Suriyadagi urush toʻlovini hamon ayollar va bolalar toʻlamoqda

1763
0

Suriyadagi urush toʻlovini hamon ayollar va bolalar toʻlamoqda

Al-Jaziraning ingliz qanoti Halabdagi qamalda qolgan kasalxonalarning fojeali ahvoli haqidagi maqolani nashr qildi. Halabda hamon havo hujumlari davom etmoqda, kasalxonadagi homilador ayollar kerakli tibbiy yordamning yoʻqligidan qiynalmoqda, yangi tugʻilgan chaqaloqlar oʻlim xavfiga yuz tutmoqda.

Suriyada qoʻzgʻolon alanga olganiga besh yildan ziyod vaqt oʻtibdi hamki, ayollar va bolalar boshdan kechirayotgan azob-uqubatlar hamon davom etmoqda, qolaversa qiyinchiliklar toʻxtovsiz ortib bormoqda. Chunki, ayollar va bolalar huquqi taʼminlanishi hamda ularga gʻamxoʻrlik qilib, himoya qilinishi koʻrsatilgan xalqaro qonunlar mavjud boʻlishiga qaramay, qurbonlarning asosiy qismini ayollar va bolalar tashkil qilmoqda. Shuning uchun ham, bu qonunlar butun dunyoga hukmronlik qilib, yer yuzida buzgʻunchilik va fasod tarqatayotgan yirik davlatlar tomonidan tuzilgani uchun shamoldagi gʻubor kabi yoʻq boʻlib ketadi. Ayniqsa, Suriya ayollari va bolalari tortayotgan qiyinchilik, uy-joysiz qolish, quvgʻin, ochlik va qatli om kabi azob-uqubat bilan roʻpara kelganda shunday boʻladi. Shu oʻtgan besh yilning oʻzi yurtda sogʻliqni saqlash tizimi vayron boʻlishini taʼminladi. Bemorlarni davolashga na shifokorlar yetishadi va na dori-darmonlar. Bu holat baʼzida bemorlarni mutaxassis boʻlmagan tabiblarga murojaat qilishga majbur qilmoqda.

Har qanday kuzatuvchi bu yurtda homilador ayollarning tugʻish paytida tibbiy resurslarning yetishmovchiligidan aziyat chekishini guvohi boʻlishi sir emas. Muxolafat nazorati ostidagi mintaqalarda bu resurslar deyarli mavjud emas. Shu sababdan ushbu mintaqalar, xususan, Halab va Idlib – u yerdagi favqulodda gumanitar vaziyatga qaramasdan – Asadning ommaviy intiqomiga duchor boʻlmoqda. Chunki portlovchi bochkalar va havo hujumlari kasalxonalargacha yetib bormoqda. Qarorgohi AQShda joylashgan “Inson huquqlari shifokorlari” tashkilotining taʼkidlashicha, Suriya hukumati kuchlari 600dan ziyod shifokor va tibbiyot xodimlari oʻlimiga hamda kasalxonalarga qilingan hujumlarning 88 %iga javobgar. Tashkilot hisobotida aytilishicha, 183 nafar tibbiy shahobchaga qarshi qasddan yoki tartibsiz ravishda 233 marta hujumlar sodir etilgan.

Bundan tashqari, emizikli va yangi tugʻilgan chaqaloqlar hatto kasalxonalarda ham tibbiy eʼtiborsizlik va qarovsizlikka yuz tutmoqda. Chunki bu kasalxonalarda tibbiy kadrlar va zarur asbob-uskunalar yetishmasligi bois hatto muntazam ravishda ishlab kelgan kasalxonalar ham masʼuliyatni koʻtara olmaydigan boʻlib qoldi. Chunki, bu kasalxonalarning asosiy vazifasi birinchi tez yordam koʻrsatishdan nariga oʻtmaydi. Urushdan oldin uch yuz ming nafar atrofida shifokor, ikki yuzta shifoxona, uch mingta tibbiy markaz bor edi. Urushda tartibsiz ravishda bomba yogʻdirish, Suriyadagi aksar mintaqalarni qamal qilish va eng oddiy hayotiy resurslarni taqiqlash natijasida bu shifokorlarning yarmidan koʻpi yurtni tashlab ketdi, shifoxonalarning 60 %dan koʻprogʻi vayron boʻldi, tibbiy markazlardan bir yarim mingdan ziyodi ishdan chiqdi.

Suriyada, xususan, ayollar ham nizolar va urushlar sababli koʻplab xavf-xatarlarga duch kelmoqdalar. Bunga ularning boquvchisi yoʻqlik paytidagi maxsus zaifalik vaziyatlari hamda har qanday sharoitda ularning kuchidan foydalanilayotgani sabab boʻlmoqda.

Bu aytib oʻtilganlar suriyalik pokdomon muslima ayollar boshdan kechirayotgan butun azob-uqubatlarning dengizdan bir tomchisi, xolos. Zolim rejim zoʻravonligidan, zulmidan qutulib ozod boʻlish juda-juda qimmatga tushmoqda. Goʻdaklarimizning qurbon boʻlishi, ayollarimizning tul qolishi, yoshu qarilarimizning halok boʻlishi buning toʻlovi boʻlyapti.

Kofir davlatlar koʻzlagan yovuz niyatlariga hargiz yetisholmaydi, albatta. Ushbu Shom zaminidagi sabrli murobitlar koʻrsatayotgan fidoiylik Islom Ummatida juda koʻp yaxshliklar hamda uning aqidasidan madad oluvchi kuch-qudrat mavjud ekaniga ochiq dalildir. Bu esa Ummatga sabot bilan turishiga, Allohning izni ila, dushmanni yer bilan yakson qilib, nusrat quchishiga imkon beradi hamda Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlashiga, shu orqali sobiq kuch-qudratini qayta tiklashiga muvaffaq qiladi. Bu Allohga hargiz qiyin emas.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi

Telefon-faks: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.