Pentagon rahbari Rossiyani global tahdidlar ro’yxatida birinchi o’ringa qo’ydi

450
0

Pentagon rahbari Eshton Karter 2017 yilgi mudofaa byudjetini muhokama qilish davomida AQSh xavfsizligiga rahna soluvchi 5 ta global tahdidni aytib o’tdi. U ushbu tahdidlar orasida Rossiyani 1-o’ringa qo’ydi. Byudjet loyihasida AQSh armiyasi uchun 582,7 mlrd dollar sarflash taklif qilingan.

Karter tahdidlar ro’yxatida Rossiyadan keyingi o’rinlarga Xitoy, Shimoliy Koreya, Eron va xalqaro terrorchilikni qo’ydi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi saytidagi xabarda aytildi.

“Bugungi kunda xavfsizlik borasidagi vaziyat oxirgi 25 yil ichidagidan keskin farq qiladi. U yangi yondashuvlarni talab qiladi”, deb aytdi Karter. U Rossiya va Xitoyni qurol-aslaha tizimini rivojlantirayotgan hamda ba’zi hududlarda AQShning etakchiligini xavf ostiga qo’yayotgan eng xavfli raqobatchilar sifatida ta’rifladi.

Karter 2017 yil uchun 582,7 mlrd dollarlik harbiy byudjet so’ramoqda, bu mablag’lardan 523,9 mlrd dollari tayanch byudjetni tashkil qiladi, qolgan 58,8 mlrd dollar xorijda shoshilinch operatsiyalarni o’tkazish uchun sraflanadi.

Turkiston:

AQSh Rossiyani parchalab, yo’q qilib yuborishi mumkinchiligiga ega bo’lganida ham, uni aytaylik Shimoliy Koreya yoki O’zbekiston rejimlari singari, o’ziga tobe’ holatda bir kancha muddat ushlab turib, undan Eron, Isroil kabi boshqa mintaqalarni qo’rquvda ushlab turish maqsadida foydalanib olishga harakat qiladi. Buning uchun Putin ichki va tashqi siyosatidagi o’z tizginining asosiy qismini AQShga berishga majbur bo’ladi. U o’zining G’arbga qarshi siyosatini faqat nazariy loihalarga va fikr yoki gap bilan ifodalashga cheklaydi.

Putin o’z rejimi bilan Rossiyani hor holatda bo’lsa ham ushlab turishi uchun AQShga mutloq tobe bo’lishga rozi bo’lishdan o’zga chorasi yo’q. Bu yashiringan format ichida bo’lib, Eron islomiy respublikasi, Saudiya islomiy Qirolligi, Shimoliy Koreya mamlakati singari ko’rinishda bo’ladi. Rossiya xuddi Suriyada o’z holicha harakatlanayotgandek ko’ringan holatida, AQSh uchun fidoiylardek harakat qilib berdi. AQSh esa o’zini, uning olib borayotgan barcha vahshiyliklariga qarshi, lekin chorasiz bo’layotgandek ko’rsatib, matbuotda chiqishlar bilan, Rossiyani butun dunyo oldida, boshqarib bo’lmaydigan harbiy mashina qilib ko’rsatishga harakat qildi. Endi esa, AQSh Rossiyani faqat o’zi boshqara oladigan yagona quvvat ekanini anglatib qo’yishga harakat qilayapti. Bu ochiq o’yin bo’lib, G’arb olami va Xitoy ham Rossiyaning ishlari bo’yicha AQSh bilan kelishish kerak deb fikrlay boshlashadi. Putin shu horlikka qancha vaqt rozi bo’lib turib bera oladi, bu aniq emas. Shunisi aniqki, AQSh Rossiyani iqtisodiy tang holatga ushlab tushishda davom etaveradi. Bu uni Putinning rejimini to’la jilovlab olishidagi asosiy quroli hisoblanadi. Putin AQShdan ko’ra o’z xalqidan ko’proq xavotirda. Chunki Rossiyani shu iqtisodiy bo’hron holatiga tushib kolishida faqat Putin va uning ochko’z rejimi aybdordir.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Rossiya o’z ixtiyori bilan Suriyadan chiqib ketgani yo’q. U hali to’la chiqib ketgani yo’q. Faqat AQSh bosh bo’lgan umum kufr manfaatlariga muvofiq harakatlanishda davom etayapti. U Asadning mintaqasini himoyachisi vazifasida turipti. AQShning amaliyotlari chippakka chiqsa, yana maydonga kirib kelishi ham mumkin. Yoki u Asadni o’z mintaqasini saqlab turishiga yordam berib uni himoya qilib bersa, tashqaridagi islomiy kuchlar bir birlari bilan mintaqa talashib urush olib borishadi. Bu ham kufr loihalarining bir qismi hisoblanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.