MUNOFIQLARDAN BO‘LIB QOLMA

684
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

MUNOFIQLARDAN BO‘LIB QOLMA

Shariatga nisbatan odamlar ikki toifaga bo‘linishadi: mo‘min yoki kofir.

Sen kimsan ?! qaysi toifadansan ?! Yoki ushbu toifadanmisan: “Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, o‘zlari mo‘min bo‘lmaganlari holda “Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik”, deydilar. Ular Allohni va iymonli kishilarni aldamoqchi bo‘ladilar va o‘zlari sezmaganlari holda faqat o‘zlarinigina aldaydilar.Ularning dillarida maraz bor edi, bas Alloh marazlarini yanada ziyoda qildi. Ular uchun qilgan yolg‘onlari sabab alamli azob bordir…. (2:8-11).

Shariat oldida:

  1. Kofirlar – “eshitdik va osiy bo‘ldik deyishadi”(4:46).
  2. Mo‘minlarning shiori; “Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat O‘zingga kaytajakmiz”. (2:285).

Besh vaqt namoz o‘qishga ishonadi. Xuddi shunday avval jamoat bo‘lib, keyin da‘vat qilish kerak deb ham ishonadi. Har rakatida bir marta ruku‘ va ikki sajda qilish kerakligiga ishonadi. Haftada halqaga borib, dars olish va dars berish shart deb ishonadi. Xuddi shunday avval fikrat va tariqatni yaxshi bilgan, millionga yuzta hisobidagi “hizb” mavjud bo‘lgandan keyingina jamiyatda ishlashga o‘tish kerak deb ishonadi, chunki u mo‘minda! Aqli yetmasa ham shar‘iy hukm oldida javobi: “Eshitdik va itoat qildik” deb, tezdan shuni amalga oshirishga kirishadi.

  1. Munofiq esa –afsuski u ham bizdan bo‘lib ko‘rinadi, ichimizda yuradi, hamma uni bizdan deb o‘ylaydi, musulmonlardanman deb da‘vo qiladi. Ammo qalbi kofir bo‘lgan mal‘un kimsadir.

لَعْنَةَ اللَّهِ عَلَى الْكَاذِبِينَ

– “… Alloh yolg‘onchilarni la‘natlasin…”.               [3:61]

Ularni bilish mumkin emas, chunki qalblarni Egasi xabarini bermaguncha hech kim bilolmaydi, lekin ulardan bo‘lib qolmaslik uchun ulardagi alomatlar keltirilgan, masalan:

1). qalbi boshqa, tili boshqa bo‘lish, ya‘ni qalbidagi rayini oshkor qilmay, undan boshqa rayni gapiradi. Senchi ?

يَقُولُونَ بِأَفْواهِهِمْ مَا لَيْسَ فِي قُلُوبِهِمْ

Ular og‘izda ko‘ngillarida bo‘lmagan narsalarni gapiradilar. Alloh esa ularning yashirgan sirlarini juda yaxshi bilguvchidir (3:167)

2). Yolg‘on gapirish, amonatga xiyonat qilish va va‘daga xilof qilish: Senchi ? amonatni bilasanmi ? yolg‘ondan tavba qildingmi ? bergan va‘dalaring esingdami ?. Abu Hurayra(r.a.) rivoyat qilgan hadisda, Payg‘ambarmiz(s.a.v) shunday deganlar: “Munofiqning alomati uchtadir: gapirsa, yolg‘on gapiradi, va‘da qilsa, xilof qiladi, omonat berilsa, xiyonat qiladi” (muttafaqun alayh).

Eshitgan narsasini tekshirmasdan gapirib yurish kishini yolg‘onchiligi to‘g‘risida kifoya qiladi. Senchi ? munofiqlarga o‘hshab “men eshitganimi gapiryapman” deb qutilmoqchi bo‘lasanmi? Abu Hurayra(r.a.) rivoyatida Payg‘ambarmiz(s.a.v): “Eshitgan gapini gapiraverishi kishining yolg‘onchiligiga kifoya qiladi”, deganlar. Muslim rivoyati.

Eng katta amonat Islomdir, unga xiyonat qilmasdan to‘g‘risini yetkazish Rosululloh(s.a.v)ning izdoshi, merosho‘ri bo‘lish, buzish esa munofiqlikdir.

  Abdulloh ibn Amr(r.a) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar(s.a.v) shunday deganlar: “To‘rt xislat borki, kimda ular bo‘lsa, g‘irt munofiq bo‘ladi. Kimda ulardan biri bo‘lsa, to uni tark qilguniga qadar munofiqlikning bir xislati bor bo‘ladi. Ular… ahdlashsa xiyonat qiladi…” (muttafaqun alayh).

