Amerika, Rossiya va Eronning Suriyadagi tang ahvoli!

485
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Amerika, Rossiya va Eronning Suriyadagi tang ahvoli!

Savol: Rossiyaning bosh shtab boshqarmasi boshligʻi general Valeriy Gerasimov “Suriyadagi hodisalarga nisbatan Qoʻshma Shtatlarning emas, Rossiyaning sabri tugadi” dedi. (Al-Jazira: 2016 yil 21 iyun). U bu bilan Kerrining Amerikaning sabri tugadi, degan gapiga ishora qildi. Chunki Kerri: “Oʻt ochishni toʻxtatish majburiyatiga amal qilish borasida Vashingtonning sabri “juda chegarali” ekanini Rossiya tushunishi lozim” degan edi. (Al-Jazira net: 2016 yil 15 iyun). Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov 16 iyun payshanba kuni Peterburgda oʻtkazilgan yigʻinda unga rad javobi berib quyidagilarni aytdi: “Kerri aytgan gaplar xususida Amerika tashqi ishlar vazirligi chiqargan izohnomani oʻqib chiqdim. Ular yanada koʻproq sabr bilan qurollanishlari kerak”. (Rusiyal Yavm: 2016 yil 16 iyun). Bu bir tomondan, boshqa tomondan esa, bu bayonotlardan oldin Eron talabi bilan 2016 yil 9 iyun payshanba kuni Rossiya, Suriya va Eron mudofaa vazirlari Suriyadagi harbiy amaliyotlarni oʻzaro muvofiqlashtirish uchun Tehronda uchrashishdi… Savol quyidagicha: Bu Amerikaning yechimga oid oldingi loyihalari (muzokaralar, Jeneva, Riyoz delegatsiyasi)ga nisbatan Amerika, Rossiya va Eronning tang ahvolga tushib qolganini anglatadimi? Agar shunday boʻlsa, quruqlikda harbiy aralashuv yuzaga kelib ostonada turibdimi? Alloh sizga yaxshilikni mukofot qilsin.

Javob: Amerika, Rossiya va Eronning Suriyada qiyin ahvolga tushib qolganligiga kelsak bu toʻgʻri. Bu eng avvalo Amerikaning qiyin ahvolda qolganligini anglatishi ham toʻgʻri. Chunki Rossiya va Eron Amerikaning Suriya boʻyicha siyosatiga yordam beruvchi omillardir, xolos… Ammo “bu quruqlikda aralashuv eshik qoqayotganini anglatadimi?” degan savolga kelsak, bunda hodisalar yoʻnalishi qanday tus olishiga qarab mulohaza yuritish kerak boʻladi… Voqealar jarayonining asl mohiyatini tushunish uchun quyidagi nuqtalarni koʻrsatib oʻtish zarur:

1 –          2016 yil 22 aprelda Jenevada muzokaralarning oxirgi raundi oppozitsiyaning undan chiqib ketgani sababli toʻxtab qoldi. Oppozitsiya oʻzining muzokaralardan chiqib ketganiga bu muzokaralarning jiddiy emasligini sabab qilib koʻrsatdi. Shundan keyin (Bosh muzokarachi Muhammad Allush 2016 yil 30 mayda isteʼfo berdi. Arabiyya net). Shuning uchun de Mistura muzokaralarning yangi raundi boshlanishini eʼlon qilish fikridan qaytdi. Bundan oldin “BMTning Suriya boʻyicha vakili Stefan de Mistura Suriya boʻyicha soʻzlashuvlarning yangi raundi boshlanishi vaqti keyinroq, 2016 yil 26 mayda eʼlon qilinishini aytgan edi. U buni xalqaro xavfsizlik kengashi bilan maslahatlashuvdan keyin bildirdi. Bu maydonda zoʻravonlik amaliyotlari davom etayotganiga qaramay bildirildi”. (Vasat sayti: 2016 yil 26 iyun). Shundan keyin 2016 yil 9 iyunda “BMTning Suriya boʻyicha vakili payshanba kuni bu xalqaro tashkilot (yaʼni BMT) Suriyada tinchlik oʻrnatish boʻyicha Jenevada soʻzlashuvlarning yangi raundini – to barcha taraflarning masʼullari siyosiy oʻtish davri kelishuvi meʼyorlariga kelishib olmagunlarigacha – oʻtkazmasligini aytdi. Bu kelishuvga erishish muhlati 1 avgustda tugaydi. De Mistura jurnalistlarga “Suriya boʻyicha soʻzlashuvlarning uchinchi rasmiy raundi vaqti hali kelgani yoʻq” dedi”. (Baladi-news 2016 yil 9 iyun).

