Qozondagi BRIKS sammiti hamda uning G‘arb gegemonligidan qutulishdagi muvaffaqiyati darajasi

40
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Qozondagi BRIKS sammiti hamda uning G‘arb gegemonligidan qutulishdagi muvaffaqiyati darajasi

Ustoz As’ad Mansur

BRIKS sammiti Rossiya hukmronligi ostida bo‘lgan Qozon shahrida 2024 yil 22-24 oktyabr kunlari yangi a’zolar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. BRIKS 2023 yil 22-24 avgust kunlari Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan avvalgi sammitida 2024 yil 1 yanvardan boshlab 6ta yangi davlatni a’zo qilish taklifini e’lon qilgan edi. Ularning orasida, hali a’zo bo‘lishini rasman e’lon qilmagan Saudiya Arabistonidan tashqari, Misr, Amirliklar, Efiopiya va Argentina bor. Argentinaning Amerika va yahudiy vujudi bilan hamkorlik qilishi bilan maqtanib 2023 yil 19 noyabrda hokimiyatga kelgan yangi prezidenti Xaver Mile BRIKSga a’zo bo‘lishni so‘ragan sobiq prezident Fernandesdan farqli o‘laroq, a’zo bo‘lishni rad etdi.

Rossiya prezidenti Putin 22ta davlat va hukumat rahbarlarini qabul qildi. Eslatib o‘tamiz, sammitda 36ta davlat ishtirok etdi. Kreml matbuot kotibi sammitni Rossiya uchun «tashqi siyosatdagi eng yirik voqealardan biri» deb ta’rifladi. Putin 2022 yil fevralda Ukrainaga hujum qilinganidan keyin o‘ziga va mamlakatiga joriy etilgan G‘arb izolyatsiyasini buzishga harakat qilmoqda. Chunki G‘arb davlatlari uni buzg‘unchi deb atab, Xalqaro jinoyat sudi uni hibsga olish uchun order bergan. U, shuningdek, ko‘plab dunyo davlatlari uni qo‘llab-quvvatlashini, unga qarshi emasligini va ular G‘arb bilan ham emasligini isbotlamoqchi. Zero, Amerika boshchiligidagi G‘arb, ayniqsa, uni qo‘rqitgan va dunyo yetakchiligini Amerika bilan baham ko‘rgan Sovet Ittifoqi 1991 yilda qulaganidan keyin, o‘z takabburligini izhor etib, dunyo ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatgan edi.

Putin ushbu soxta shon-shuhratni qayta tiklashga harakat qilmoqda. U buni ishtirokchilar oldida e’lon qilib, «ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirish jarayoni davom etmoqda», dedi. «Shubhasiz, BRIKS bilan aloqalarni mustahkamlashda dunyoning janubi va sharqidagi davlatlarning misli ko‘rilmagan qiziqishini e’tiborsiz qoldirish xato bo‘ladi», deb G‘arbning takabburligiga ishora qildi va 30dan ortiq davlat BRIKSga a’zo bo‘lmoqchiligini ta’kidladi. U Rossiyaning xalqaro qutbga aylanishi va dunyoning ko‘p qutbli bo‘lishi borasida ko‘zlagan maqsadlariga erishish uchun G‘arb oldida o‘z muvaffaqiyatini ko‘rsatishga harakat qilmoqda.

Shuning uchun Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta» nashri 2024 yil 23 oktyabrda shunday deb yozdi: «Rossiya nuqtayi nazaridan, BRIKS Global Janub davlatlari uchun jozibador. Chunki u G‘arb diktaturasiga asoslangan xalqaro munosabatlarning eski modelini rad etadi». U yana shunday qo‘shimcha qildi: «Boshqa davlatlar, xususan, Braziliya va Hindiston bu sa’y-harakatlarni jiddiy qo‘llab-quvvatlamaydi. Chunki ular BRIKSdan demokratiya va eski dunyo tartibini isloh qilish uchun foydalanmoqchi». Ya’ni BRIKS guruhi bunday davlatlarni o‘z ichiga olar ekan, u orqali G‘arb diktaturasini qulatishda muvaffaqiyatga erishish kafolatlanmagan.

Sammitda BRIKS guruhi uchun global ko‘lam kasb qilish maqsadida xalqaro muammolar, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligi va energiyaning barqaror rivojlanishini ta’minlash muammosi kabi iqtisodiy muammolar, Yaqin Sharq muammosi kabi siyosiy muammolar muhokama qilindi.

G‘arb biladiki, Rossiya BRIKSni G7ga o‘xshagan iqtisodiy va siyosiy jihatdan ta’sirli guruhga aylantirishga harakat qilmoqda va uni G‘arbga qarshi qo‘yish ustida ishlamoqda. Shuning uchun Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vaziri Svene Shulse: «Putin o‘zini Qozondagi G‘arbga qarshi guruh rahbari sifatida ko‘rsatishga urinmoqda», dedi. «Putinning lagerlarga bo‘lishga asoslangan tafakkuri eskirgan», dedi u. Chunki Germaniya G‘arb gegemonligining, ayniqsa, global sahnada davlat sifatida gavdalangan Islom yo‘qligi paytida, hech kim unga qarshi chiqmasdan davom etishini istaydi.

