Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi

454
0

 Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida “muvofiqlashtiruvchi kengash” tashkil etildi. Bu kengash ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilganligi aytilmoqda. Prezidentlik manbalaridan berilgan bayonotlarda qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun juda muhim qadam tashlangan.

“Saudiya-Turkiya muvofiqlashtiruvchi kengashi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv memorandumi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug‘on bilan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz As-Saudning ko‘z o‘ngida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Mavlut Chavusho‘g‘lu va Odil bin Ahmad al-Jubayr tomonidan imzolandi. Imzolash marosimi Istanbulda tashkil etilgan Islomiy xamkorlik tashkilotining 13 Sammiti ochilishi majlisi ortidan Istanbul Kongress markazining “Yulduz 1” zalida bo‘lib o‘tdi.

So‘ngi olingan xabarlarda aytilishicha, Turkiya-Saudiya muvofiqlashtiruvchi kengashi ikki mamlakat o‘rtasidagi muvofiqlik darajasini oshirish, strategik hamkorlikni kuchaytirish, do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Prezident Erdug‘on o‘tgan yil dekabr oyining oxirida Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrifi chog‘ida qirol Salmon bilan birgalikda “Turk-Saudiya muvofiqlashtiruvchi kengash”ni tashkil etish borasida qaror qabul qilishgan edi. Mazkur qarorning amalga oshirish matni bugun imzolandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.