Kurdlarning Suriyada federal boshqaruvni e’lon qilishi – bu bo’lib tashlash sari tashlangan bir qadammi?

373
0

As’ad Mansur qalamiga mansub

Uchta fakt borki, muhim bo’lgani va shu mavzuga aloqadorligi sababli diqqatni shularga qaratmoqchiman: Birinchi fakt: Bosqinchi kofirlar agar oramizdan o’zlariga do’st va ittifoqchi topmasalar hech bir narsaga erisholmaydilar. Alloh Taolo ko’plab oyatlarda kofirlarni do’st tutgan bunday kimsalardan bizni ogohlantirgan. Darhaqiqat ushbu oyatlarda kofirlarni do’st tutish haromligi va ularning xatari kofirlar xataridan ham yomonligi bayon qilindi. Zero ularning aksari imonni izhor qilib, ichida kufrni yashiruvchi munofiqlar va Islomga shubha qilib, unga inonmaydigan qalbi marazlar bo’lsa, yana ba’zilari kofirlarning yolg’on-yashiq gaplarini tarqatuvchi kimsalardir. Ikkinchi fakt: Ummatning birligiga xavf soluvchi va uyg’onishiga g’ov bo’luvchi narsa millatchilik, vatanparvarlik va mazhabparastlik kabi nizolardir. Mustamlakachilar Islom davlatini ag’darish va uning erlariga hukmron bo’lish maqsadida shunday nizolarni qo’zg’adi. Ular rejalarini amalga oshirib beradigan malaylarni topib, istaklarini ro’yobga chiqardilar. Uchinchi fakt: Ilmoniylik va demokratiyani qabul qilganlar Mustamlakachi bosqinchilarning malaylaridir. Ular mustamlakachilarni o’zlariga birodar, do’st, ittifoqchi tutib, hatto o’z xo’jayinlari deb bilishadi.

Amerika shu uchta reja asosida ish olib bordi. So’ng siyosiy o’yinlar olib borish bilan bir qatorda qo’zg’olonni jilovlashga va yo’q qilishga urindi. U mana shundan keyingina Shomdagi muborak islomiy qo’zg’olon ichiga yorib kirishga imkon topdi. Shuning uchun Obama 2014 yil 8 oktyabrda «Nyu-York Tayms» gazetasiga bergan intervyusida bunday degandi: «Biz ularning Suriya va Iroqda biror suratdagi xalifalikni barpo etishiga aslo yo’l qo’ymaymiz. Biroq bunga yo’l qo’ymasligimiz uchun albatta Suriyada bo’shliqni to’ldiruvchi hamkorlarimiz borligini bilmog’imiz lozim».

Mana, bugun Amerika Demokratik Ittifoq partiyasi, Kurdlarning Xalq Mudofaasi otryadlari, Suriya demokratik kuchlari kabi millatchilikka, ilmoniylikka va demokratiyaga chaqirayotgan malaylarini ishga solmoqda. Ularning barchasi federal boshqaruvni talab qilish orqali Suriyani bo’lib tashlash bilan tahdid qilishyapti. Amerika shular orqali o’zining Suriyadagi siyosiy echimini amalga oshirmoqchi. Ushbu kurd bo’linmalari 2016 yil 17 mart kuni o’zlari nazorat qilayotgan mintaqalarda federal boshqaruv tiklanganini e’lon qilishdi. Ular Amerika mudofaa vaziri Eshton Karter sifatlaganidek, Amerikaga malay guruhlardir: Karter bunday degandi: «Ular Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi kurashda Suriyadagi bizning ajoyib hamkorlarimiz ekanliklarini namoyon etdilar, ulardan juda minnatdormiz va ularning mintaqadagi rollarining murakkabligini tan olgan holda, ular bilan hamkorlikni davom ettiramiz». (Frans Press 2016 yil 17 mart). Ha, bu kabi guruhlar Amerika qo’lidagi arzongarov qurollardir, Amerika ulardan istagan paytda foydalanadi. Biroq Amerika tomonidan ularning o’zlari istayotgan boshqaruv bilan taqdirlanishiga kelsak, hozir buning mavridi emas. Chunki bunday boshqaruv mintaqadagi muammolarga duch kelyapti, shuning uchun uni amalga oshirish oson kechmaydi.