Rossiyaning iqtisodiy maqsadlari ham bor bo‘lib, u bu maqsadlarni o‘tgan sammitda ilgari surishga uringan edi. Masalan, u BRIKS guruhining global savdo va moliyaviy operatsiyalar uchun asosiy valyuta va ko‘plab davlatlar uchun zaxira hisoblangan dollarga, keyin yevroga raqobatchi bo‘lgan valyutasini yaratishni ko‘zlamoqda. Oldingi sammitda ham, hozirgi sammitda ham, o‘zaro savdo almashinuvida mahalliy valyutalar bilan muomala qilishni taklif etilishini hisobga olmaganda, bu sohada oldinga qadam tashlay olmadi.

Rossiya biladiki, guruhdagi Braziliya, Hindiston va Janubiy Afrika kabi ta’sischi a’zo davlatlar Amerika va G‘arbga qarshi turishda u bilan birga borishni istashmaydi. Darhaqiqat, bu davlatlarning ba’zilari dollardan voz kechishni rad etishgan bo‘lsa, ba’zilari BRIKS valyutasi chiqarilishini rad etishdi. Shunday ekan, G‘arbga ergashgan davlatlarni yangi a’zo sifatida qanday qo‘shdi?!

Shu bilan birga, guruhning ba’zi a’zolari, ayniqsa, Hindiston va Xitoy o‘rtasida dushmanlik darajasiga yetgan jiddiy kelishmovchiliklar bor. Hatto ularning o‘rtasida chegarada to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. O‘shanda Amerika Hindistonni Xitoyga qarshi gijgijladi, Xitoy esa tinchlanishga urindi.

Xitoy Amerika boshchiligidagi G‘arb bilan ham, ularga ergashgan davlatlar bilan ham qarama-qarshilikka kirishni istamaydi. Aksincha, ular bilan munosabatlarni mustahkamlashga harakat qiladi. Chunki Xitoy rahbari Si: «Pekin va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar uchinchi davlatlarga qarshi qaratilgan emas», dedi. Xitoy Rossiya tomonda turib, G‘arb bilan munosabatlari keskinlashishini yoki unga qarshi turishni xohlamaydi. Shuning uchun u Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida u bilan ittifoq tuzishdan va uni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashdan bosh tortdi.

Bularning barchasi BRIKS guruhini G‘arb qarshisida zaiflashtiradi, shuningdek, Rossiya va Xitoyning sa’y-harakatlarini ortga suradi. Chunki bu ikki davlat o‘zlarini Amerika va Yevropa bilan bir qatorda dunyo yetakchiligida ishtirok etuvchi navbatdagi ikkita global qutb sifatida ko‘rsatishga harakat qilishmoqda. Bunday tuzilishdagi BRIKS juda nozik va o‘zaro monand emas. Uning aksar davlatlari siyosiy jihatdan G‘arbga ergashadi va ularning G‘arb bilan iqtisodiy aloqalari kuchli. Ular G‘arb gegemonligidan xalos bo‘lishga intilishmaydi. Shuning uchun Rossiyaning urinishlari muvaffaqiyatsizdir. Biroq, u o‘z xalqining ma’naviyatini ko‘tarish, shuningdek, o‘zining mintaqaviy va xalqaro ta’sirini kuchaytirish uchun o‘zini muvaffaqiyatli va dunyoning bir qismini boshqarayotgan qilib ko‘rsatishga harakat qilmoqda.

Shuning uchun asli mo‘rt bo‘lgan BRIKS guruhi orqali G‘arb gegemonligidan qutulish qiyin. Shu bois, unga, ayniqsa, u aniq g‘oyalarga asoslanmagani uchun, ko‘p ham ishonib bo‘lmaydi. Aksincha, u kapitalistik tizim doirasida ish yuritadi. Uning G‘arb gegemonligiga qarshi chiqishi prinsipial va jiddiy emas. Agar G‘arb Rossiya bilan murosa qilib, uni yana G7ga kiritsa, G‘arbga qarshi barcha qarshiliklardan voz kechadi va 2014 yilda undan chiqarib yuborilishidan oldin bo‘lgani kabi, uning adolatsiz siyosatlarini belgilashda ishtirok etadi. Hatto u kommunistik mabdani ko‘tarib chiqqan Sovet Ittifoqini tamsil etgan davrida ham dunyo muammolarini hal etishda va kapitalistik tuzumni qulatishda muvaffaqiyatga erishmagan. Aksincha, u Amerika bilan dunyoni baham ko‘rgan paytida, xalqlarni, ayniqsa, o‘zining hukmronligi ostida qolgan xalqlarni tor-mor etishda qatnashdi va Xavfsizlik Kengashida G‘arb bilan birga ishtirok etdi.

G‘arbning takabburligidan xalos bo‘lish, shuningdek, oldingi va hozirgi tarixi uning G‘arbdan farq qilmasligini ko‘rsatgan Rossiya zulmi ostiga tushib qolmaslik uchun bir alternativa, qolaversa, dunyo muammolari uchun tub yechim kerak. Bu, albatta, davlatda gavdalangan Islom orqali bo‘ladi. Zero, bu davlat Islomni tatbiq etib, 13 asr davomida bo‘lgani kabi uni butun dunyoga risolat sifatida ko‘tarib chiqadigan.

Roya gazetasining 2024 yil 30 oktyabr chorshanba kungi 519-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.