Rossiya va Eron AQShga “orqadan zarba” berishga kelishib oldi

465
0

Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturovning ma’lum qilishicha, Rossiya va Eron ikkitomonlama savdo munosabatlarida Amerika dollaridan voz kechishlari mumkin.

Xabar qilinishicha, ayni vaqtda Rossiya avval Turkiyadan sotib olayotgan bir qator mahsulotlarni Erondan sotib olish imkoniyatlarini ko’rib chiqmoqda. Bu mahsulotlar uchun to’lovlar yaqinda rublga o’tkazilishi mumkin. Bu esa o’z navbatida Eronda rubl zahirasini sezilarli oshishiga olib keladi va bu pullar Rossiya mahsulotlarini sotib olishga sarflanadi. Tabiiyki, Eron Rossiyadan harbiy texnika, yuk avtomobillari va boshqa ko’plab harbiy qurolo-yaroqlar sotib oladi.

2020 yilga borib ikki davlat o’rtasidagi tovar ayirboshlash 5 milliard dollarga etishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. O’tgan hafta boshida Tehronda Rossiya-Eron sanoat ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Unda jumladan, milliy valyutalarni almashinuv jarayonini tartibga soluvchi valyuta almashish shartnomasini imzolash hamda ikkitomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

So’ngi vaqtlarda Rossiya xalqaro savdoda AQSh dollaridan voz kechish bo’yicha sezilarli harakatlar olib bormoqda. Bu borada Rossiya avvalroq Vetnam, Tailand, Turkiya va boshqa bir qator davlatlar bilan muzokaralar olib borgan bo’lsada, erishilgan kelishuvlardan eng samaraligi Xitoy bilan amalga oshirildi va allaqachon milliy valyutalar bo’yicha kelishuvga imzo chekildi. Erishilgan kelishuv ikki mamlakat o’rtasida rublni yuanga, yuanni rublga bevosita ayirboshlash imkonini beradi.

2020 yilga borib Xitoy bilan o’zaro savdo hajmini 200 milliard dollarga etkazishni rejalashtirib turgan Rossiya hukumati bu orqali dunyo iqtisodida Amerika dollari ta’sirini kesish, buning ortidan esa AQSh rolini ham kamaytirishga umid qilmoqda.

Turkiston:

“Orzuga ayb yo’q” yoki Rossiyaga nisbatan “cho’kayotgan odam bitta cho’pdan ham umid qiladi” degan xalq naqllarini misol keltirish mumkin.

Putin, Rossiyani iqtisodiy bo’hron sari torta boshlaganida, Xitoy va Hindistonga umid bog’lagan edi. Ular Rossiyaning kelajagiga to’g’ri baho berib, AQSh tomon yuzlanishib, Putin bilan deyarli barcha aloqalarini uzib yuborishdi.

Putin esa, Rus xalqini chalg’itish maqsadida avval Qrimni bosib Ukraina bilan urushga kirishdi. U erda mag’lubiyatga uchray boshlashi bilan Suriyaga qarshi havodan urush boshladi. Shularning hammasini u, o’zining 15 yillik boshqaruvi mobaynida Rossiyani bugungi tubanlashib borayotgan holatida, o’zgacha niqoblar bilan yashirib ko’rsatish uchun harakat qilayapti. Putin Rossiyani hali ham olamiy etakchi davlatlar safida demoqchi yoki unday emasligini yashirmoqchi.

Yuqoridagi Eron bilan iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik harakatlari ham o’ta kulgili. Agar bu loiha manfaatli bo’lganida edi, Xitoy Rossiya bilan shu ishlarni amalga oshirgan bo’lar edi. Lekin bu degani, dollorni sindirish imkoni yo’q degani emas. Balki, shu mavjud olamiy sistema vositasida va uning ichida turib dollorni sindirish deyarli mumkin emas deganidir.

