Karimov rejimi jallodlari qo’lida yana bir birodar shahid bo’ldi

500
0

Karimov rejimi jallodlari qo’lida yana bir birodar shahid bo’ldi

إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعونَ

«Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta O’ziga qaytajakmiz»

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo’limi butun musulmonlarga Andijon oblastining Qorasuv shahridan bo’lgan 1979 yilda tug’ilgan birodar Holmatov Ikromjon Dovudovichning halok bo’lganini ma’lum qiladi.

Hizb ut-Tahrir O’zbekistonda o’z faoliyatini boshlagandan buyon bu birodarimiz nashralar tarqatish yoki shahardagi masjidlarda g’ayrat bilan darslar olib borish bo’ladimi Hizbning barcha tadbirlarida ishtirok etib kelgan. Ikromjonning bu faoliyatini jinoyatchi Karimov rejimi bilgan. Shuning uchun ham 2003 yilda qamoqqa olindi. 2005 yilda esa birodarimiz ozodlikka chiqarildi.

Qamoqdagi qiynoqlar birodarimiz Ikromjon rohimahullohni qaddini bukolmadi, maqsadidan qaytarolmadi. Aksincha, qamoq mashaqqatlari, shafqatsizliklari uning Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash yo’lidagi faoliyatini yanada kuchaytirdi. Shunda 2006 yilda Karimov rejimi uni yana hibsga olib, 10 yillik qamoqqa hukm qildi va Qarshi shahridagi 64\49 UYa qamoq lageriga yubordi.

64\49 UYa qamoq lageri «krasniy zona», deb ataladi. Ya’ni u erdagi hukmronlik qamoq nozirlari qo’lida. Rejim u erda shafqatsizlarcha barcha turdagi qiynoqlarini qo’llaydi. Inson huquqlari faollarining aytishicha, bu zona yurtdagi eng shafqatsiz zonalardan biri hisoblanadi. U erda mahbuslar qamoq nozirlari qo’lida ochiqdan-ochiq tahqirlanadilar, vahshiylarcha qiynoqqa solinib, o’sha erdagi g’isht zavodida ishlashga majbur etiladilar.

Qamoqdagi g’ayriinsoniy og’ir sharoit va tinimsiz og’ir mehnat birodarimiz Ikromjonning sog’ligiga salbiy ta’sir qilib, sil kasaliga mubtalo etdi. 2015 yil Ikromjon shartli ravishda ozod qilindi. Biroq uning salomatligi tobora yomonlashib, ishdan chiqdi… ozod etilganiga bir oy to’lmayoq vafot etdi… Biz Alloh Taolodan bu birodarni shahidlar jamoasiga qo’shishini, o’zini ham shahidlardan hisoblashini so’raymiz.

Biz Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo’limi a’zolari ushbu birodarimiz oila a’zolariga o’zimizning chuqur ta’ziyamizni izhor etib, Alloh Subhanahu va Taolodan sabot va sabri-jamil, ko’rgan musibatlari sababli ajri azim ato etishini so’raymiz. Shuningdek, Haq Taboraka va Taolodan butun Ummati Islomiyaga tezroq nusratini berishini, Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikning qayta barpo etilishidek bergan va’dasini ro’yobga chiqarishini ham so’raymiz. Ushbu roshid Xalifalik iblis Karimov qamoqxonalaridagi barcha musulmon mahbuslarni ozod etib, bu rejimni yo’q qiladi, O’zbekistondagi musulmonlarni qamoqqa olishda hamda ularni qiynoqqa tutib qatl etishda qo’li bor bo’lgan barcha jinoyatchilarni jazolaydi. Chunki Alloh Azza va Jalla bu ishning egasidir va bunga qodir zotdir.

مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُم مَّن قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُم مَّن يَنتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلًا

«Mo’minlar orasida Allohga bergan o’z ahdu paymonlarida sodiq turgan kishilar bor. Ulardan ayrimlari o’z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo’ldi), ayrimlari esa intizordirlar. Ular (ahdu paymonlarini) o’zgartirganlari yo’q» [Ahzob 23]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat Bayrut-Livan

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.