Oq uy bunday bo’lishini hoҳlamaydi

825
0

Kundan-kunga Rossiya nufuzining Markaziy Osiyo davlatlari ustidan oshib borayotgani Obama maymuriyatini tashvishiga sabab bo’lmoqda. Agar AQSH Rossiyaning bu ishlariga sukut saqlab turadigan bo’lsa, YAqin SHarqni qo’ldan chiqarib yuborayotgani kabi Markaziy Osiyo davlatlari ustidan bo’lgan taysirini ҳam boy berish mumkin. Oq uy esa bunday bo’lishini hoҳlamaydi.

 SHu sababli ҳam AQSH Davlat kotibi Jon Kerri 28-oktyabrdan 3-noyabrgacha Markaziy Osiyoning besh respublikasi – Qirg’iziston, O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston va Turkmanistonga safar qiladi. Bu Jon Kerrining Markaziy Osiyoga qilayotgan birinchi safari bo’lsa, AQSH davlat kotibining bir vaqtda hamma Markaziy Osiyo davlatlariga uyushtirilgan ilk safari bo’ladi.

 31 oktyabr kuni Qirg’izistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan Jon Kerri Bishkek bunyod etilgan Amerika universitetining yangi binosi hamda AQSH elchihonasining yangi imorati ochilish marosimlarida qatnashadi.

 SHundan so’ng u Samarqandda mintaqaning besh mamlakati tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi. Uchrashuv bu yil AQSH bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari muloqotining taklif qilingan yangi “S5+1” (mintaqadagi besh davlat plyus AQSH) formatida o’tkaziladi. Vazirlar mintaqa va halqaro masalalarni muhokama qiladi.

 Ostonada Kerri AQSH-Qozog’iston strategik sheriklik dialogining to’rtinchi yig’ilishida qatnashadi hamda Nazarboev nomidagi universitetda AQSHning Markaziy Osiyodagi roli, mintaqaning dunyo siyosatidagi ahamiyati hususida mayruza qiladi.

 Jon Kerri Ashhabod va Dushanbeda ham bo’lib, yuqori lavozimli rasmiylar bilan ikki tomonlama munosabatlar haqida gaplashadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.