Chubak xojining televedeniye va radio orqali saboq berishiga taʼqiq qoʻyildi

993
0

Chubak xojining televedeniye va radio orqali saboq berishiga taʼqiq qoʻyildi

 Qirgʻizistonda Islom va kufr oʻrtasida ketayotgan kurash oʻzining avj pallasiga chiqib bormoqda. Yetakchi kufr davlatlari rasmiy hukumatga Islom va musulmonlarga qarshi kurashish uchun ulkan mablagʻlarni ajratishiga qaramay, oddiy musulmonlar ichida Islom dini va uning qadriyatlariga boʻlgan muhabbat va intilish kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bundan gʻazabga kelgan kufr davlatlari rasmiy hukumatdan Islom dini va uning qadriyatlarini keng yoyib borayotgan musulmonlar hamda olimu ulamolarga qarshi kurashni yanada kuchaytirishni talab qila boshladi. Rasmiy hukumat ulardan olayotgan sadaqalarni oqlash uchun jamiyat ichida nufuzga ega boʻlgan, musulmonlarni islomiy fikrlar bilan sugʻorishi, Islom dini doirasida ushlab turishga qodir boʻlgan ulamolarni “terrorist” va “ekstremist” tamgʻalari bilan jamiyatdan chetlatdi. Ulamolardan ayrimlari qamoqqa tashlangan boʻlsa, ayrimlari dinlarini himoya qilish uchun mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻlishdi.

 Vaziyat shu darajaga yetdiki, ulamolar Islom va kufr tanlovi oʻrtasida qolishdi. Agar ulamolarimiz iymondan kelib chiqib, Islom talablari doirasida gapirishsa ularni darhol ekstremist va radikallikda ayblashga oʻtishdi. Rasmiy hukumat talabi doirasida ish olib borayotganlarga esa keng imkoniyat eshiklari ochib berilmoqda.

 Shunday sinovlardan navbatdagisi dindosh birodarimiz shayx Chubak hoji Jalilovga toʻgʻri keldi. Maʼlumki, “Өnүgүү-Progress” fraktsiyasi deputati Tazabek Ikramov tomonidan “Mehnat kodeksi”ga oʻzgartirish kiritish va juma namozi uchun tushlik vaqtini 12:30dan 14:30ga qadar uzaytirish toʻgʻrisida qonun loyihasi ishlab chiqilgan edi. Jogorku  Keneshning ijtimoiy masalalar boʻyicha qoʻmitasi 6 iyun kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida Qirgʻiziston “dunyoviy davlat” ekanligini roʻkach qilib, juma namozi paytida tushlik vaqtini uzaytirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qilmagan edi.

 Qoʻmitaning mazkur yigʻilishidan soʻng Chubak hoji bir musulmon sifatida, iymonidan kelib chiqib mazkur qonun loyihasini qoʻllagan va qarshi chiqqan deputatlarga nisbatan oʻzining shaxsiy fikrini bildirib chiqdi. Chubak hojining bu bayonotiga avval Jogorku Keneshdagi namozxonaga qarshi chiqish bilan elga yaxshi tanish boʻlgan Janar Akayev javob qaytarib, Chubak hojining bayonotini ekstremistik chaqiruv deb baholadi. Ayrim OAV esa atayin bu mavzuni jamiyat ichida katta shov-shuv boʻlishga oʻz hissalarini qoʻshishdi. Prezident Almazbek Atambayev ham goʻyoki ikki tomonni yarashtrmoqchi boʻlgan odam singari bu ishga aralashdi. Ikki oʻrtani “kelishtirmoqchi” boʻlgan Atambayev uchrashuvga Janar Akayevni taklif qilgan holda Chubak hojini chetga surib qoʻyish orqali oʻzini kim tomonda ekanligini maʼlum qildi.

 Mana shu uchrashuvdan soʻng Chubak hojini “Keremet TV” va “Maral FM” radiosidan islomiy saboq berilishiga taʼqiq qoʻyildi. Albatta, Alloh Taolo musulmonni iymoniga yarasha sinov beradi. Musulmon Allohga yaqinlashib borgani sari unga nisbatan boʻladigan tahdid va taʼqiblar ham kuchayib boradi. Musulmon kishi, xususan diniy ulamolar, Allohning dinini oliy va himoya qilishda qanchalik janbozlik va tashabbus koʻrsatsa, kufr va uning malaylari uni ovozini chiqarmaslik va jamiyat ichidan surib chiqarishga shunchalik koʻproq harakat qilishadi.

 Biz, Hizb ut-Tahrir aʼzolari uzoq vaqtlardan beri Qirgʻiziston hukumati biror islomiy tashkilot yoki diniy ulamoga qarshi emas, balki kufr bosimi ostida Islom dini, uning qadriyatlari va musulmonlarga qarshi kurashib kelayotgani aytib kelamiz. Shayx Chubak hoji bilan sodir boʻlgan bu voqea ham soʻzimizni qanchalik rost ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Agar bizlar Chubak hoji duch kelgan vaziyatni “siyosatga aralashib nima qilar edi”, deb xaspoʻshlaydigan boʻlsak, navbat birin-ketin bizlarga ham yetib keladi. Ulamolarimiz iymondan kelib chiqib gapirishsa ularga tazyiq oʻtkazishadi, jamiyatdan surib chiqarishga, ovozlarini oʻchirishga harakat qilishadi. Ularni ekstermist, terrorist deb ayblaydi. Bunday vaziyatda biz musulmonlar ulamolarimizni yolgʻiz tashlab qoʻymay, bor imkoniyatimiz bilan himoya qilishimiz zarur. Islomiy raʼy va fikrlardagi ayrim kelishmovchiliklarni bir chetga surib qoʻyib, bir tanu bir jon boʻlib kufrning fikr va harakatlariga qarshi kurashishimiz vojib boʻladi.

 Abduraxmon Odilov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.