Turkiyada 98 uyg‘ur qalbaki qirg‘iz pasportlari bilan qo‘lga olindi

470
0

 Turkiyaning Istambul shahri aeroportida Saudiya Arabistoniga uchishga hozirlanayotgan 98 nafar xitoylik uyg‘ur qalbaki qirg‘iz pasportlari bilan qo‘lga olindi. “Nurriyet” nashrining xabar berishicha, uyg‘urlar 16 may kuni Urumchidan Istambulga uchib kelishgan.

 Odatdagidek, bu xodisa ortidan qirg‘iz siyosatchilari va deputatlari bu jinoyatning kelib chiqish omillari va ularning bartaraf qilish uchun nima qilish haqida emas, balki aybdor va javobgarlarni qidirish payiga tushib qolishdi. Jogorku Kenesh deputati Almambet Shiqmamatov parlament yig‘ilishida so‘zlab turib, uyg‘urlarni qalbaki qirg‘iz pasportlari bilan Turkiyada qo‘lga olinishi Qirg‘izistonning obro‘siga dog‘ tushirishini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala chetda ishlayotgan qirg‘iz mehnat muhojirlariga nisbatan ham shubha paydo qilmoqda.

 “Istambulga uchib kelib Jiddaga ketishga harakat qilgan 98 uyg‘ur qirg‘iz pasporti bilan qo‘lga olinibdi. Bu xalqaro jinoyat sindikatiga aylanib bormoqda. Qirg‘izistonning xalqaro obro‘yi tushib ketyapti. Buning ortidan chetda yurgan qirg‘izistonliklar ham shubha ostida qolmoqda. MXDQ rahbari, Sarpashevni chaqirib m‘lumotlarini eshitaylik”,- dedi Shiqmamatov.

 Shundan so‘ng qolgan depututlar ham ShIqmamatov tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, bu birinchi marta sodir bo‘lmayotgani, bunga qadar ham quvg‘indagi qozoq millioneri Muxtar Ablyazov va Chechenistondagi jinoyatchilar qirg‘iz pasportlari bilan qo‘lga olinganini qo‘shimcha qilishdi.

Turkiston: 

Qirg‘iziston MMXQ (mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi) tashkiloti boshchiligida, quvvat egalaridan tashkil topgan bir qator shaxslar islomiy elita vakillarining asosiy iqtisodiy kirim manba‘lari bo‘lgan Haj tarmog‘tni ham o‘z nazoratlari ostiga olishdi. Ular haj mavsumidan muftiyotga tushadigan millionlagan dollorlarni va hatto norasmiy yo‘llar bilan qo‘lga kiritiladigan tarmoqlarni ham o‘z qo‘llariga olishdi. Buning uchun ular avvalgi ikki muftiyni bir necha o‘n million somni o‘zlashtirganlikda ayblab, ular ustidan jinoiy ish qo‘zg‘ashdi. Shulardan biri Chubak hoji Jalilov, ikkinchisi Rohmatulloh hojilar edi.

Shu kabi bir necha jinoyatlarni ro‘ykach qilib, kuch xizmati xodimlari Hajga odam yuborish ishlarini mamlakat zimmasiga olib berishdi. So‘ng mamlakat ichida avval Muftiyot nazoratida bo‘lgan barcha norasmiy kirim tarmoqlarini o‘z qo‘llariga olib, chet el fuqorolariga Saudlar berayotgan vizalarni sota boshlashdi. Fuqorolarni chalg‘itish maqsadida har bir shahar va qishloqlarga limitli belgilangan miqdorlar berib, vizalarni mumkun qadar ko‘proq oshirib qolish uchun yaxshi sharoitlar qilib olishdi. Ular Qirg‘izistonning ba‘zi shahar va qishloqlaridagi islomiy tuyg‘ularning kuchliligi va ba‘zi mintaqalarda esa unchalik emasligidan foydalanib vizani oshirib qolishadi. Bundan tashqari, iqtisodiy holatimizning toboro nochorlab borayotgani ham ularga qo‘l keladi. Fuqorolar Haj uchun ular talab qilishayotgan mablag‘larni to‘lay olishmay qiynalishayapti. Natijasi ko‘rib turganimizdek, minglagan vizalar chet el fuqorolari uchun ortib qolayapti.

