Frans 24 tarqatgan xabarning yolg’onligi

385
0

01

Hizbut Tahrirning Suriyadagi matbuot bo’limi

Matbuot bayonoti

Hizbut Tahrir siyosiy hizb bo’lib, u faqat Islomga asoslangan, u millatchilik va vatanparvarlikni rad etadi, Islom Ummatini to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlatida birlashishga chaqiradi, Hizbut Tahrir 1953 yil Shom yurtining yuragi bo’lgan Baytul Maqdisda tashkil qilingan

Frans 24 kanali 2013 yil 11 sentyabrda internetdagi rasmiy sahifasida «Ajnabiylarning Suriyaga aralashuviga qarshi jihodchilarning namoyishi. Adashib qolishdan ehtiyot bo’ling» nomli bir videolavhani namoyish qildi, uni tarqatilishida Hizbut Tahrirni ayblab, bu lavhani qalbaki deb isbotlashga urindi. Shuningdek Frans 24 bir-biriga to’g’ri kelmaydigan so’zlarni ham keltirdi. Jumladan u shunday dedi: «Hizbut Tahrir Malayziyada tashkil qilingan milliy islomiy partiya». Bunga qo’shimcha qilib yana aytadi: «U Islom olamida Xalifalikni tiklash uchun kurash olib boradi». Frans 24ning qaysi gapi to’g’ri: Hizbut Tahrir – Frans 24 munofiqlarcha da’vo qilganidek – tor doiradagi milliy islomiy partiyami yoki olamshumul xalqaro partiyami?! Albatta ikkinchisi haqiqat. Ular buni juda yaxshi bilishadi, lekin xabarni boshqacha tarqatishadi.

Biz Hizbut Tahrir – Suriya bu xabarning uydirma ekanini e’lon qilamiz. Buning ortida mustamlakachi Frantsiya davlatining rasmiy axborot vositasi turibdi. Ularni G’utada Hizbut Tahrirning vujudi kuchayib borayotgani xavotirga solib qo’ydi. Shuning uchun ular uni mana shunday jirkanch so’zlar bilan chetlatishni istamoqdalar. Biz sizlarga shuni ma’lum qilib qo’ymoqchimizki, sizlar o’z manfaatingiz va Ummatning dushmani «Isroil» manfaatlarini ko’zlab Suriyadagi ishlarga aralashmoqdasiz. Shuning uchun rejimning kimyoviy qurol to’sqinlik qilib, boshqa qurollarni ishlatishiga jim qarab turibsiz. Sizlar Suriya xalqi «Robbim Alloh» degani uchungina ulardan o’ch olmoqdasiz. Biz sizlarga Hizbut Tahrir Suriyada va boshqa musulmon yurtlarida odamlar qalbini egalladi. U yaqin kelajakda Allohning yordami ila to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalikni tiklaydi. Xalifalik Islom va uning ahlini aziz qilib, kufr va uning ahlini xor qiladi. Sizlar esa kufr ahlidansiz. Sizlarga Alloh Subhanahu va Taoloning bergan sifati etarlidir:

«Ularning sizlarni yomon ko’rishlari og’izlaridan oshkor bo’ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir» [Oli Imron 118]

Muhandis Hishom Bobo

Hizbut Tahrir

– Suriya viloyati matbuot bo’limining raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.