2 –          Noodatiy tarzda Amerika Suriya ichkarisini Oʻrta Yer dengizidan turib bombardimon qilishni boshlashini eʼlon qildi. Bu Amerika 2003 yilda Iroqni bosib olganidan beri Oʻrta Yer dengizidan turib bu mintaqada bunday bombardimonni amalga oshirayotgan birinchi holatdir. “Rusiyal Yavm” 2016 yil 9 iyunda Amerikaning bir gazetasiga tayanib quyidagi xabarni tarqatdi: “Uoll strit jornal gazetasining yozishicha, Amerikaning “Garri Trumen” avianosetsi oʻtgan hafta toʻsatdan manyovr qilib Koʻrfazdan Oʻrta Yer dengiziga oʻtdi. Gazetaga koʻra bu manyovrdan maqsad Amerikaning harbiy kuchini Rossiya qarshisida namoyish qilishdir…”.

3 –          Amerika tashqi ishlar vazirligidagi 51 diplomat va masʼul bir hujjatni imzolab uni prezident Obamaga topshirishdi. Hujjatda Suriyada harbiy amaliyot oʻtkazishga chaqirilgan. “Uoll strit jornal” gazetasi oʻzining 16 iyun payshanbadagi sonida quyidagilarni yozdi: “Amerika tashqi ishlar vazirligining 51 xodimi bir memorandumni imzolab, unda Suriyada harbiy amaliyot oʻtkazishga chaqirishdi…”. (Rusiyal Yavm: 2016 yil 17 iyun).

4 –          2016 yil 17 iyunda Saudiya valiahdining valiahdi Muhammad ibn Salmon Amerikaga safar qilib Oq uyda prezident Obama bilan uchrashdi. Bu davlat boshligʻi boʻlmagan kimsa uchun oʻtkazilgan nodir marosimdir. Saudiya tashqi ishlar vaziri Jubayr ham Amerikaga borib Suriya krizisini amerikalik masʼullar bilan alohida muhokama qildi…

5 –          Bu bir toʻp tashriflar, uchrashuvlar va bayonotlarga chuqurroq nazar tashlansa quyidagilar ayon boʻladi:

