Amerikaning Qirg‘izistondagi ikki yuzli siyosati: ehtimol tutilgan natijalar

527
0

Islomiy yurtlarning ayrimlarida Qo‘shma Shtatlar o‘z qadamini mustahkamlash yoki nufuzini kuchaytirish uchun foydalanadigan uslublardan biri nohukumat tashkilotlarni tashkil qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashdir. Bu tashkilotlarning diniy e‘tiqodlarni va inson huquqlarini himoya qilishni da‘vo qilib hukumatlarni tanqid qilishi hukumatlarga nisbatan odamlarda nafratning kuchayishiga olib boradi. Qo‘shma Shtatlar hukumatlarga bosim o‘tkazish va o‘z rejalarini amalga oshirishda shu vaziyatdan foydalanadi. Hukumatga nisbatan odamlarda nafratning kuchayishi davlatga qarshi moddiy ishlarni amalga oshiruvchi guruhlarning paydo bo‘lishiga turtki bo‘luvchi muhitni vujudga keltiradi. Amerika bosim o‘tkazish va yurtda tartibsizliklarni paydo qilishning navbatdagi quroli sifatida shu moddiy ishlardan foydalanadi.

Qirg‘izistonda shunday bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. Chunki, Amerika o‘zi hukmron bo‘lgan tashkilotlar orqali Qirg‘izistonda yovuz tadbirlarni boshlab yubordi. Mana u, asli imonsiz jamg‘arma bo‘lgan imon jamg‘armasini tashkil qildi. Amerika ulamolarga arzimagan maosh beruvchi bu jamg‘arma orqali milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi zobitlari orasida, ichki ishlar ministrligida va hatto armiya zobitlari safida tashviqot ishlarini olib bormoqda. Qo‘shma Shtatlarning bu yerda qo‘llayotgan bu tadbirlari Islom olamining boshqa joylarida qo‘llagan  tadbirlariga o‘xshaydi. Ayni damda hukumat islomiy tashkilotlarga bosim o‘tkazishni boshlab yuborgan. Nohukumat tashkilotlar ham “diniy huquqlar” buzilayotganini e‘lon qilishni va o‘zini musulmonlar homiysi qilib ko‘rsatishni boshlab yubordi.

Qirg‘izistonda faoliyat yurituvchi bunday tashkilotlar o‘rganib chiqilsa ularning Qo‘shma Shtatlarga sodiqligi ayon bo‘ladi. Shuning uchun bizning yurtimizdagi vaziyat ham kelgusida Qo‘shma Shtatlar suqilib kirgan boshqa yurtlardagi vaziyatlarga o‘xshab qoladi. Bu e‘tibor berilishi lozim bo‘lgan ishdir. Biroq bizdagi siyosatchilar va diniy rahbarlar bu ishga e‘tibor berish o‘rniga kufr davlatlari loyihalaridan keluvchi o‘tkinchi manfaatlarga ko‘z tikishmoqda. Darhaqiqat, kofirlar manfaati uchun armiyamiz va qurolli kuchlarimizdan foydalanishga maydon keng ochib berildi. Ulamolarimiz oddiy xalq ideologiyasi ustidan hukmronlik qilish uchun kofirlar tuzgan “mo‘‘tadil islom”ga targ‘ib qilishmoqda.

Agar bu tadbirlar to‘xtatilmasa Amerika rejalarining jirkanch natijalari bir necha yillardan keyin ko‘rinadi. Tabiiyki, hukumat pozitsiyasi kuchsiz. Hukumat ishning haqiqatini bilgan taqdirda ham xalqaro hamjamiyat deya nomlangan kuchga qarshi biror ish qila olishi mumkin emas.

Biroq, biz musulmonlar kofirlar targ‘ib qilayotgan ekstremizm, terrorizm va mo‘tadillik kabi tushunchalarni qabul qilmasligimiz lozim. Qolaversa ongli bo‘lish va  kufr davlatlari rejalarini rad etish bizning burchimizdir. Chunki kufr davlatlari musulmonlar ustida o‘z nufuzlarini o‘rnatish uchun shunday rejalarni tuzadilar. Ular musulmonlar o‘rtasida bo‘linishni paydo qilish uchun masjidlarni portlatish kabi jinoiy ishlarni amalga oshirib bu ishda ayrim musulmonlarni ayblaydilar. Biz musulmonlar xatolarimizni o‘nglamasak, haqiqatni yolg‘ondan farqlamasak, agar barchamiz kofirlarga qarshi bitta jasaddek hamkorlik qilmasak bizning yo‘qotishlarimiz ulkan bo‘ladi va kofirlar – Alloh saqlasin – o‘z rejalarini amalga oshirish orqali yutuqqa erishadi.

Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi raisi

Rasmiy sayt: http://hizb-turkiston.net

Elektrot pochta: webmaster@hizb-turkiston.net

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.