Ozarbayjon Qorabog’ hududida harbiy harakatlarni bir tomonlama to’xtatishga qaror qildi

495
0

RIA “Novosti” xabariga ko’ra, Ozarbayjon tomoni Qorabog’ tog’li hududida yuzaga kelgan harbiy harakatlarni bir tomonlama to’xtatish qaroriga keldi.

Bu haqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Vagif Dyargaxli ma’lum qilgan.

“Tinchlikparvarlik hamda xalqaro tashkilotlarning taklifini inobatga olgan holda Ozarbayjon hukumati harbiy harakatlarni bir tomonlama to’xtatishga qaror qiladi va yaqin vaqt ichida hududni tark etadi”, – dedi u.

Uning so’zlariga ko’ra, “agar Armaniston tomoni harbiy harakatlarni to’xtatmay, o’z bilganidan qolmasa, unda Ozarbayjonning javobi o’ta qattiq bo’ladi”.

Turkiston:

Tog’li qorabog’ SSSR tuzumi davrida paydo qilingan bo’lib, undan Rossiyaga meros bo’lib qolgan va hozirgi vaqtga qadar echimini topa olmay kelayotgan muammoli hududlardan biri hisoblanadi. U Ozarbayjon hududida joylashgan Arman millati ko’prok qismini tashkil qilgan mintaqa bo’lib, Rossiya xuddi shu holatdan millatchilik urushini paydo qilgan edi.

1990 yillar atrofida boshlangan bu milliy va hududiy talashuv nizolari Qirg’izistonda ro’y bergan 90 yillardagi Qirg’iz – O’zbek urushi vaqtidan boshlangan. Rossiya SSSRning merosxo’ri bo’lib qolish uchun, parchalanib borayotgan ittifoqqa a’zo davlatlarini o’ziga bo’lgan muxtoj holatini saqlab qolish uchun, bir qator muammoli hududlar paydo qilib oldi. Keyin Abxaziya muammosini paydo qildi. U o’zi uchun qulay vaziyatlarda shu mintaqalarda ayirmachilik urushlarini paydo qilib, o’ziga kerak vaqtda o’zi o’rtamchilik qilib uni yana vaqtincha to’xtata oladi. Bu dunyo mustamlakachi davlatlari o’rtasida keng tarqagan uslub bo’lib, misol uchun AQSh kurt millatidan Eron, Turkiya, Iroq davlatlari orasida milliy muammolar keskinligini paydo qilib, uni shu holatida ushlab turadi. Bu vaziyatdan u ushbu davlatlarni o’z ta’siri ostida ushlab turish uchun foydalanib keladi.

Hozirda boshlangan Ozarbayjon bilan Armaniston urushini ham, albatta shu yirik davlatlarning bir birining manfaatlariga zarar etkazish yoki tortib olish yoki ikkisi hamkorlikda biror bir umumiy manfaatlarini ko’zlab amalga oshirgan bo’lishlari mumkin. Chunki har ikkala tomon ham urushni boshlanishida bir birini aybdor deb bilishayapti. Urush boshlanishidan avval ular o’rtasida bir biriga qarshi diplomatik yoki boshqa ishlarda o’zaro keskinlik sezilgan emas. Bu harbiy provokatsiyaga o’xshagan uslubda, boshqa kuch tomonidan amalga oshirilgan fitnakashning amaliyotiga o’xshaydi.

31 mart kuni Aliev Voshingtonda Jon Kerri bilan uchrashdi. So’ng, AQSh davlat deportamentining rasmiy vakili Djon Kibri, AQSh Ozarbayjonni hududiy to’liq holatiga qaytishi tarafdori ya’ni Tog’li Qarabog’ni ham qo’shib olishi tarafdori degan ma’noda bayonot berdi. Demak AQSh xuddi Anqaradagi qo’poruv amaliyotidan ikki kun avval xabardor bo’lganidek, Qorabog’dagi urush boshlanishidan Ozarbayjonni ilhomlantirgandek muomila qildi. Bu urush ko’proq Rossiya tomonidan provokatsiya qilingani gumon ostida bo’lsa ham, AQSh bundan xabardordek ko’rinadi.

Umuman olganda, oxirgi vaqtlarda AQSh bilan Rossiya birgalikda ba’zi bir hududiy fitnakashlik amaliyotlarini uyushtirishayotganga o’xshab borayapti. Bu vaziyat Rossiyani AQSh uchun raqib bo’la olish imkoniyatlari yo’qolib borayotganiga dalolat qiladi. Bu esa, Rossiya AQSh uchun killer yoki qo’lbola agressor vazifasiga yollangan yashirin hamkor ekan degan gumonni kuchaytiradi. AQSh Rossiya bilan Turkiyani ikki frontda ish olib boradigan yasama raqiblar qilib ishlata boshladi. Ilgari Rossiyaning o’rnida Eron ishlayotgan edi. Endi Eron Turkiya bilan ham Rossiya bilan ham hamkor davlatga aylandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.