Muborak ramazon oyini kuzatish natijasi e‘loni

660
0

Muborak ramazon oyini kuzatish natijasi e‘loni

Auzu billahi minash-shaytonir rojim

شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِيَ أُنزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِّنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ وَمَن كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ يُرِيدُ اللّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلاَ يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُواْ الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُواْ اللّهَ عَلَى مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

“Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo‘lib hamda hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur‘on nozil qilindi. Bas, sizlardan kim bu oyga hozir bo‘lsa, ro‘za tutsin. Va kim xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og‘ir bo‘lishini istamaydi. Bu sanoqni to‘ldirishingiz va hidoyat qilgani sababli Allohni ulug‘lashingiz uchundir. Shoyad shukr qilsangiz”              [Baqara 185]

Allohga hamd bo‘lsin. Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan do‘st bo‘lganlarga hamda ul zotga ergashib, yo‘lidan yurgan, Islom aqidasini o‘zining fikratiga asos qilib olgan, shar‘iy ahkomlarni esa amallariga o‘lchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar bo‘lsin, ammo ba‘d:

Buxoriy o‘zining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra ning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy  yoki Abu Qosim  aytdilar:

“صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةََ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ”

“Oyni ko‘rib ro‘za tutinglar (ro‘zani boshlanglar), oyni ko‘rib ro‘zani tugatinglar. Agar havo bulut bo‘lsa, sha‘bon oyining sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilinglar”.

Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasida muborak ramazon oyi kuzatilgandan keyin oyni shar‘iy ko‘rish bilan ko‘rilgani ayrim islomiy yurtlarda o‘z isbotini topdi. Shunga binoan, ertaga dushanba kuni muborak ramazon oyining birinchi kunidir.

Barchamizga ma‘lumki, Ramazon Qur‘on oyidir. Bu oy Islom tarixida nusratlar oyi bo‘lgan. Zotan, Ramazonda Badr g‘azoti bo‘lib o‘tdi. Robbul olamin ushbu g‘azotni furqon-ajratish kuni, deya atadi. Zero, bu kunda Alloh Subhanahu va Taolo haq bilan botil o‘rtasini ajratdi. Shuningdek, Makka ham Ramazonda fath qilindi.

Hijriy 13 yilning Ramazon oyida buyuk sarkarda Musanno ibn Horisa qo‘mondonligi ostida Buvayb jangi bo‘lib o‘tdi. Unda musulmonlar soni atigi sakkiz ming, Forslar soni esa yuz ming edi. Bu jang musulmonlar uchun ulkan g‘alaba bilan yakun topdi.

Hijratning 92 yili Ramazon oyida Vodiy Barbot jangi bo‘ldi. Unda Toriq ibn Ziyod – rohimahulloh – qo‘mondonligi ostidagi o‘n ikki ming nafar musulmon Rudrik qo‘mondonligi ostidagi yuz ming salibchi ispanlarga qarshi jang qildi. Shunga qaramay, bu jangda musulmonlar aniq g‘alabani qo‘lga kiritdilar. Jang sakkiz kun to‘xtovsiz davom etdi. Uning ortidan Shimoliy Afrikadan G‘arbiy Yevropaga qadar bo‘lgan mintaqaning, qolaversa butun Yevropaning tarixi o‘zgarib ketdi.

Hijriy 658 yil Ramazonning 25 kuni butun dunyoni larzaga solgan jang, Ayn Jolut jangi yuz berdi. Sayfiddin Qutz – rohimahulloh – qo‘mondonligi ostidagi ushbu jangda ko‘p sonli tatar qo‘shini ustidan islomiy g‘alaba qo‘lga kiritildi. Natijada odamlar boshiga qanchadan-qancha azobu uqubatlar solgan tatarlarning tug‘yoni yo‘q qilindi.

Ha, bularning barchasida ibrat oladigan kishilar uchun go‘zal ibrat-namunalar bor. Zero, ushbu ramazon va Qur‘on oyi dangasalik, uyqu oyi emas. Aksincha, bu oy Allohning shariatini tatbiq qilish va dushmanlariga qarshi jang qilish orqali olamlar Robbisi kalimasini oliy qilish uchun faoliyatga undovchi imon oyidir.

Shuning uchun biz sizlarni Sayks-Piko asoratlarini tugatish uchun biz bilan birgalikda faoliyat qilishga chaqiramiz. Chunki bu shartnoma Ummat birligini parchalab, uni Alloh va Rosuliga qarshi urush ochgan xoin hukmdorlar boshchiligidagi zaif davlatlarga bo‘lib tashladi. Bu xoin hukmdorlar shariatni bekor qilib, uni tatbiq qilishga chaqirayotgan zotlarga qarshi kurashishmoqda.

Mana Hizb ut-Tahrir qizib borayotgan fikriy va siyosiy kurashga kirib sizlarga makkor G‘arbning rejalarini fosh qilib bermoqda, Islomning mustaqim yo‘lini aniq ko‘rsatmoqda. Shunday ekan pokiza qo‘lingizni Hizb ut-Tahrir a‘zolari qo‘liga bering. Shoyad Alloh bu pokiza qo‘llaringiz bilan Islomiy Ummatga nusrat va g‘oliblikni muvaffaq qilsa. Shoyad Alloh Hizb ut-Tahrir amiri, ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta qo‘lida aniq fathni bitsa. Natijada unga xalifa sifatida Allohning Kitobi va Ulug‘ Payg‘ambari Sunnati asosida bay‘at berasiz hamda Xalifalikda Allohning hanif shariatini qoim qilib, Islom da‘vatini butun olamga hidoyat mash‘ali sifatida ko‘tarib chiqasiz va Islomiy Ummat insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat holiga qaytadi.

Ey armiya zobitlari, shuni yaxshi bilinglarki, Alloh albatta O‘zining diniga nusrat beradi. Agar sizlarning qo‘lingiz bilan bermasa, boshqa xolis zotlar qo‘li bilan buni amalga oshirib, ularni o‘z dini nusrati baxtiga musharraf qiladi. Shunday ekan bu buyuk sharafni qo‘ldan boy bermay, Ummat safiga qo‘shiling. O‘shanda Alloh roziligiga, dunyo va oxirat azizligiga erishib zafar topasiz.

Men shuningdek, Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi raisi va matbuot bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu muborak oy munosabati bilan yo‘llangan tabrikni Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga va barcha musulmonlarga yetkazayotganimdan mamnunman. Alloh Subhanahudan barchamizni ushbu mag‘firat va yaxshiliklar oyi bo‘lmish ramazon oyida do‘zaxdan ozod etilgan bandalar jumlasidan qilishini hamda Laylatul Qadrga yetkazib uning ajriga erishgan zotlardan qilishini so‘rab qolamiz.

Allohim, osmonlaru yerning Parvardigori, bizni tez orada, kechiktirmay, ikkinchi roshid Xalifalikda musulmonlar xalifasiga bay‘at berish bilan sharaflantir…

Allohim omin, omin, omin.

O‘zining muqaddas kitobida

أَتَى أَمْرُ اللَّهِ فَلَا تَسْتَعْجِلُوهُ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَى عَمَّا يُشْرِكُون

“Allohning farmoni kelib qoldi. Bas, uni shoshtirmanglar. (Alloh) ularning (ya‘ni mushriklarning) shirklaridan pok va yuksakdir”   [Nahl 1]

deb aytgan olamlar Parvardigori haq-rost so‘zlaguvchidir.

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Dushanba kuni hijriy 1437 yil ramazon oyining birinchi kuni.

Birodaringiz Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.