Masalaning ikkinchi tomoni ham bor. MMXQ islomiy ulamolar, imomlar va diniy xodimlarni xuddi shu Haj masalasida o‘z tuzog‘iga ilintirib olishni maqsad qildi. U Muftiyot xodimlari va masjid imomlari kabi Haj ishlaridan ilgari daromad topib kelayotgan shaxslar vositasida Haj ishlarini MMXQ xodimlari bilan birga, ularning qo‘l ostilarida ish olib borishga rozi bo‘lgan bir qator musulmonlarni yig‘ib olishdi. Ular iqtisodiy manfaat tuzog‘iga tushib, hozir o‘sha organ xodimlari bilan birga ish yuritishayapti. Bu islomiy qatlam vakillari kufrning “mo‘‘tadil Islom” loihasini jamiyatga olib kirish uchun harakat olib borishga majburlanishmoqda. Bu zaif qatlam vakillari hatto og‘zidan bugun chiqayotgan gaplariga ertaga teskari gapishadi. Ulamolarga qo‘yilgan talab kufrni Islom bilan muhofaza qilib berish ekanligi sababli ular juda qiyin ahvolda qolishdi. Chunki bu xiyonatni amalga oshirish uchun taqvosizlik yoki ochofatlikning o‘zi yetarli emas. Balki nususlarni kufr manfaatlari tomon burib berish ilmi ham kerak. Bu esa ulkan ilm va tadbirkorlik talab qiladi. Haj va Umradan kelib turgan daromad ulamolarimizdan bir qismini shu kufr tuzog‘iga tushub qolishlariga sabab bo‘ldi.

Yuqoridagi qo‘lga tushib qolgan pasportlar ham o‘sha kuch organ xodimlarining qo‘l ostida ish olib borayotgan bir musulmonniki bo‘lib chiqadi. Chunki organ xodimlari yoki yetakchilari Haj masalasida be‘vosita o‘zlari ish olib borishmaydi. Ular albatta diniy qatlam vakillari vositasida ish ko‘rishadi va mo‘may daromad ortirishadi.

Juda ko‘p va zabardast olimu-ulamo birodarlarimiz kufr ko‘rsatmalari bilan tuzilgan bu tuzoqqa tushib o‘tirib qolishdi. Ularni dunyo muhabbati va vahm (qo‘rquv, o‘limni yomon ko‘rish tuyg‘usining kuchayib ketishi) shu ko‘yga soldi. Biz Allohdan bu birodarlarimizni shu dunyoda ham, keyingi abadiy dunyoda ham xor bo‘lib qolishlarini xohlamaymiz. Ularni xaqlariga duo qilish bilan birga, Allohdan taqvo qilishga va hidoyat tomon yana to‘la qaytishga chaqirishdan hech to‘xtamaymiz va toymaymiz.

Ulamolarning vazifalari faqat Islom ahkomlarini xalqqa to‘la va to‘g‘ri yetkazishdan iboratdir. Shu yo‘lda keladigan ba‘zi balo va aziyatlar esa o‘sha pok xizmatlar uchun Allohning tuhfasi hisoblanadi. Chunki balo Allohning yaxshi ko‘rgan bandasiga, jannat darajasini ko‘tarib olishi uchun berilagan bir imkoniyati hisoblanadi. Balolanish biz uchun Payg‘ambarlardan qolgan me‘rosdir. Musulmonlarni faqat shu tushuncha kufrning har xil tuzoqlaridan saqlab qola oladi insha Alloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.