Kapitalizm fikri keltirgan falokatlar

509
0

Kapitalizm fikri keltirgan falokatlar

0hizbKapitalizm aqidasi o’n sakkizinchi asr oxirida, Yevropadagi cherkov bilan mufakkir faylasuflar o’rtasidagi kurash oqibatida paydo bo’ldi. O’sha vaqtdan boshlab Yevropaning ko’p davlatlari uni qabul qildi. Qo’zg’olonlardan keyin Qo’shma Shtatlar ham shu davlatlar safiga qo’shildi. Hozirda Qo’shma Shtatlar bu fikrning asosiy vasiysi-homiysi hisoblanadi. Bu fikrga olam bo’ylab ayniqsa kommunizm fikri qulaganidan keyin zo’r berib targ’ib qilinmoqda. Dunyoning har bir chetida, Sharqdan G’arbgacha kapitalizmning qal’alari bor. Shu bilan birga bu fikr to’g’rilab, o’nglab bo’lmaydigan darajada egri-qing’irdir. U juda ko’p insoniy falokatlarga sabab bo’ldi:

Birinchidan: kapitalizmning asosiy fikrati dinni davlatdan ajratadigan ilmoniylikdir. Bu fikrat inson qiymatini erga urib, uni fitriy bo’lgan tadayyun g’arizasidan mahrum qiladi. Vaholanki insoniy g’arizalar har qanday holatda qodir xoliq-yaratuvchi borligini tasdiqlaydi. Shuning uchun ham inson butun asrlar davomida kapitalizmning ilmoniy aqidasiga zid o’laroq Xoliqqa ubudiyat-qullikni izhor qiladigan bir qancha ishlarni qilib keldi. Kapitalizmning ilmoniy aqidasida Xoliqning borligi yoki yo’qligi barobardir. Endi agar Xoliq bor bo’lsa Uning hokimiyatga yoki davlatdagi rolga yoki boshqaruvga yoki odamlarning ishlariga hech bir aloqasi yo’q, deb ta’lim beradi. Kapitalizmning botil, fasod fikri Xoliq haqida shunday so’z yuritadi, uning da’vosicha Xoliq Subhanahuning O’z maxluqotlari hayotini tartibga solishga hech bir aloqasi yo’q!

 أَلَا سَاءَ مَا يَحْكُمُونَ

«Ogoh bulingizkim, ular eng yomon hukm chiqarurlar» [Nahl 59]

Ikkinchidan: siyosiy jihatdan kapitalizm boshqaruv nizomi demokratik ko’p partiyaviylikka zo’r berib targ’ib qiladi. Bu partiyalar Alloh shariatini bir chetga surib qo’yib o’zlari qonun chiqarishadi. Buning natijasida ular odamlar ustidan hukmronlik qilish uchun qonunlarni o’zlarining foydasiga chiqaradi. Bu odamlar o’rtasidagi kurashga sabab bo’ladi.

Yana bir haqiqatni ham aytib o’tish kerakki, kapitalizm siyosati makiavellizm nuqtai nazari asosiga quriladi. Bu nuqtai nazar shaxsiy siyosiy maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan har qanday vositalarni oqlaydi. Bu shaytoniy asos o’zimiz guvoh bo’lib turgan siyosiy o’yinlar sari etaklaydi, uning oqibatida ulkan ofatlar, juda ko’p razolatlar paydo bo’lmoqda. Bu ofat va razolatlar poraxo’rlik, qabilachilik, qirg’in, yolg’on va sharmandali janjallar orqali yuzaga kelmoqda. Bu sharmandali janjallar hatto ularning parlamentlarida ham bo’lmoqda. Masalan xuddi shunday janjal Tanzaniya parlamentidagi konstitutsion komissiya a’zolari o’rtasida yuz berdi. Bu komissiya tarkibida Asha Bakar xonim va boshqalar bor. Bularga o’zaro kurashlar, keskinliklar va ommaviy qirg’inlar qo’shimcha bo’lmoqda. Masalan 2001 yil yanvarda Pemba orolida xuddi shunday qirg’inlar yuz berdi. 2007-2008 yillarda esa Keniyada qabilalar o’rtasida qirg’inlar ro’y berdi. Bularning barchasi odamlar va mol-mulklarning nobud bo’lishiga, jamiyatlar o’rtasidagi kurashga sabab bo’lmoqda. Kapitalizmda siyosat ular da’vo qilayotgandek fuqarolarga xizmat qilish muassasasi emas, aksincha boyish yo’li hisoblanadi.

