Muborak Ramazon oyi tabrigi

1201
0
The moon is pictured in Bamiyan on the first day of the Muslim fasting month of Ramadan on 18 July, 2015. Islam's holy month of Ramadan is celebrated by Muslims worldwide marked by fasting, abstaining from foods, sex and smoking from dawn to dusk for soul cleansing and strengthening the spiritual bond between them and the Almighty. AFP PHOTO / SHAH MARAI (Photo credit should read SHAH MARAI/AFP/Getty Images)

Muborak Ramazon oyi tabrigi

 Alloh Taolo aytadi:

شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِيَ أُنزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِّنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ وَمَن كَانَ مَرِيضاً أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ يُرِيدُ اللّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلاَ يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُواْ الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُواْ اللّهَ عَلَى مَا هَدَاكُمْوَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

“Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo‘lib va hidoyat va furqon(haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur‘on nozil qilingan. Bas, sizlardan kim bu oyga hozir bo‘lsa, ro‘za tutsin. Va kim xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og‘ir bo‘lishini istamaydi. Bu sanoqni to‘ldirishingiz va hidoyat qilgani sababli Allohni ulug‘lashingiz uchundir. Shoyad shukr qilsangiz”.    [2:185]

Allohga hamd bo‘lsin. Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan do‘st bo‘lganlarga hamda ul zotga ergashib, yo‘lidan yurgan, Islom aqidasini o‘zining fikratiga asos qilib olgan, shar‘iy ahkomlarni esa amallariga o‘lchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar bo‘lsin.

Imom Buxoriy o‘zining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Nabiy sollallohu alayhi va sallamning bunday dedilar, deganini eshitgandim:

صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةََ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ

“Oyni ko‘rib ro‘za tutinglar (ro‘zani boshlanglar), oyni ko‘rib og‘iz ochinglar (ro‘zani tugatinglar), agar havo bulut bo‘lsa, sha‘bon oyining sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilinglar”.

Mana, oradan bir yil o‘tib oylarning sayyidi va eng fayzlisi bo‘lgan Ramazon oyi yana mexmon bo‘lib kelmoqda. Bu muborak oy barchalarimiz uchun xayrli va muborak bo‘lsin.

Bu oy avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zaxdan ozod bo‘lish oyidir. Biz Mehribon va Rahimli Allohdan musulmonlarning tutgan ro‘zalarini, ibodatda qoim bo‘lishlarini qabul qilishini so‘rab qolamiz. Alloh taolo barchamizni avval qilgan gunohlarimizni mag‘firat qilishini, bizlarni o‘ziga yaqin bo‘lgan bandalardan qilishini kelayotgan Ramazon xaytini roshid Xalifa imomligida ado etishni barchalarimizga nasib etsin.

Kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan barcha musulmonlarni yana bir bor muborakbod etamiz.

Hizb ut-Tahrir Qirg‘iziston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.