Putin Turkiyaga qarshi sanktsiyalar to’g’risidagi yangi qarorga imzo chekdi

391
0

Kreml matbuot xizmatining xabar qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga nisbatan maxsus iqtisodiy choralarni joriy etish to’g’risidagi qarorga imzo chekdi. Yangi qarorda cheklovlar faqatgina turk firmalariga emas, balki Turkiya fuqarolari nazorat qiladigan tashkilotlarga ham taalluqli.

Bundan avvalroq esa bosh vazir o’rinbosari Arkadiy Dvorkovich Turkiyaga qarshi sanktsiyalar kengaytirilishi haqida ma’lum qilgan edi. Uning qayd etishicha, hukumat Turkiya bilan hamkorlikda voz kechish maqsadida emas, faqatgina, nodo’stona harakatlarga nisbatan munosib javob berish kerak, deb hisoblaydi.

Putin Turkiyaga qarshi maxsus iqtisodiy choralar to’g’risidagi dastlabki qarorni 28 noyabrda tasdiqlagan edi. Ushbu hujjatdan turk mahsulotlarining alohida turlarini Rossiyaga olib kirishni taqiqlash yoki cheklash, jumladan, turk eksportining asosini tashkil etuvchi meva va sabzavotlar taqiq ostida tushgan edi.

Hujjatda 2016 yilning 1 yanvaridan viza tartibining kuchga kirishi, Rossiya va Turkiya o’rtasidagi charter reyslarining taqiqlanishi ham aytib o’tilgan.

Turkiston:

Rossiya Turkiya bilan aloqalarini uzib boraverishi sababli ulkan iqtisodiy manfaatlarini qo’ldan chiqarib boraveradi. Putin Turkiyaga qarshi matbuot hujumini olib borish orqali atrofidagi mamlakatlarga va ichki muxolifot quvvatlariga zarba berishni maqsad qilmoqda.

Putin Rossiyani iqtisodiy bo’hron holatiga olib borib qo’ydi. Endi uni Turkiya yoki Qozog’iston singari mamlakatlar bilan olib borilayotgan iqtisodiy aloqalar qutqarib qola olmaydi. Shuning uchun Putin Turkiyadan qattiq xafa bo’lishi bilan birga, atrofidagi o’zining mustamlaka davlatlaridan ham, Turkiya bilan aloqalarini uzishlarini talab qilayapti. Putin, endi Rossiyani qutqarib qola olmaydi. Shuning uchun u endi o’zini va rejimi vakillarini saqlab qolish haqida bosh qotirayapti.

Oxirgi vaqtlarda O’zbekiston va Qozog’iston mamlakatlari Rossiyadan yanada kuchliroq xavotirlana boshlashdi. Ular ham Putinning o’y-u fikri buzulib borayotganini seza boshladilar. Putin Suriyadagi maqsadsiz qatag’on qilish amaliyotlari tugashi bilan, Rossiya uchun yangi urush maydoni qidira boshlaydi. Ukrainaga qaytadan urush boshlashi ham mumkin. Lekin u erda NATO kuchlari bilan to’qnash kelishi muqarrar. Turkiyaga qarshi urusha olmaydi. Negaki u ham NATO ittiqining a’zosi.

Demak, Putin o’z mustamlakasi bo’lgan mamlakatlaridan yangi urushlar uchun sharoit va bahonalar qidira boshlaydi. Ya’ni bu federatsiya ichkarisida bo’lgan Kavkazdan yoki NATOga aloqasi bo’lmagan Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston singari mamlakatlardan urush holatini yaratishga harakat qilishi mumkin degan gumonga olib keladi. Shunda Putin 90 – yillardagi singari holatlar paydo qilib, migrantlar nomidan portlashlar uyushtirish bilan rus xalqini dahshatga soladi. Putin ichkarida harbiy holat paydo qilish bilan, har xil norozilik namoishlari uchun cheklovlar qo’yadigan qonunlar chiqarib oladi.

Tashqi siyosatida ham, qo’shni davlatlarini deyarli harbiy bosib olishi mumkin. Putinning komandasi kunu tun shu maqsadlarini ro’yobga chiqarish maqsadida, turli loihalar ishlab chiqarish bilan ovvoralar. Ular Rossiyani bugungi tang ahvolidan olib chiqib keta olmasliklarini yaxshi bilishadi. Putin va uning rejimi vakillari uchun hozirda faqat urush holati kerak. Ular bu urushni paydo qilish uchun o’z ittifoqdoshlariga har turli bosimlar qila boshladi. Suriyaga askar olib kirishga ularni majburlash, Turkiyaga qarshi chora sanktsiyalari e’lon qilish… kabi. Oqibatda Qzog’iston, O’zbekiston va Qirg’iziston davlatlari ham Rossiyadan xavfsiray boshlashdi.

To’g’rirog’i ular Rossiyadan emas, Putindan xavfsiray boshlashdi. Putinning Rossiya prizidenti bo’lib kelish tariqatini O’rta Osiyo mamlakati prizidentlari yaxshi bilishadi. Putinning 1999 yildagi Rossiya bo’ylab uyushtirgan qator qo’poruv amaliyotlari uni taxtga, Yeltsinga voris qilib olib keldi. Shu kungi vaziyatlarda ham, 1999 yildagi voqe’likni eslatuvchi holat paydo bo’lib borayapti. Lekin bugungi vaziyatda nafaqat Rossiya, balki Markaziy osiyo bo’ylab qo’poruv amaliyotlari uyushtirilishi mumkin deb xavotirlanishayapti. Putinning taxtda qolish imkoniyatlari toboro qisqarib borayotgani hammani xavotirlantirayapti. Bu holatda Putindan yana nimalar kutish mumkin, hech kim aniq ayta olmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.