Bu ahvol hatto bu fikrning vasiysi hisoblangan Amerika kabi davlatlarda ham shundoq ochiq ko’rinib turibdi. Masalan, Amerika kongressi a’zolarining yarimidan ko’prog’i million dollardan ko’proq mol-mulkka ega, kongressning 200 a’zosi esa milliarderlardir.

Bu haqiqat bizning mahalliy siyosatchilarimizda ham juda aniq ko’rinib turibdi. Chunki ularning o’zlari, oilalari va tanish-bilishlari mamlakat boyliklarini tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada talon-taroj qilishmoqda. Ayni paytda oddiy fuqaro kambag’allikdan azob chekmoqda. Bu ham etmagandek siyosatchilar jonga tegadigan tarzda qonunni o’zgartirishmoqda, ma’dan-konlar va elektr energiya kabi ulkan daromadlarga va tijoratlarga ega bo’lish uchun shunday qilishmoqda.

Uchinchidan: qonunchilik sohasida esa ilmoniylik g’ayriinsoniy ishlarni yanada avj oldirish uchun keldi. Bu razil ishlar elitaga xalq nomidan qonunlar chiqarish huquqini berib qo’yish oqibatida ro’y bermoqda. Holbuki, ular Yaratuvchilari qonunlarini qabul qilishlari va tatbiq etishlari lozim edi. Demokratik parlamentlar o’zlarini xalq vakillari deb da’vo qiladi, xalqni boshqarish uchun ilohiy huquqqa ega ekanligini da’vo qilgan o’rta asrlardagi diniy hukumatlar va qirollar kabi o’tmishdagi rejimlar hokimlaridan o’zlarining tamoman boshqacha ekanliklari haqida jar solib, tortishishadi. Lekin asl haqiqat shuki, hozirgi parlamentlar diniy hokimiyatni da’vo qilgan o’sha o’tmishdagilarga juda o’xshashdir. Chunki parlamentlarga qonuniy daxlsizlikning barcha turlari berib qo’yilgan, qolaversa ular omma xalq mahrum bo’lgan manfaatlarga ham ega. Shuning uchun ham parlamentlar chiqargan qonunlar vayronlikka va g’ayriinsoniy falokatlarga sabab bo’lmoqda. Chunki bu qonunlar noqis, ojiz, tarafkash inson aqlidan kelib chiqmoqda. Bu noqis inson boshqalarning asosiy ehtiyojlarini O’z maxluqini tamoman yaxshi biladigan Xoliq kabi mutlaqo bilolmaydi. Shuning uchun omma xalq bu qonunlarga ishonmaydi, siyosatchilarga bo’lgan ishonchini ham yo’qotgan. Bu esa odamlarning qonun tatbiqini o’z qo’llariga olishiga olib keldi. Bunga misol qilib Tanzaniya va boshqa mamlakatlardagi fuqarolarning politsiya bo’limlariga hujum qilganini keltirish mumkin.

