boʻlishini bildirdi. ShHTning terrorga qarshi qoʻmitasi Toshkentda joylashgan ekanligi sababli hamda Karimovning Islom va musulmonlarga qarshi adovati kuchli ekanligi sababli yangi qamoqxonalar qurish va boshqa xarajatlar uchun Qirgʻizistonga yordam berishga vaʼda qildi. Atambayev Toshkentdan avzoyi buzuq holatda qaytib keldi.

Prizident oʻz saylovchilarining deyarli 90% ni tashkil qilgan musulmon fuqorolarini taʼziyq ostiga olishga vaʼda berib keldi. Hayitni maʼlum kunga avvaldan belgilab qoʻyish bilan musulmonlarni taʼqib qilish uchun atayin ixtilof keltirib chiqardi. Bu bilan prizident iymon bilan kufrni ikkiga boʻlib, kufrni yoqlab, fuqorolarni oʻz buyrugʻiga yurgizishga harakat qildi. Bu Karimovga qulluq qilishning boshlanishi edi. Endi navbat mablagʻ bilan qoʻllab yuborish vaʼdasining ijrosiga qarab qoldi.

Xalqaro siyosat ham keskin oʻzgarib boryapti. Amerika oʻziga raqiblik qila oladigan davlat qolmayotganini seza boshlagach, ShHTni ham oʻz nazorati ostiga olib, ularga qarshi kurashishdan koʻra, hamkorlik qilishga oʻtib borayapti. ShHT ham olamiy kufr sistemasining Islom diniga qarshi olib borayotgan global ittifoqining bir boʻlagiga aylanib qolishi mumkin. ShHTning faoliyati faqat shu olamiy ittifoqqa qullik qilishi bilangina saqlanib qolishi mumkin. Karimovni oʻyinga tushirib yuborgan holatlardan yana biri mana shudir. Yaʼni, kufr olami bir tarmoqli boʻlib borayotgani va u musulmonlarga nisbatan shafqatsiz boʻlib, ularga zulm qilayotganlarni taʼqib qilishdan voz kechib borayotganidan Karimov zavqlanmoqda.

Qirgʻizistonning muammosi shundaki, uning ichki siyosiy holati ham, iqtisodiy va harbiy tomonlari ham, oʻzini himoya qila oladigan yoki mustaqil boshqarib ketadigan darajada emas. U tashqi davlatlar uchun boqimanda boʻlib qolyapti. Rossiya, Xitoy va Oʻzbekiston ham, oʻzlaridagi vaziyatlarni toʻgʻrilash bilan ovvora. Ularga ishonib musulmonlarga qarshi keng front boʻylab urush ochib olsa, hokimiyatning holati oʻta yomon oqibatlarda qolib ketishi mumkin.

Hrzirda prezidentning oldida ikki yoʻl turibdi.

Birinchisi: – musulmonlar bilan muomalasini yaxshi tomonga qarab yoʻnaltirish. Bunda u Qirgʻizistonni kufr olamining iflos fitnalaridan saqlab qoladi. Qirgʻizistonning parokanda boʻlishi va davlatning yoʻq boʻlib ketishini oldini olgan tarixiy shaxsga aylanadi.

Ikkinchisi: – Islom va musulmonlarga qarshi urush ochish. Unda, siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan tashqi quvvatlarning aralashuvlari uchun keng yoʻl ochiladi. Ular xuddi Asadni bir qoʻgʻirchoq qilib olib, oʻzlari Suriya musulmonlarini qirib yuborishayotganidek, yurtimizni deyarli bosib olishadi. Ular xuddi hozir Turkiyada uyushtirishayotganlaridek Qirgʻizistonda ham qoʻporuv amaliyotlarini rivojlantirishadi. Natijada Qirgʻiz hukumatining “bu qoʻporuv ishlarini musulmonlar amalga oshiryapti”, deb taʼkidlashdan oʻzga choralari qolmay, holatni yanada keskinlashtirib boraverishadi.

Atambayev tarixiy strotegik xulosaga kelish arafasida turipti. U tarixda kim boʻlib qoladi; Oʻz yurtini, xalqini tashqi quvvatlarning manfaati uchun qirgʻinbarot qilib yuboradigan qonxoʻrmi yoki kufrning bosimlaridan qoʻrqmay musulmonlarning birligini saqlay olgan milliy lidermi?!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.