Xalifalik davlatida ta‘lim siyosati va uni tashkil qilish

471
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

Xalifalik davlatida ta‘lim siyosati va uni tashkil qilish

Xalifalik davlatida ta‘lim nizomi programmaga asoslangan ta‘limga aloqador shar‘iy hukmlar va idoriy qonunlar majmuidan tashkil topadi. Ta‘limga aloqador shar‘iy hukmlar aqidadan kelib chiqib, o‘zining shar‘iy dalillariga egadir. Masalan darsliklar, o‘quvchi o‘g‘il-qizlarni ajratib, alohida o‘qitish kabi. Ta‘limdagi idoriy qonunlar esa mutasaddi rahbar nizomni ijro etishda va shu nizomdan ko‘zlangan g‘oyani ro‘yobga chiqarishda kerakli deb topgan muboh vosita va uslublardir. Ular dunyoviy ishlar bo‘lib, ta‘lim va ummatning asosiy ehtiyojlariga aloqador shar‘iy hukmlar ijrosiga munosib keladigan tarzda rivojlantirilishi va o‘zgartirilishi mumkin. Shuningdek, ular borasida boshqa ummatlar erishgan muboh tajribalar, ma‘lumotlar va tadqiqotlardan foydalanish ham mumkin.

Shar‘iy hukmlar va idoriy qonunlar majmuidan iborat bo‘lgan bu nizomga bir boshqaruv jihozi kerak bo‘ladi. Bu boshqaruv jihozi Xalifalik davlatidagi ta‘limning asosiy g‘oyasini ro‘yobga chiqaradi. Lo‘nda qilib aytganda, Islomiy shaxsiyatni tarbiyalab voyaga yetkazadi. Mazkur jihoz bu ishni ta‘limning barcha taraflarini nazorat qilish, tashkillashtirish, kuzatib borish, batafsilroq aytadigan bo‘lsak, muayyan programmaga asoslangan qo‘llanmalar yaratib berish, munosib o‘qituvchilar tanlash, o‘quvchilar bilim darajasining rivojlanishi va yuksalishiga ko‘z-quloq bo‘lib turish, maktablar, ma‘hadlar va dorulfunun (universitet)larni kerakli laboratoriya va ta‘lim vositalari bilan ta‘minlash orqali amalga oshiradi. Quyida biz Islomiy Davlatning dusturi(konistitutsiyasi) loyihasi bo‘lmish “Dustur muqaddimasi”dan “Ta‘lim siyosati”ga oid moddalarning aksariyatini keltiramiz:

165-modda – Ta‘lim uslubining asosi Islomiy e‘tiqod bo‘lmog‘i lozim. Darsliklar va o‘qitish uslublari shu asosdan chetga chiqib ketmaydigan tarzda ishlab chiqiladi.

166-modda – Ta‘lim siyosati Islomiy aqliya va Islomiy nafsiyani vujudga keltirish demakdir. Shuning uchun o‘qitiladigan barcha darsliklar shu siyosat asosida ishlab chiqiladi.

167-modda – Ta‘limdan ko‘zlangan g‘oya Islomiy shaxsiyatni vujudga keltirish va odamlarni hayot ishlariga aloqador ilmlar va bilimlar bilan boyitishdir. Shunga ko‘ra, ta‘lim shu g‘oyani ro‘yobga chiqaradigan tarzda yo‘naltirilib, unga olib bormaydigan har qanday yo‘l man qilinadi…

169-modda – Ta‘limda matematika kabi aniq fanlar bilan saqofiy bilimlar o‘rtasidagi farq e‘tiborga olinishi lozim. Aniq fanlar keragicha o‘rgatilaveradi, ma‘lum bir bosqich bilan cheklanmaydi. Saqofiy bilimlar esa dastlabki bosqichlarda Islom fikrlari va hukmlariga zid bo‘lmagan muayyan siyosat asosida olinadi. Oliy bosqichga o‘tgach, ta‘lim siyosati va g‘oyasidan chetga chiqmaslik sharti bilan fan sifatida olinaveradi.

170-modda – Islomiy saqofat ta‘limi ta‘limning barcha bosqichlarida bo‘lishi lozim. Oliy bosqichga ko‘tarilgach tibbiyot, handasa, tabiatshunoslik kabi sohalarga ixtisoslashtirilganidek, Islomiy bilimlarni ham har xil sohalarga ixtisoslashtirish kerak.

171-modda – Fan va sanoatlar bir jihatdan savdogarlik, dehqonchilik, kemasozlik kabi ilmga taalluqli bo‘lsa, ikkinchi jihatdan rassomlik, haykaltaroshlik kabi xos nuqtai nazar bilan ta‘sirlangan fan va sanoatlar saqofatga aloqador bo‘ladi. Ilmga aloqadorlari hech bir cheklovsiz yoki shartsiz qabul qilinaveradi. Saqofatga taalluqlilari esa Islom nuqtai nazariga zid kelgan paytda qabul qilinmaydi.

172-modda – Ta‘lim programmasi (manhaji) bitta bo‘ladi. Davlat programmasidan boshqasiga ruxsat etilmaydi. Modomiki davlat programmasiga rioya etib, ta‘lim rejasi asosida ish olib borib, ta‘lim siyosati va g‘oyasini ro‘yobga chiqarar ekan, uy maktablari ham taqiqlanmaydi. Faqat bu maktablarda o‘g‘il-qizlar aralash o‘qitilmasligi, erkak va ayol muallimlar aralash ishlamasligi hamda bu maktablar bir toifa, din, mazhab, irqqa xos bo‘lib qolmasligi shart.

173-moddaHayotda inson uchun zarur bo‘lgan ta‘limni boshlang‘ich bosqichda ham, keyingi bosqichlarda ham har bir erkak va ayolga mukammal qilib berish davlatning burchidir. Buning uchun hech kimdan haq olinmaydi. Oliy ta‘lim ham mumkin qadar yuqori darajada hamma uchun qulay va bepul qilib beriladi.

174-modda – Davlat fiqh, usuli fiqh, hadis, tafsir, tafakkur, tibbiyot, handasa, ximiya, ixtirolar va kashfiyotlar kabi ishlarga qiziquvchilarga shu bilimlar borasidagi tadqiqotlarni davom ettirishlariga imkoniyat yaratib berish uchun maktablar va oliy o‘quv yurtalaridan boshqa joylarda ham kutubxonalar, laboratoriyalar va boshqa o‘rganish vositalarini muhayyo qilib beradi. Toki ummat orasida ko‘p sonli mujtahidlar, ijodkorlar va ixtirochilar yetishib chiqsin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.