To’rtinchidan: iqtisodiy sohada esa kapitalizm fikri insonning xonavayron bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu ahvol kapitalizmning boylikka va manfaatlarga qanday yo’l bilan bo’lmasin, oqibati qanday bo’lmasin va qanday to’lov bilan bo’lmasin ega bo’lishga zo’r berib chaqirishining muqarrar natijasidir. Kapitalizmda ishlar o’lchovi manfaatga asoslanadi. Bunda ilohiy qonundan ko’z yumiladi. Buning oqibati qator g’ayriinsoniy muammolar bo’ladi. Kapitalizmning bundagi shiori aniq-ravshandir, u «doimiy do’st bo’lmaydi, lekin doimiy manfaatlar bo’ladi» degan shiordir. Bu nuqtai nazar ularning iqtisoddagi va hayotning boshqa sohalaridagi asosiy dalillaridir. Bundan tashqari kapitalizm insonning boylik to’plashini baxt-saodat va muvaffaqiyat deb biladi. Bu shaytoniy fikrlar «millatlar boyligi» va «axloqiy qiymatlar nazariyasi» kitobi muallifi Adam Smit kabi mashhur faylasuflarning fikrlaridir. Kapitalizm fikri Darvinning «yashab qolish huquqi eng kuchlinikidir» va «kuch haq-huquqdir» degan tushunchasini ham o’z nazariyasi qilib oladi. Bu g’ayriinsoniy fikrlar natijasida kapitalistik mamlakatlar yosh davlatlarni uzoq asrlar davomida mustamlaka qilib keldi. Bu mustamlakachilar «terrorizmga qarshi kurash» degan bahona bilan Islom va musulmonlarga qarshi urush ochishdi, o’zlarining shirkatlari orqali va yurtlarimizdagi qo’g’irchoq hokimlar yordamida yurtlarimiz boyliklarini talab tashib ketishdi. Ayni vaqtda bu ilg’or davlatlarning fuqarolari oxiri ko’rinmayotgan muammolardan aziyat chekmoqda. Bu muammolar kambag’allikdan tortib sihat-salomatlikning yomonlashishi, vahshiyona hayot tarzi va boshqa muammolardir. Bu ahvol ijtimoiy, iqtisodiy adolatsizlikning yanada avj olishiga olib kelmoqda, ishsizlik darajasining o’sishiga yordam bermoqda. Mehnat tashkilotining oxirgi hisoboti ishsizlik va ijtimoiy xavf-xatarlar kelgusi besh yil orasida yanada o’sishidan ogohlantirib, bunga sabab sekin iqtisodiy o’sish, tengsizlik va kurashlarning yanada kuchayishi ekanini ko’rsatib o’tdi.

Tanzaniyada ishsizlar soni 6 million kishiga etadi, aholidan juda ko’pchiligining kunlik daromadi esa arang bir dollarga etadi. Keniyada esa VVSning 2013 yil iyunda e’lon qilingan «Sema Keniya» degan programmasiga ko’ra Keniyada e’lon qilinayotgan bitta ish o’rniga universitetni bitirgan 500 kishi talabgor bo’lmoqda. Kapitalizm boyliklarni hamma fuqarolarga taqsimlashni maqsad qilmaydi, aksincha boylikni bir hovuch ochko’z elita tomonidan xazina va monopoliya qilib olinishini kafolatlaydi. Bu ochko’z elita o’z navbatida omma xalqni xizmatkorlar sifatida o’ziga qul qilib oladi. Masalan Amerika iqtisodiga 80 amerikalik oila egalik qiladi. Olam iqtisodiga esa olam aholisining atigi 5 %i egalik qiladi. «Mulk erkinligi» degan shaytoniy tushunchani ham unutmaylik, bu tushuncha omma xalq mulklarini xususiylashtirishga olib keldi. Chet davlatlarning butun olamga chang solgan shirkatlarini himoya qilish uchun poraxo’rlik va korruptsiya jinoyatlarida hokimlar va mas’ullar sherik bo’lishmoqda.

Xalqaro shaffoflik tashkilotining 2014 yildagi hisobotiga ko’ra Tanzaniya Afrika qit’asidagi poraxo’rlik, omma mulkini o’g’irlash va tovlamachilik bo’yicha birinchi o’rinni egallagan bo’lsa, Keniya ham bu ro’yxatda bor.

Beshinchidan: ijtimoiy sohada bu fikr o’zining «erkinlik»ka chaqirishi bilan alg’ov-dalg’ovga, boshqa razolatlarga, jumladan buzuqlik, mast qiluvchi ichimliklarga mukkasidan ketish, bir jinsdagilarning bir-biriga uylanishi kabi razolatlarga sababchi bo’ldi. Bu razolatlarni G’arb davlatlarida ko’rib turibmiz. Bu davlatlar bunday ishlarni ma’qullaydi, ma’qullabgina qolmay balki uchinchi dunyo davlatlari deb atalayotgan davlatchalarni bu razolatlarda o’ziga ko’rlarcha taqlid qilishga majburlaydi ham. Bularga oilalarning buzilishi, nikohsiz tug’ilayotgan bolalar sonining ko’payishi, olamning hamma joylarida qilinayotgan boshqa axloqsiz ishlar kelib qo’shilmoqda. Giyohvand moddalarga mukkasidan ketish (narkomaniya)ga qarshi kurash milliy kampaniyasi (NACADA)ning 2011 yildagi hisobotiga ko’ra Keniyada mast qiluvchi ichimliklarga mukkasidan ketish jamiyatda yomon oqibatlarga olib kelmoqda va mast qiluvchi ichimliklarga mukkasidan ketganlarning yarmini 10-19 yoshdagi yoshlar tashkil qilmoqda.