2016 yil 16 mart kuni AQSh Davlat departamenti voizi Mark Toner «Reyter»ga «Suriyadagi biror mintaqaning avtonom yoki yarim avtonom boshqaruvga o’tishini mutlaqo tan olmaymiz», deya bildirdi. Undan agar Suriyada xalq federal boshqaruvni tanlasa va Amerika ham bunga rozi bo’lishi mumkinmi, deya so’ralganda, «ha» deb javob berdi. Bundan oldin qator diplomatlar quyidagicha bayonot bergandilar: «Muzokaraga moyil bo’lgan yirik kuchlar urush natijasida parchalanib ketgan ushbu mamlakatni federallarga bo’lib tashlash ehtimollarini mubohasa qilmoqdalar. Bundan esa viloyatlarga keng ko’lamda avtonomiya berish bilan birga, uning bitta davlat sifatidagi birligini saqlab qolmoqchilar». Amerikaparast kurd guruhlari o’z nazoratlari ostidagi uchta mintaqada avtonomiya e’lon qilishga tayyorlanishayotgan edi.

Haqiqatdan ham, Amerika yuvindixo’rlari bo’lgan kurd guruhlarining Amerika buyrug’isiz va uning ishoratisiz bir qadam ham tashlashlarini tasavvur qilib bo’lmaydi. Shunday ekan, bu guruhlarning avtonomiya talab qilishi, keyin esa Amerika biz buni tan olmaymiz deyishi g’alati emasmi?! Demak, bu erda qandaydir o’yin ketyapti. Amerika bu gapni ushbu guruhlar avtonomiya e’lon qilishidan oldin aytgan edi. Bu esa, siyosiy echimga rozi bo’lishlari uchun Suriya ahlini qo’rqitib, ularga tahdid qilishda mana shu bo’lib tashlash mavzusidan Amerikaning foydalanayotganini anglatadi. Buni tashqi ishlar vaziri Kerrining «Uzoq kutadigan bo’lsak, Suriya birligini saqlab qolish fursati qo’ldan boy berilishi mumkin», degan bayonoti ham tasdiqlab turibdi. (Reyter 2016 yil 23 fevral). U ayni bayonoti bilan Suriya ahliga murojaat qilib, go’yo – agar biz tiqishtirayotgan echimga rozi bo’lmasangiz, Suriyani bo’lib tashlaymiz, demoqda. Mana, uning kurd yuvindixo’rlari buni amalga oshirib berishmoqda. Natijada muxolafatdagi muzokarachilar Amerika ko’rsatmalari bo’yicha harakat qilishyapti. Amerika ularning shart qo’yishlarini rad etib, uning o’zi ularga shart qo’ymoqda.

Suriyadagi federal boshqaruv mavzusini Rossiya ham tilga oldi. Rossiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sergey Ryabkov quyidagilarni aytdi: «Moskva Suriya muzokaralarida ishtirok etayotganlar federal jumhuriyatni barpo qilish fikriga kelishadi, deb umid qiladi. Chunki u kurdlar talab qilayotgan matlabdir». (Hadas kanali 2016 yil 29 fevral). Bu shunchaki aytilgan gap emas. Balki undan Amerika bilan Rossiya ayni mavzuda maslahatlashishganini va shu mavzudan bosim sifatida foydalanmoqchiliklarini tushunish mumkin. Bundan tashqari, turk mas’ullari ham Rossiyaning alaviylar davlatini tiklashga tayyorlanayotgani to’g’risida bayonotlar berishdi. Bularning barchasi ertaga tiqishtiriladigan ilmoniy siyosiy rejimga iqror bo’lishlari uchun muxolafatdagi muzokarachilarga o’tkazilayotgan Amerikaning bosimi hisoblanadi. Bularga qo’shimcha, Rossiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Mixail Bogdanov ham 2016 yil 17 mart kuni «Suriya kurdlari alohida federal boshqaruv o’rnatishlari mumkin emas», dedi. (Rossiya Segodnya). Rossiya prezidentligi matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham aynan shu gaplarni takrorlar ekan, quyidagicha qo’shimcha qildi: «Bu borada kengqamrovli amaliyot doirasida qarorlar qabul qilish lozim. Bu doiraga Suriya erlaridagi mavjud mazhabparast va etnik jamoalar ham kirishi kerak… Bu esa mamlakat uchun yangi konstitutsiya loyihasi tayyorlangandan so’ng bo’ladi, albatta».