3). Islom asosidan, uning hukmlarini amalga oshishidan qochadi, senchi? Fikratni ko‘pchilik to‘g‘ri deb tan olmoqda, ya‘ni fikratga ahamiyat bergandek tariqatga ham ahamiyat beryapsanmi? Agar biz o‘tgan asr mobaynida yuzaga kelgan harakatlardagi uyushishlarni ko‘zdan kechirsak, uyushishning noto‘g‘ri tariqati ularning muvaffaqiyatsizlikka uchrashlarining asosiy sababi bo‘lganini ko‘ramiz. Ya‘ni namozni Rosululloh(s.a.v)dan o‘rganganingdek Islomni yana hayotga qaytarishni ham shar‘iy hukmlar asosida amalga oshiryapsanmi? Rosululloh(s.a.v) avval tirik Qur‘onlarni Arqam(r.a)ning uyida tayorlab olishdan avval jamiyatga Islomni olib chiqmagan, demak, Islomni olib chiqish yo‘li shu. Ya‘ni Islomni – fikrat(inson o‘zini ehtiyojlarini qanday qondirishiga aloqador Allohning hukmlari)ni yaxshi bilish. Oddiy inson o‘zi uchun hayotida zarur bo‘lgan masalalarni bilish bo‘lsa-da, Ummatga yetakchilik qilishni da‘vo qilayotganlar hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan hamma masalalarni yaxshi bilish, hamda tariqat(Islomni hayotga olib kelish…)ni yaxshi – bilgandan keyin ish boshlash. Senga qarshi bo‘lgan birodaringni Islom asosida bahsga chaqirganmisan yoki seni chaqirganda “labbay” deb borganmisan:

وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا إِلَى مَا أَنزَلَ اللَّهُ وَإِلَى الرَّسُولِ رَأَيْتَ الْمُنَافِقِينَ يَصُدُّونَ عَنْكَ صُدُودًا

Qachon ularga “Alloh nozil qilgan Kitobga va payg‘ambar o‘gitlariga kelinglar”, deyilsa, u munofiqlarning sizdan qattiq yuz o‘girganlarini ko‘rasiz (4:61)

Buni yo‘li avval Islomni o‘rganish, o‘rganish albatta Islomni yaxshi bilgan o‘rgatuvchi bilan bo‘lishi shart, aksincha “Islomni o‘rganish ta‘limsiz ham bo‘ladi” deb bilish Alloh Taoloning amriga xilofdir. Chunki Alloh Taolo “Qur‘on”ni arab tilining ustalariga muammolarini yechib beruvchi qilib, arab tilida nozil qilishi bilan birga  Rosululloh(s.a.v)ni ularga Qur‘onni ta‘lim berishi va bayon qilib berishini zimmasiga yukladi va bu vazifa Rosululloh(s.a.v)dan keyin merosho‘rlariga qolgan:

وَأَنزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ

– „Odamlarga nozil qilingan narsalarni bayon qilib berishingiz uchun Sizga bu eslatmani – Qur‘onni nozil qildik“.  [16:44]

Sahobalar – Alloh ulardan rozi bo‘lsin – arab edi. Arab tili ularning ona tili edi. Ular arab tilini nozik, atroflicha tushunadigan olimlar edi. Qur‘on nozil bo‘layotganda ular Rosululloh(s.a.v) bilan birga edilar, u kishidan ajramasdilar. Payg‘ambarimiz(s.a.v) hodisalar haqidagi Alloh hukmini ularning ko‘z o‘ngida bayon qilar edi. Ular shariatni atroflicha biluvchi ulamolar ham edilar. Shunday bo‘lsada, Islomni o‘rganishdagi ta‘lim ishiga beparvo bo‘lib qolmasliklari uchun sahobalarga qarata Alloh Taolo ushbu Oyatni nozil qilgan:

وَمَا كَانَ الْمُؤْمِنُونَ لِيَنفِرُوا كَافَّةً فَلَوْلَا نَفَرَ مِنْ كُلِّ فِرْقَةٍ مِنْهُمْ طَائِفَةٌ لِيَتَفَقَّهُوا فِي الدِّينِ وَلِيُنذِرُوا قَوْمَهُمْ وَلِيُنذِرُوا قَوْمَهُمْ إِذَا رَجَعُوا إِلَيْهِمْ لَعَلَّهُمْ يَحْذَرُونَ