  1. a) Amerika Suriyada katta muvaffaqiyatsizlikka uchraganini sezmoqda. Chunki muzokaralar oʻz qizgʻinligini yoʻqotdi va ularga boshchilik qilgan baʼzi kimsalar quladi. Amerika Asad oʻrniga yangi malayni topolmadi. Suriyadagi qoʻzgʻolon esa oʻzining hayotiyligini yoʻqotmadi. Bu qoʻzgʻolon muzokarachilarga qarshi bosim oʻtkazmoqda. Suriya maydonida Amerika erishgan oldinga siljishga qayta nazar tashlansa bu oldinga siljishning eng muhimi qurolli jamoatlarni siyosiy amaliyotga (Riyoz delegatsiyasiga, Jenevaga) olib kirilgani boʻlganligi ayon boʻladi. 2016 yil 27 fevralda qarama-qarshilik amaliyotlari toʻxtatilishini eʼlon qilish Amerikaning Suriya qoʻzgʻolonini siyosiy amaliyot oloviga otish toʻgʻrisidagi eng katta orzusi edi. Amerika shu orqali qoʻzgʻolonning maydondagi bosimini bartaraf qilib, Asad oʻrniga yangi malayni tayyorlab olmoqchi edi. Riyoz delegatsiyasi tarkibida ishtirok etgan qurolli harakatlar ichkarisida siyosiy amaliyotga qarshi koʻtarilgan ovozlar bu qurolli harakatlarga va boshqa boʻlinmalarga bosim oʻtkazgan omillar boʻldi. Bundan tashqari baʼzi harakatlarning siyosiy amaliyotdagi xatti-harakatidan odamlarning norozi boʻlishi bosim oʻtkazuvchi raʼyi om boʻldi… Bularning barchasi rejimga qarshi kuchli qurolli faoliyatni yuzaga keltirdi. Bu faoliyat ichida sodiq-haqiqiysi ham bor va odamlarning ishonchini yangidan qozonish uchun vaqtinchalik boʻlgani ham bor. Shunga qaramay u jadal qurolli faoliyatdir. Buning natijasida Halab janubidagi bir necha strategik mintaqalar bir necha bosqichda (Iʼys, Xon Tuman janglarida va ulardan keyingi janglarda) qaytarib olindi. Bularning barchasi harbiy amaliyotlarni toʻxtatish toʻgʻrisidagi Amerika-rus eʼlonining “beli”ni sindirdi. Natijada Jeneva muzokaralarini davom ettirishning foydasi qolmadi. Maydondagi vaziyatning portlashi siyosiy jarayonga qarata otilgan, deyarli halokatli bir oʻq boʻldi… Shunday qilib demak Amerika boshi berk koʻchaga kirib qoldi.
  2. b) Halab janubidagi janglar – maydondan turib qaralsa – koʻp sonli Eron kuchlari va uning toʻdalari uchun katta magʻlubiyat hisoblanadi. Shuning uchun ham Eron Suriyada yanada koʻproq quruqlik kuchlari boʻlishini talab qila boshladi. Eron ogʻir talofatlar koʻrmoqda, erishgan gʻalabalari esa oz. Bularga Eron yadroviy programmasi boʻyicha Jenevada imzolangan kelishuvdan keyin Eronga qarshi iqtisodiy embargoni yengillashtirish borasidagi baʼzi toʻsiqlar qoʻshimcha boʻldi. Bu esa Eron tarafidan Suriyadagi harbiy amaliyotga mablagʻ ajratishlarning kamayishiga olib keldi. Shunday qilib demak Eron oʻzining Asadga berayotgan harbiy yordamlarida haqiqatdan ham holdan toyayotgan boʻlishi mumkin. Shuning uchun Eron Amerikaning uqtirishi bilan Rossiyadan yordam talab qildi. Natijada Tehronda mudofaa vazirlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi… Yaʼni Eron ham boshi berk koʻchaga kirib qoldi.
  3. v) Rossiya haqida aytadigan boʻlsak, bir necha yangi omillar yuzaga kelib, bu omillar Rossiyani Amerika talablarini iflos tarzda qabul qilish xohishini yoʻqotishiga yoki bunga qodir boʻlmay qolishiga olib keldi. Chunki Amerika qoʻzgʻolonchilarni ular egallagan hozirgi pozitsiyalar chegarasida toʻxtatib qolish uchun, yaʼni maydonda oldinga siljish umidini kesib qoʻyish uchun Rossiyadan qoʻshimcha harbiy amaliyotlarni oʻtkazishni talab qilmoqda. Rossiya bunga, yaʼni qoʻzgʻolonchilarni toʻxtatib qolishga Suriyaga 2015 yil 30 sentyabrda aralashganidan boshlab urinib kelayotgan edi, hatto yaqin vaqtgacha bunga urinib keldi. Amerika tashqi ishlar vaziri 2016 yil 11 fevralda Suriya donorlarining Londonda oʻtkazilgan sammitida maqtanib “Rossiya Suriyadagi qurolli jamoatlarni uch oy orasida sugʻurib tashlaydi” degan edi. Demak bu Amerika Rossiya aralashuvi orqali amalga oshirishni istagan maqsad edi. Endi yangicha tus olgan va Rossiya aralashuvini uzil-kesil hal qila olmaydigan holatga keltirib qoʻygan omillarga kelsak, ular quyidagilardir:
  • Rossiya Islomga ashaddiy dushman va u Suriya qoʻzgʻolonining islomiy holatidan oʻta qoʻrqmoqda. Bundan tashqari Rossiya oʻzining Suriyaga aralashuvini Sovet Ittifoqi qulaganidan boshlab yoʻqotgan buyukligini koʻrsatib qoʻyish uchun bir fursat-imkoniyat deb bilgan edi. Shuning uchun Rossiya Suriyani Kaspiy dengizidan va Oʻrta Yer dengizidan turib bombardimon qilishda oʻzining harbiy havo kuchlari va havo-kosmik kuchlarini, kalibr raketalarini va qudratini koʻrsatishga zoʻr berib intildi. Rossiya bu vahshiyona hujumlar Amerika maqsadini amalga oshirib berishini, natijada Suriya ahlini rejim bilan Amerika qoʻygan shartlar asosida muzokara stoliga oʻtirishga majbur qilishini kutgan edi. Lekin Rossiyaning bu umidi puchga chiqdi.
  • Rossiya Qrim yarim orolini oʻziga qoʻshib olganidan va Ukraina sharqida urush olovini yoqqanidan keyin oʻziga qarshi joriy qilingan xalqaro izolyatsiya va jazo choralarini bekor qilishga ham erishmoqchi boʻlgan edi. Bu istagi ham amalga oshmadi. Aksincha Rossiyaga qarshi davlatlarning gʻazabi yanada kuchaydi va u bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi jarlik xatarli tarzda kengaydi. Yevropa Ittifoqi Rossiyaga ayblovlarni tinimsiz yogʻdiribgina qolmay, balki uni xalqaro sudga tortish toʻgʻrisida imo-ishoralarni ham qilmoqda. Yevropa davlatlari ichida Rossiyaga qarshi eng ashaddiy adovat saqlayotgan Britaniya, soʻngra Germaniya boʻldi. Germaniya Rossiyani oʻzining “oq” kitobiga “raqib” yaʼni dushman sifatida kirita boshladi. Shuning uchun nemis kantsleri yetti yirik davlatlarning Yaponiyada 2016 yil 26 mayda oʻtkazilgan sammitida Rossiyaga qarshi joriy qilingan jazo choralarini yengillatishni shunchaki muhokama qilishni ham qatʼiyan rad etdi.
  • Rossiya iqtisodiy jihatdan zaif davlatdir. Shuning uchun u oʻzining chegaralaridan uzoqdagi urushga sarf-xarajat qilishni davom ettirolmaydi. Ayniqsa Rossiya Gʻarb joriy qilgan jazo choralari ostida ezilib-ingrayotgan ekan bunga qodir boʻlolmaydi. Neft narxining pasayishi ham Rossiyani holdan toydirdi. Demak Rossiya oʻzining Suriyada mablagʻ sarflashini uzoq koʻtara olmaydi. Rossiyaning sarf-xarajatlariga Suriyada jang qilayotgan rus jangarilari uchun ajratilayotgan qoʻshimcha moliyaviy majburiyatlar ham kelib qoʻshilmoqda. Bu rus jangarilari soni Rossiya mudofaa vazirligi bergan maʼlumotga koʻra 25 mingga yetgan. Rossiya mudofaa vazirligi bunday deb bildirdi: “2015 yil sentyabrdan beri Suriyada borayotgan urushda 25 ming rus harbiysi va fuqarosi ishtirok etdi. Bu Rossiya dumasining seshanba kuni “veteran jangchi”ning bu urushga oid statusini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qilgan qonunda aniq koʻrsatilgani boʻyicha boʻldi”. (Skay Nьyus Arabiyya: 2016 yil 21 iyun).
  • Rossiya oʻzining Amerika bilan Suriya boʻyicha tuzgan kelishuvi kelajagidan qattiq qoʻrqmoqda. Chunki Amerika idorasi 2016 yil noyabrdagi prezidentlik saylovlaridan keyin almashadi. Shuning uchun Rossiya oʻzining Suriyadagi harbiy vazifasini Obama idorasi ketishidan oldin tugallashni yoki oʻzining bu aralashuvi Amerika bilan ochiq kelishuv orqali boʻlishini umid qilmoqda. Shu maqsadda Rossiya oʻzining Suriyada Amerika bilan kelishuvini ochiqqa chiqarishni tinimsiz talab qilmoqda. Bundan esa Amerika bosh tortib kelmoqda… Masalan Rossiya “harbiy amaliyotlarini toʻxtatish”ni buzayotgan jamoatlarga qarshi Amerika-Rossiya qoʻshma hujumlarini amalga oshirishni talab qilganida Amerika buni rad etdi…
  • Hayron qolinadigan narsalardan biri ruslarning tushunchasi notoʻgʻriligidir. Chunki Rossiya oʻzini Amerikaga loaqal Suriya masalasida sherik deb hisoblamoqda. Shuning uchun Rossiya Lavrov-Kerri uchrashuvlarini, yaʼni Suriya krizisi boʻyicha qarorlarni Suriyadagi bir ochiq-oshkor harbiy ittifoqqa aylantirishni istayapti. Chunki Rossiya Lavrov-Kerri ikkiligini Amerika Yevropa davlatlarining Suriya krizisiga aralashishiga yoʻl qoʻymaslik uchun maydonga chiqarganini tushunmayapti. Shu sababli Rossiya oʻzining shaxmat taxtasidagi shunchaki bir dona – garchi Amerika stolidagi katta dona boʻlsa ham – ekanligini tushunmayapti. Amerika oʻzining Suriyadagi nufuzini himoya qilish uchun va Suriya qoʻzgʻolonida Islom tongining otishiga qarshi kurashish uchun bir safar Eronni va uning toʻdalarini ishga solayotgan boʻlsa, boshqa safar Rossiyani ishga solmoqda. Lekin buyuklik kasaliga mubtalo boʻlgan Rossiya oʻzini Suriyada Amerikaga sherik deb xom xayol qilmoqda. Buni Kerrining Suriya boʻyicha Rossiya xususida Amerikaning sabri juda chekli ekanligi haqida aytgan gaplaridan tushunib olish mumkin. Yaʼni Kerri Rossiyadan Asad kuchlarini, ayniqsa Halab janubida qulagan kuchlarini qutqazish uchun tezlik bilan harakat qilishni talab qilmoqda. Buni Lavrovning Kerri aytgan gaplardan hayron qolishi va Amerikani sabr bilan qurollanishga chaqirishi ham izohlab turibdi. Demak Amerika Rossiyani oʻzining qoʻlidagi shunchaki bir shaxmat donasi deb biladi. Rossiya esa oʻzining Suriyadagi aralashuvini Amerika bilan xalqaro sherikchilikning bir namunasi deb bilmoqda!… Mana shu omillarning barchasi sababli demak Rossiya ham boshi berk koʻchaga kirib qoldi.