Bularning barchasi Amerika bilan Rossiyaning Suriyada federal boshqaruv o’rnatish bilan tahdid qilishga kelishib olishganini anglatadi. Qachon ularning kurd guruhlaridan iborat ittifoqchilari ayni boshqaruvni e’lon qilsa, buni darhol rad etib, bu narsani suriyalik xalq tanlashi kerakligini, ular ayni boshqaruvga rozi bo’lgan taqdirdagina buni amalga oshirish mumkinligini, aytishmoqda! Ikkalasi ham Suriya ahli federal boshqaruvga aslo rozi bo’lmasligini yaxshi bilishadi va shuning uchun ham bu borada gapirishni paysalga solishmoqda. Amerika, shuningdek, u bilan birga Rossiya to qo’zg’olonchilar ilmoniy rejimga qarshi qo’zg’olonlarini to’xtatmagunlaricha hamda o’t ochish va harbiy amaliyotlar butunlay to’xtamaguncha, bosim o’tkazaverishni maqsad qilishgan. To qo’zg’olonchi guruh vakillari Jeneva, Vena qarorlari va Xavfsizlik Kengashining 2254 raqamli qaroriga muvofiq muzokaralarga rozi bo’lmagunlaricha shunday qilishmoqchi. Amerika agar shu maqsadida muvaffaqiyat qozona olsa, ilmoniy dastur ishlab chiqish bosqichi keladi. AQSh Suriyadagi nufuzini saqlab qolish uchun dastur ham u istagan andozada bo’ladi. U barcha tomonlama rozi bo’linmaguncha, yana o’sha tahdidini ishga solib, kurd guruhlari va ularning e’lonlaridan foydalanadi. Ana shundan keyingina Amerika yo federal yoki kanton yoki bo’lmasa mazhablararo boshqaruvni muhokama qilishi mumkin. U shu orqali nusayriy-alaviylarning boshqaruvda saqlanib qolishini ta’minlaydi, ulardan qasos olinishiga yo’l qo’ymaydi hamda o’z hukmronligi yurtda saqlanib qolishi uchun kurdlardan foydalanadi. Darvoqe, ko’plab amerikalik mas’ullar, shu jumladan, Obamaning o’zi ham ayni ozchilik va ularning huquqlarini himoya qilish to’g’risida gapirdi. Xususan, alaviylarning Amerika malayi Bashar Asad etakchiligi va ruxsati ostida musulmonlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari uchun o’ch olinmasligini ta’minlash to’g’risida bir necha bor gapirdi.

Amerika ta’siri ostidan chiqmaydigan Turkiya bilan Eron ham o’zlarining 2016 yil 19 mart kungi Anqara uchrashuvlari chog’ida Suriyada federal boshqaruvga va bo’linishga qarshi ekanliklarini ta’kidlashdi, ya’ni hozir bunga Amerika rozi bo’lmayotgani uchun bunga qarshilik bildirishdi. Shu bois Amerikaning ta’siri ostida bo’lgan hamma davlatlar bunday boshqaruvlarni rad etishadi, bundan qo’rqishadi. Chunki bu kasallik ularga ham yuqishi mumkin. Axir, Turkiyadagi kurdlar ham avtonom yoki federal boshqaruv tiklashni talab qilishdiku. Kurdiston Ishchilar partiyasi Eronda yashovchi kurdlarning bo’linish talablarini qondirish uchun o’ziga Erondan bir yordamchi kuch paydo qilishga urindiku!?

Demak, shuni ayta olamizki, hozirda bo’linish kabi talablardan faqat muxolafatdagi muzokarachilarga bosim o’tkazish, shu orqali ularni Amerika tiqishtiradigan siyosiy rejimga rozi qilish yo’lida foydalanilmoqda. Biroq Suriya ahli ilmoniy rejim yoki fuqaroviy davlatni rad etganlari kabi, bo’linish taklifini ham rad etib kelmoqdalar. Ular qo’zg’olonlarini aynan shu narsalarga qarshi boshlagandilar. Endi, yana shu narsani olib keladilarmi?! Kimda kim bunday boshqaruvni istasa va rozi bo’lsa, Alloh unday kimsalarni yaxshiroq insonlarga almashtirib qo’yadi, albatta.

 وَإِن تَتَوَلَّوْا يَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ ثُمَّ لا يَكُونُوا أَمْثَالَكُمْ

«Agar sizlar (Allohga itoat etishdan) yuz o’girib ketsangizlar, U zot (o’rningizga) sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qo’yur, so’ngra ular sizlarga o’xshagan bo’lmaslar, (balki Allohga toat-ibodat qilurlar)» [Muhammad 38]

Darhaqiqat, Suriya ahli Xalifalikni talab qildilar, uning bayrog’ini ko’tardilar va uning yo’lida qurbonlar berdilar! Bularning barchasi kofir kimsalar bilan mo’min insonlar o’rtasida bo’ladigan kurashlardan biri ekaniga aslo shubha yo’q. Bunday kurash to Allohning nusrati kelmaguncha davom etadi. Allohning nusrati kelganda ahdlarini almashmaydigan, o’zgartirmaydigan rostgo’y er kishilari qo’li bilan Allohning kalimasi oliy bo’lib, Alloh ularni er yuzida xalifa qiladi, O’zi rozi bo’lgan Dinni g’olib qilib, ularni aziz-qudratli qiladi, kofirlarni va munofiqlarni hamda ahdlarini almashgan, o’zgartirgan kimsalarni xor qiladi. Chunki Alloh har ishga qodirdir.

Roya gazetasining 2016 yil 23 mart chorshanba kungi 70-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.