– “Mo‘minlarning barchasi birdaniga jihodga chiqishlari joiz emas. Ulardagi har bir guruhdan bir toifa jihodga chiqib, qolganlari dinni o‘rganib, jihodga ketganlar qaytganda o‘zlari o‘rgangan narsalarni ularga ham o‘rgatsalar bo‘lmaydimi? Shoyad ular ham Allohdan qo‘rqarlar”.  [9:122]

Islomni kufr xohlagandek, ularni maqsadlariga muvofiq, Islom asoslariga zid bo‘lib qolmasligi uchun yoki har kim o‘z bilganicha o‘rganyapman deb,  Islomni “buzmasligi” uchun Amirimiz, shar‘iy hukmga muvofiq asosiy kitoblarni qodir mushrif bilan o‘qib chiqishni amr qildi, ular o‘n uchta bo‘lib, bularni mushrif bilan o‘qib chiqmagan hizbiy gunohkor bo‘ladi, chunki bu qaror amirga itoat – mo‘min ishonadi va “Eshitdik va itoat qildik” desa, munofiq o‘ylab ko‘rib, bundan qochish yo‘lini topadi – unga xilof ish tutish munofiqlikning alomatidir, chunki: Hizbga dars olishga kelayotgan yangi yigitlarga ko‘proq e‘tibor qaratilishi va mushriflikka qobiliyatliroq va qodirroq yigitlar tanlanishi vojib.

Yoki Hizbiy bo‘lmagan doris halqaga mushriflik qilishi joiz emas. Halqaga mushriflik qilish faqat saqofiy va idoriy jihatdan mushriflik qilishga qodir bo‘lgan kishiga topshiriladi. Halqaga mushriflik qilishga qodir emasligini bildirgan har bir kishi dars berishdan ozod etiladi va unga boshqa saqofiy ish yuklatiladi.

Yoki Halqalarga mushriflik qiluvchilar ham boshqa haftalik halqalarda dars olishi va shahriy halqada qatnashishi vojib. Agar haftalik halqada hizbiy saqofat kitoblarini tugatgan bo‘lsa, shahriy halqaga cheklanadi, magar ushbu kitoblarning ba‘zisini qayta o‘qishni lozim deb bilsa, unga dars beriladi. Ha, mo‘minlar; “Eshitdik va itoat etdik. Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz. Va faqat O‘zingga kaytajakmiz” deb, shar‘iy hukmga taslim bo‘lishadi. Ammo munofiqlar esa, “o‘ylanib ko‘raychi, bundan qochish yo‘li bormikin” deb turib qoladi., chunki u Islomni da‘vo qilib qo‘yganda.

4). Qo‘rqoq bo‘ladilar, senchi? Tog‘utdan qo‘rqib, o‘z ishingni tashlab qo‘ymayapsanmi?

إِذْ يَقُولُ الْمُنَافِقُونَ وَالَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ غَرَّ هَؤُلَاءِ دِينُهُمْ وَمَنْ يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَإِنَّ اللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ

O‘shanda munofiqlar va dillarida maraz bo‘lgan kimsalar: “Ularni (ya‘ni, musulmonlarni) dinlari mag‘rur qilib yubordi (ya‘ni, ozgina odam bilan shunday katta qo‘shinga qarshi jang qilmoqchi bo‘lyaptilar”), deyishar edi. (Munofiqlarning bu so‘zlari noto‘g‘ridir) kim Allohga suyansa, bas, albatta Alloh g‘olib va hikmatlidir (8:49).

5). Munofiqlarning erkaklari ham, ayollari ham bir xil; munkarga buyurishadi, ma‘rufdan qaytarishadi, senchi? Bilib turib haqdan to‘smayapsanmi?;

الْمُنَافِقُونَ وَالْمُنَافِقَاتُ بَعْضُهُمْ مِنْ بَعْضٍ يَأْمُرُونَ بِالْمُنْكَرِ وَيَنْهَوْنَ عَنْ الْمَعْرُوفِ

 وَيَقْبِضُونَ أَيْدِيَهُمْ نَسُوا اللَّهَ فَنَسِيَهُمْ إِنَّ الْمُنَافِقِينَ هُمْ الْفَاسِقُونَ

 Munofiq erkaklar va munofih ayollar bir-birlaridandirlar (ya‘ni, kofirlikda bir-birlariga o‘xshaydilar). Ular yomonlikka buyuradilar, yaxshilikdan to‘xtatadilar va (Alloh yo‘lida infoq-ehson qilishdan) qo‘llarini (o‘zlarini) tiyadilar. Ular Allohni unutishgach, Alloh ham ularni unutdi. Albatta, munofiqlar haqiqiy fosiq-itoatsizdirlar. (9:67)

