Erdug’on: Bunday holatga tushib qolganimizdan iztirobdamiz

536
0

Turkiya bosh vaziri Rajab Toyyib Erdug’on turk havo hududini buzganligi sababli urib tushirilgan Rossiya samolyoti haqida gapirar ekan, samalyot urib tushirilayotgan paytda qaysi davlatga tegishli ekanligi noaniq bo’lganligini ma’lum qildi. Rossiya samolyotining urib tushirilishi belgilangan qoida asosida amalga oshirilganligini bildirgan Erdug’on “chegaralarimizni himoya qilish huquqimizni hamma hurmat qilish kerak”, dedi.

Turkiya prezidentining bu so’zlarini zalda o’tirganlar qarsaklar bilan olqishlar ekan, Erdug’on bu olqishdan xursand bo’lmaganligini yashirmadi.

“Birodarlarim! aslida bu masala olqishlanadigan masala emas. Biz bunday vaziyatga guvoh bo’lishni istamaymiz. Shunday holatga tushib qolganimizdan iztirobdamiz” deya olqishlarni rad qildi Erdug’on.

“Turkiya avvaldan e’lon qilgani kabi rus samolyotining urib tushirilishi belgilangan qoida asosida amalga oshirilgan. Bu erda mutlaqo dushmanlik yo’q”, deya qo’shimcha qildi u.

Erdug’on Istanbulda so’zlagan nutqida “Voqea atrofida janjal, adovat alanga olishini istamaymiz”, “Rossiya bilan munosabatlarimiz buzilishini xohlamaymiz”, “Turkiya Rossiya bilan orani buzishni istamaydi”, “Turkiya doim tinchlik, dialog va diplomatiya tarafida bo’lgan, adovat, tanazzul va g’animlik tomonida emas”, deya qayta-qayta takrorladi.

Oq uyda nutq so’zlagan Amerika prezidenti Barak Obama ham Erdug’onning fikrini ma’qulladi. Obamaga ko’ra, bu borada diplomatiya yo’lidan yurish zarurdir.

“Turkiya har qanday mamlakat kabi o’z hududi va havo sarhadlarini himoya qilish huquqiga ega. Hozir muhimi – Rossiya va Turkiya o’zaro muloqotni davom ettirishiga ishonch hosil qilishdir. Voqeani tergov qilib, nima bo’lganini aniqlash va adovatga berilmaslik kerak”, dedi Obama.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ham rus hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbatlashib, uni hushyorlikka chaqirdi.

“Kerri Turkiya va Rossiya rasmiylarini bosiqlikka va o’zaro muloqot o’tkazishga chaqirdi. Kerri xususan bu voqea taraflar o’rtasida tanglikning avj olishiga ikkala taraf ham ruxsat bermaslik zarurligiga ehtiyoj borligini ta’kidladi”, deyiladi AQSh Davlat departamenti tarafidan chiqarilgan bayonotda.

NATO samolyot havo hududini buzganligiga oid Turkiya taqdim qilgan ma’lumotlarning to’g’riligini bildirdi.

Turkiston:

Rossiyaning Su -24 rusumli samolyoti Suriyadagi tinch aholini bombardimon qilib, o’nlagan balki yuzlagan begunoh zaif va zaifa Musulmon va muslima ota-onalarimizni, singil-qizlarimizni va farzandlarimizni o’ldirib, uylarini vayron qilib qaytayotgan vaqtida, Turk armiyasi u “bechora” samalyot ekipajini urib tushiribdi.

Rossiyada Putin bu hodisadan, rus xalqining insonparvarlik tuyg’ularini junbushga keltirish maqsadida foydalanib, pashshadan fil yasayapti. Erdagon esa, o’z ishidan faxrlanish va davom ettirish o’rniga, kufr olami oldida oqlanishga harakat qilayapti.

Aslida Suriya bo’ladimi yoki boshqa zulml chekayotgan Musulmonlar bo’ladimi, har qanday islomiy yoki Musulmonlardan tashkil topgan armiyalarning barchasining himoyasi ostida bo’lishlari kerak. Har bir Musulmonning pokiza qoni, hech bo’lmaganda yuqoridagi kofir bo’lgan qotil samalyot ekipajining qoni himoya qilinayotganidek himoyalanishi vojib emasmi! Agar Turk armiyasi NATOdan yoki AQShdan emas Ollohdan qo’rqqanida edi. Shu kunidagi kabi hor bo’lmagan bo’lar edi. Bu qolgan islomiy yurt armiyalariga ham tegishli!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.