6 –          Shunday qilib demak Amerika ham, Rossiya ham, Eron ham boshi berk koʻchaga kirib qoldi. Hozirgina aytib oʻtganimizdek u eng avvalo Amerika kirib qolgan boshi berk koʻchadir. Shuning uchun bu vaziyat Amerika uchun – Asad kuchlari, Eron va uning toʻdalari katta talofatlar koʻrib holdan toyayotgan sharoitda – katta qiyinchilik hisoblanadi. Shunisi aniqki Amerika Eronning Suriyada qattiq holdan toyganini koʻrib turibdi. Eronning harbiy aralashuvi garchi Damashqdagi rejim umrini uzaytirgan boʻlsa-da lekin bu aralashuv Suriya boʻyicha yechimga hissa qoʻsholmayapti. Rossiya ham – shuncha vahshiyona bombardimonlariga va yondiruvchi bombalarni ishga solganiga qaramay – Suriyadagi vaziyatni uzil-kesil hal qilolmadi, Suriya ahlini togʻut rejim qarshisida boʻyin egishga majbur qilolmadi. Bunday barbod boʻlish sharoitida demak Amerikaning Suriya boʻyicha variantlari gʻoyatda qiyin boʻlib qoldi. Ayniqsa hozir Amerika saylovlar davrida turibdi va respublikachilar partiyasi bilan demokratlar partiyasi bu davrdan bir-birlarining nuqson-kamchiliklarini koʻrsatishda foydalanadi. Bunga qoʻshimcha oʻlaroq Amerikaning shaxsan oʻzi aralashishi kerak deb bilayotgan diplomatlarning memorandumi ham bor… Shuning uchun Amerika bu aralashuvni muhokama qilishga oʻzini qiziqqan qilib koʻrsatmoqda… “Garri Trumen” avianosetsini Koʻrfazdan Oʻrta Yer dengiziga yubormoqda… Oʻrta Yer dengizidan turib Suriya ichkarisiga raketalar otmoqda… Saudiya mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmonni chaqirmoqda va bu vazir prezident Obama bilan Oq uy ofisida uchrashmoqda. Vaholanki bu davlat boshligʻi boʻlmagan kimsa uchun bir nodir ishdir. Kuzatuvchiga harbiy aralashuv maqsadi ustun kelayotgan boʻlib koʻrinishi uchun shunday qilinmoqda!

