Goʻdaklar zoʻrlanyapti, hukumat esa sukut qilmoqda

870
0

Goʻdaklar zoʻrlanyapti, hukumat esa sukut qilmoqda

Fuqaroviy jamiyat faoli frantsiyalik Tьerri Darantьer ismli kimsaning gʻoyat jirkanch jinoyatlar sodir etganligi maʼlum boʻldi. U 60dan ziyod bolakayni zoʻrlab, ular bilan fahsh ishlarni sodir etgan. Bu bolalarning 41 nafari 4 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan tunislik bolalardir. Frantsiya mahkamalari unga yengillashtirilgan hukm chiqardi. Yaʼni 18 yil qamoq jazosi belgiladi, shu muddat tugashi bilan yana uni hayvon singari navbatdagi jinoyatlar sodir etishiga qoʻyib yuboradi.

Biz Hizb ut-Tahrir-Tunis viloyati matbuot boʻlimi ayollar qanoti bularga nisbatan quyidagilarni taʼkidlaymiz:

–             Goʻdaklarga qarshi sodir etilgan bunday jirkanch jinoyatni qattiq qoralaymiz va jinoyat qurboni boʻlgan bolalarga, ularning oila aʼzolariga qattiq taassufimizni, toʻla hamdardligimizni bildiramiz.

–             Tunis hukumatining siyosiy javobgarlikni zimmasiga olmayotganini, jinoyat qurboni boʻlgan bolalar va ularning oila aʼzolarining toptalgan huquqlarini talab qilmayotganini qoralaymiz. Inson huquqlarini va bolalar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarning shunday manfur jinoyat qarshisida sukut qilish bilan unga nisbatan til biriktiruvchilarga, unga sheriklik qilganlarga aylanib qolayotganlariga oʻz taajjubimizni izhor etamiz.

–             Bu va bunga oʻxshash jinoyatlar hukmdorlarning mustamlakachilarga malaylik qilishlari, Tunisni shubha ostidagi jamiyatlarga tomorqa qilib berishlari oqibatida kelib chiqqan, deb bilamiz. Chunki bu hukmdorlar xalqaro yordam jamiyatlari va xalqaro hamkorlik tashkilotlari kabi niqoblar ostida kirgan ayni jamiyatlarning bolalarimizga singdirayotgan saqofati, aqllariga mustamlakachi davlatlarga moyillik tushunchalarini oʻrnatishlari naqadar xatarli ekaniga parvo qilishmadi.

–             Ushbu jinoyat javobgarligini ilmoniy tuzumlar zimmasiga yuklaymiz. Chunki bu tuzumlar shunday turmush tarzini oʻylab topganki, unda goʻdaklar zoʻrlanadi, goʻdaklik qadriyati ham, umuman insoniy qadriyat ham sariq chaqalik ahamiyat kasb etmaydi. Biz bu turdagi jinoyatlarning paydo boʻlishiga va tarqalishiga shu ilmoniy tuzumlar sababchi, deb hisoblaymiz. Chunki bu tuzumlar, bir jihatdan, bolalar huquqini dunyo boʻylab himoya qilishga ojizlik qilgan boʻlsa, boshqa jihatdan, yurtimizga oʻzining taʼlim va axborot dasturlarini kiritish orqali hamda ikki bir xil jinsdagi nikohga targʻib qilish bilan Tunis ahlida ildiz otgan mustahkam islomiy qadriyatlarni yoʻq qilishga harakat qilmoqda.

–             Barchani bizga qalqon boʻlmish Islom tuzumini barpo qilish uchun Hizb ut-Tahrir bilan birga faoliyat qilishga daʼvat qilamiz. Zero, ilmoniy tuzumlar insoniyat muammolari uchun sogʻlom yechimlar taqdim etishda butunlay omadsiz ekanligi allaqchon hammaga maʼlum boʻlib qoldi.

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi matbuot boʻlimi ayollar qismi

Telefon: 71345949, 21430700

Faks: 71345950

Matbuot boʻlimi sayti: www.ht-tunisie.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.