Rossiya chegara xizmati xodimlari Turkiyadan Qozog’iston va Qirg’izistonga kelayotgan tronzit yuk mashinalarini o’tkazmayapti

628
0

Rossiya, Gruziya chegarasi orqali o’tib ketishi lozim bo’lgan Qozoq va Qirg’iz mamlakatlariga borayotgan yuk mashinalarini to’sib qo’ydi. Haydovchilarning aytishlaricha, avvalgi yuk mashinasi 26 nayabr kuni to’silgan. Shu kungacha uning ortidagi yuzlagan mashinalari ulkan kalonna bo’lib turishibdi, chegara xodimlari esa ularni to’sib qo’yganliklariga hech qanday sabab yoki munosib buyruq borligini taqdim etganlari yo’q.

Yevro Osiyo ittifoqi tashkil etilayotganida va Qirg’iziston unga a’zo bo’layotganida, ularning umumiy tashqi chegaralari, faqat teng huquqlik va har birining manfaati uchun maslahat asosida ish olib borishlari ko’p marotaba ta’kidlangan. Lekin Rossiyaning bu tashkilotda gegemonlik qilishi avvaldan ma’lum edi.

Gruziya-Rossiya chegarasida turgan yuk mashinalari ichida meva sabzavot singari tez ayniydigan yuklari bilan Qozog’iston va Qirg’izistonga oid bir necha o’nlagan mashinalar ham bor ekan. Ana endi Qirg’iz va Qozoq hukumatlari ular olib kelayotgan yuklarini qirg’iz va qozoq xalqi uchun naqadar ahamiyatli ekanini bila turib, qanday qilib Rossiyani o’z manfaatlari tomon yurgiza olishlarini tamosha qilamiz.

Faqat va faqat Rossiyaning manfaatlari inobatga olinadi. Tashkilotning ish faoliyat yuritishida qolgan a’zolarining deyarli vazni va ishtiroki yo’q. Putin Rossiyada harbiy holat e’lon qilish arafasida turibdi. Unda Yevro Osiyo ittifoqining iqtisodiy aloqalari va bir birlaridan olib o’tadigan tronzit yuklari muammolari yanada chigallashadi. Umuman tashkilotdan kutilgan iqtisodiy rivojlvnish loihalarining barchasi barbod bo’lishi aniq ko’rinib borayapti.

Putinning Turkiya bilan dahanaki jangida, Rossiya juda katta navbatdagi talofotlarga uchrab borayapti. U matbuot kurashida ham, iqtisodiy, siyosiy va hatto harbiy tomonlama ham mag’lub bo’ldi. Turkiya bosh vaziri “biz rus kompaniya va fuqorolariga qarshi hech qanday keskin choralar ko’rmaymiz” dedi. Ya’ni biz Putinning Rossiyadagi Turk fuqorolariga nisbatan olib borayotgan muomilalari bilan tushib borayotgan tuban darajasiga tushmaymiz dedi.

Erdagon esa, bir necha marotaba Rossiyaga harbiy to’qnashishga tayyor ekanligiga ishora qiluvchi bayonotlar bilan chiqdi. Rossiya Turkiyaning muomilasiga etakchi davlatga munosib munosabat ko’rsata olmadi. Shuning bilan Rossiya xalqaro siyosatdagi o’zining haqiqiy o’rnini tan olishga majbur bo’ldi. Uning o’rni esa, Putinning kibrli da’volari bilan belgilagan darajasidan ancha past darajada ekan.

Qirg’iziston hukumatiga yana bir marotaba, o’z erkini va tizginini Rossiyaga ushlatib qo’yish bilan katta xato qilayotganini eslatib o’tamiz. Rossiyaning xatolari va qaysarligi sababli Qirg’iziston Yevro Osiyo ittifoqiga qo’shildi. U mamlakat iqtisodining asosiy tamal toshi bo’lib turgan va ulkan ijtimoiy muammolariga malham bo’lib turgan ikkita katta jahon bozorlarini yo’qotib borayapti. Hamma baloning boshi yuqoridagi kabi Rossiyaning xatolari va ushbu xatolari oqibatidan kelayotgan kulfatlarga bizlarni ham tortib borayotganidir. Hali bu boshlanishi, shu strotegiyamiz bilan Rossiyaning ortidan boraversak, ko’rganimizdan ko’radiganimiz badtarroq, deyish mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.