Alloh Taolo aytadi: „Alloh va Uning payg‘ambari bir ishni hukm qilgan-buyurgan vaqtida biror mo‘min va mo‘mina uchun (Allohning hukmini qo‘yib) o‘z ishlaridan ixtiyor qilish joiz emasdir. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga osiy bo‘lsa, bas, u ochiq yo‘ldan ozish bilan yo‘ldan ozibdi“. [33:36]

Demak, mo‘min faqat shariatga taslim bo‘ladi. Shariatga zid ish bo‘lsa, ya‘ni munkarni ko‘rsa, unga “amri ma‘ruf, nahi munkar qilish” vojib bo‘ladi va unga dalolat qiladigan hadislar juda ko‘p bo‘lib, olimlarni ham, hokimni ham amri ma‘ruf, nahi munkar qilish vojibligiga dalolat beradi. Darhaqiqat, Rasululloh(s.a.v) hokimning hato ishlarini inkor etishga amr etdilar va bu inkorni qodir bo‘lgan har qanday vosita bilan – qilich ko‘tarish darajasiga bormaslik shartiga ko‘ra qo‘l bilan, ya‘ni munkarni yo‘qotishi talab qilinadi. Endi o‘zida ojizlikni xis qilsa, unda mutlaqo til bilan ya‘ni har qanday so‘zlar bilan va agar qo‘l va tildan ojiz bo‘lsa, qalb bilan inkor etishi(tabassum bilan qarshi olish emas, balki loaqal undan hafaligini, uning ishlariga rozi emasligini ko‘rsatishi)ni vojib qildi. Kim inkor qilmasa, gunohda hokimga sherik dedi.

Bu o‘rinda ma‘ruf ishlarga buyurish va munkar ishdan qaytarishga oid ishlar bilan, munkar ishni yo‘q qilishga oid ishlarning orasida farq borligiga e‘tiborni qaratmoqchimiz. Ma‘ruf ishga buyurish va munkar ishdan qaytarishga oid ishlar faqat so‘zga chegaralangan. Munkar ishni yo‘q qilishga oid ishlar esa, faqat so‘zga chegaralanmay, balki moddiy kuch ishlatishga ham o‘tadi. Bu fikr imom Muslim Abu Sa‘iyd al-Xudriydan rivoyat qilgan hadisdagi Rasululloh (Sallallohu alayhi va olihi va sallam)ning so‘zlaridan olingan: “Sizlardan kimiki munkar ishni ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin. Bunga qudrati yetmasa, tili bilan o‘zgartirsin. Bunga ham qudrati yetmasa, qalbi bilan o‘zgartirsin. Bu esa iymonning eng zaifidir”.Bu Hadis, shaxslardan sodir bo‘ladigan munkar ishni yo‘q qilish uchun kuch ishlatish, uni yo‘q qilishga yetarli qudrat bo‘lishi lozimligini ifodalaydi. Shu shart bilanki, kuch ishlatish kattaroq munkar ishga, masalan: fitna, qotillik va qilich yalong‘ochlash kabi ishlarga olib bormasin.(“Hizbut tahrirning o‘zgartirishdagi manhaji”dan olindi).

Mo‘minlar Alloh Taologa bergan va‘dalarida turadilar: Senchi?, bergan ahdingni, qasamingni uddasidan chiqyapsanmi?.

وَاذْكُرُوا نِعْمَةَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ وَمِيثَاقَهُ الَّذِي وَاثَقَكُمْ بِهِ إِذْ قُلْتُمْ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ

“Allohning sizlarga bergan ne‘matini va: “Eshitdik va itoat qildik”, degan paytingizda sizlar bilan bog‘lagan ahd-paymonini eslangiz! Allohdan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh dillarni egallagan (sirlarni) bilguvchidir”. (5:7).

Xamma o‘zini to‘g‘ri deb biladi, Islomgina to‘g‘ri. Chunki munkar qiluvchilar ham o‘zlarini isloh qiluvchilardan deb hisoblashadi:

Ularga: “Er yuzida buzg‘unchilik qilmanglar”, deyilsa, “Biz isloh iluvchilarmiz”, deydilar. Ogoh bo‘lingizkim, ular albatta buzg‘unchilardir, lekin o‘zlari buni sezmaydilar… (2:12)

G‘arib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.