Oltinchidan: ilmiy va texnologik rivojlanishga kelsak, G’arb davlatlari bu sohada o’zlarining muvaffaqiyatga erishgani bilan maqtanadi. Lekin asl voqelik shuki, bu rivojlanish jamiyatda shunday bir qo’rqinchli ifloslikka olib keldiki, uni da’vo qilinayotgan o’sha «muvaffaqiyat» bilan berkitib bo’lmaydi. Masalan amerikalik yozuvchi Olan Blom o’zining «amerikalikning yopiq aqli» nomli kitobida har uch sekundda bitta zo’rlash holati yuz berayotganini, har 6 daqiqada bitta kishi o’ldirilayotganini va hokazolarni ta’kidlaydi. Sobiq Amerika prezidenti bir vaqtlar: «Inson oyga chiqdi, lekin biz er yuzini ifloslikka to’lg’azib yubordik. Biz tinchlik o’rnatish niyatidamiz, lekin bu niyat urush bilan yakunlanmoqda. Shuning uchun atom sohasida muvaffaqiyatli tadqiqotlarga guvoh bo’lgan avlodlar bashar vayron qilgan narsani o’nglab tuzatishga qaytadan kirishishi lozim» degan edi.

Angliyada o’tkazilgan bir tadqiqotda esa 18-34 yoshdagi ayollarning 43 %i jamoatchilik joylarida ikki jins o’rtasidagi kamsitishlardan ozor chekishganligi aniqlangan. Tadqiqotlar o’tkazgan psixologik tibb «Lanset» jurnali esa 2000-2011 yillardagi ishsizlik darajasi 45000 kishining o’limiga sabab bo’lganini ta’kidladi.

Yettinchidan: asosiy ijtimoiy xizmatlar haqida aytadigan bo’lsak, kapitalizm o’z fuqarolariga bunday xizmatlarni lozim darajada ko’rsatish borasida ayanchli muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Chunki asosiy ijtimoiy xizmatlarni davlat zimmasidagi vazifa sifatida ko’rsatish o’rniga bu xizmatlar davlat tomonidan qilinayotgan yaxshilik sifatida ko’rsatiladigan bo’ldi. Ko’p vaqtlarda esa odamlarni bu xizmatlarni ko’rsatishga hissa qo’shishga majbur qilinmoqda. Masalan Keniya ta’lim sektorida xatarli tanazzulga uchramoqda. Bu sektorda muallimlar ish tashlamoqda. Bu ish tashlashning eng yomoni 2015 yil 4 oktyabrda yakunlandi. Tanzaniya ham shunga o’xshash, balki gohida undan ham yomonroq muammolarga duch kelmoqda. Masalan boshlang’ich maktablarda bitta sinfdagi o’quvchilar soni 200ga etmoqda. Boshlang’ich maktablar o’quvchilardan faqat 39,09 %igina ikkinchi darajali (o’rta) maktablarga o’tmoqda.

Sog’liqni saqlash, uy-joy bilan ta’minlash kabi boshqa xizmatlar esa qulash va abgor holatdadir. Ayni paytda tanzaniyaliklardan faqat 15 %igina elektr energiya xizmatlaridan foydalanadi, faqat 54 %igina toza ichimlik suv iste’mol qiladi, faqat 13 %igina kanalizatsiyalardan foydalana oladi.

Ey musulmonlar, ey odamlar!

Bular kapitalizm ideologiyasi va uning fasod, iflos fikrlari sabab bo’lgan falokatlar va og’ir ahvollarning bir tomchisi, xolos. Bugun bu fasod ideologiyani butun olam bo’ylab «rivojlanish» va «taraqqiyot» degan niqob ostida yoyishga zo’r berib harakat qilinmoqda. Uni insoniyat ko’r-ko’rona ergashadigan bir namunaga aylantirishga urinishmoqda. Musulmonlar va butun bashariyat uyg’onib, jamiyatlarda chuqur tomir otgan bu muammolar va falokatlar ortida turgan haqiqiy sababni tushunib etishlari lozim. Buni tushunib etib kapitalizmni rad etishlari va Islom bilan uning boshqaruvini o’rnatishlari lozim. Islom butun bashariyat uchun tinchlik, adolat va xotirjamlikni kafolatlaydi.

Hizb ut-Tahrir Sharqiy Afrika

8 safar 1437h

20 noyabr 2015m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.