7 –          Shu bilan birga Amerika idorasining hozirgi siyosati – uning masʼullarining bayonotlari koʻrsatib turganidek – harbiy aralashuv avvalo tobelar, toʻdalar va yugurdak malaylar qoʻli bilan boʻlishidir… Chunki AQSh davlat departamenti vakili Kirbi Amerikaning Suriya xususidagi siyosati oʻzgarmaganini bildirdi. Kirbi Vashingtonning Suriya borasidagi siyosati oʻzgarishi ehtimoli toʻgʻrisida izoh berib quyidagilarni aytdi: “Biz hamon Suriya borasidagi siyosiy yechim eng yaxshi yechim ekanligiga ishonamiz”. Kirbi hozirgi Amerika prezidenti Barak Obama idorasi – uning prezidentlik davri tugaguniga qadar – Suriya krizisi uchun siyosiy yechim topishga butun eʼtiborini qarataverishini ham taʼkidladi. (Rusiyal Yavm: 2016 yil 17 iyun)… Diplomatlarning memorandumiga kelsak, kuchliroq ehtimolga koʻra u bu krizisni harbiy jihatdan emas, siyosiy jihatdan muolaja qiladi. Chunki Al-Jazira net 2016 yil 18 iyunda “Vashington Tayms” gazetasidan olgan ushbu xabarni tarqatdi: “Oq uy diplomatlar memorandumi oqibatlarini bartaraf etish uchun kurashadi”. Gazeta Oq uy rasmiy vakilasi Jenifer Fridmanning “Obama idorasi Suriyadagi xavflar toʻgʻrisidagi har qanday turli fikrlarni eshitishga tayyor, lekin prezident Obama Suriya krizisi uchun harbiy yechimni maqbul koʻrmaydi”, degan soʻzlarini keltirdi. Gazeta qoʻshimcha qilib, “Bu memorandum uzoq yillar davomidagi eng soʻnggi memorandumdir. Obamaning Suriya krizisiga nisbatan yurgizgan siyosatidan hozirgi va sobiq amerikalik masʼullarning hamda Obama idorasi oʻzining ichkarisida ishlagan koʻpgina masʼullarning koʻngli sovugan” deb yozdi.