Yetmishinchi yillardan boshlab AQSh tilloning olamiy yagona o’lchov birligi sifatidan chetlata boshladi. Uning o’rniga dollarni yagona davlatlar aro iqtisodiy aloqalardagi moliyaviy o’lchov birligi qila oldi. Shu kunga kelib u dollorni vosita qilib, olam mamlakatlarining deyarli barchasiga bosim bera olish imkoniyatiga ega bolgan mustahkam sistema o’rnatib oldi.

Lekin dollor har qancha yuqori qiymatlarni qo’lga kiritmasin, uning haqiqiy qiymati o’zi bilan birga emas. Ya’ni dollorni bosma stanoklardan bosib chiqarayotgan qag’oz pullarning AQSh uchun tushayotgan tan narxi, dollorning qiymatiga nisbatan bir necha yuz barobar arzon turadi. Dunyo mamlakatlarining deyarli hammasi AQShning olamiy obruyiga ishonishib, tilloning o’rniga, uning to’xtamay bosib chiqarayotgan dollorlarini o’z milliy valyutalarining qiymatini belgilashdagi yagona o’lcham birligi qilib olishdi. Bundan tashqari dunyo mamlakatlari o’z zaxira fondlariga dollorni bosib olishdi. Demak u mamlakatlar ham, o’z o’zidan AQShning dollorini himoya qilishdan masul bo’lib qolishdi. Chunki endi dollorning qadrsizlanishi bilan, u mamlakatning xizmatlar, xom ashyo va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o’lchamlari ham o’z navbatida qadrsizlanib boraveradi. Negaki pulning vazifasi xizmatlar va tovarlarning qiymatlarini belgilab berishdan ham iborat.

Dollorning o’rnini o’z milliy valyutasi bilan almashtirishni maqsad qilgan mamlakat uchun faqat birgina yo’l bor. Valyutalar o’z qiymatlarini o’z ichida saqlagan bo’lishlari shart. Ya’ni milliy valyutalar tillodan va kumushdan bo’lishlari shart. Buning uchun mamlakat tilloni o’z o’rniga qaytarib, uni iqtisodiy ayriboshlashning asosiy vositasi sifatida davlat qonunlari bilan tasdiqlashi shart. Shunda u davlat, AQSh olam bo’ylab olib borayotgan dollor orqali barcha mamlakatga bera oladigan moliyaviy bosimlaridan qutula olishi mumkin. Boshqacha aytganda har qanday valyuta o’z qiymatini o’zi bilan olib yuba oladigan bo’lganidagina AQShning olamiy moliyaviy krizislar uyushtirish makrlar qila olish sistemasini sindirish mumkin. Shunda mamlakat moliyaviy xavf xatarlardan forig’ bo’lib, faqat iqtisodiy rivojlanish haqida firlay boshlaydi.

Rossiya bilan Eronning yuqoridagi birlashishlari esa, xuddi siyosiy ongsiz yoki birortasidan xafa bo’lib qolgan yosh bolaning araziga o’xshaydi. Ular bir birlari bilan aloqalarini yuqori darajaga ko’tarishganida ham, o’z valyutalarini bir birlarinikiga nisbatan qandaydir umumiy qiymatlar asosidagi bir o’lcham bilan baholashlari kerak bo’ladi. Agar o’sha o’lcham yana dollor bo’lsa, unda nima o’zgaradi?

Aslida bu kabi bayonotlar faqat siyosiy populistik ahamyatgagina ega bo’lib, Putin Rus xalqini va o’ziga tobe’ bo’lgan bir qator mamlakatlarni, qandaydir buyuk o’zgarishlar yasayotgandek ko’rinib, bayonot va kelishuvlar bilan vaqtincha bo’lsa ham ularni chalg’itib turmoqchi bo’ladi. Bu kelishuvlar unga, yangi urush holatini paydo qilib olguniga qadar chalg’ituvchi vosita bo’lib turadi. So’ng unutilidi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.