Xulosa:

1 –          Amerikaning boshi berk koʻchaga kirib qolgani toʻgʻri… Ammo Amerikaning quruqlikda harbiy aralashuviga kelsak, kuchliroq ehtimol shuki u nomaʼlum paytgacha kechiktirib turiladi. Chunki hozirgi Amerika idorasi quruqlikdagi janglarni tobelar, malaylar va yugurdak toʻdalar olib borishiga harakat qilyapti. Bu ahvol Obama davri tugaguniga qadar davom etishi mumkin… Faqat agar hodisalar oqimidan tashqari yangi ishlar roʻy berib qolsa oʻshanda harbiy aralashuv boʻlishi mumkin.

2 –          Lekin eʼtiborni tortadigan ish shuki, Suriyada Liviya va Yamandagi kabi xalqaro kurash yoʻq, balki yagona xalqaro “kurashchi” Amerikadir va bu “kurashchi” Rossiyani, Eronni, rejimni, tobelarni va yugurdak toʻdalarni ishga solib turli vahshiyona jinoyatlarni qildirmoqda. Shunga qaramay, Amerika va uning tobelarining Suriya ahlini Amerika loyihalarini ijro qilishga va togʻut rejim bilan sherik boʻlishga majbur qilishga urinishi shu bugungacha barbod boʻlib keldi. Vaholanki Amerika kurashayotgan taraf mana shu mustamlakachi davlatlar imkoniyatlari bilan aslo tenglashtirib boʻlmaydigan moddiy imkoniyatlarga ega boʻlgan Suriya ahlidir. Shunga qaramay Shom bu davlatlarning, ularning tobelari va yugurdaklarining ochkoʻz istaklariga hamon boʻysunmay kelyapti! Bularning barchasidagi yolgʻiz sabab buyuk Islomdir. Islom Shom ahlini kufr va uning ahliga, zulm va uning yordamchilariga qarshi kurashishga harakatlantirmoqda… Buyuk Islom sodiq, xolis kishilarning qalbini toʻldirmoqda… Hatto Islom baʼzi odamlarning qalbida fikrsiz faqat tuygʻudan kelib chiqib harakatga kelayotgan boʻlsa-da… hatto yana boshqalar notoʻgʻri maqsadni koʻzlab harakatga kelgan boʻlsa-da, biroq bunday muhitda gʻolib tuygʻu islomiy tuygʻulardir va koʻpchilik baralla aytayotgan fikrlar Islomiy fikrlardir… Amerika maqsadini shu bugungacha barbod qilib kelgan narsa Shomda Islomning nur sochayotganidir. Holbuki Islom Ummatni birlashtiruvchi bitta davlatda hali gavdalangani yoʻq. Shunday ekan agar davlat boʻlsa qanday boʻladi? Har holda bu ishning albatta kelajagi bor.

وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنقَلَبٍ يَنقَلِبُونَ

“Zolim kimsalar esa yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar”    [Yusuf 21]

22 ramazon 1437h

27 iyun 2016m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.