Shtaynmayer Rossiyaning “katta sakkizlikka” qaytishi shartlarini aytdi

392
0

Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer Bild gazetasiga bergan intervyusida Rossiyaning “katta sakkizlikka” (G8) qaytishi shartlarini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, agar Rossiya va G’arb Ukraina inqirozidagi to’siqlarni enga olsa va tomonlar Suriya masalasi bo’yicha echimlarni izlashda muvaffaqiyatli ishlasa, unda g’arb davlatlarida Rossiyani uzoq muddatga xalqaro muhokamadan istisno qilish uchun hojat bo’lmaydi.

 Shtaynmayerning aytishicha, G’arbga Rossiyani yakkalash va G8’ni G7’ga aylantirish varianti hech qachon xush kelmagan.

Turkiston:

Parij xodisalaridan so’ng g’arb davlatlari Rossiya bilan aloqalarini yaxshilagandek ko’rinishayotgan bo’lsada, AQSh etakchiligida boshlangan Rossiyani yakkalash, jazo choralarini qo’llash orqali uni uzil-kesil tiz cho’ktirish uchun yangidan yangi talablarni ilgari surib kelishmoqda.

15-16 noyabr kunlari Antaliyada bo’lib o’tgan “Katta yigirmatalik” (G20) sammitida AQSh va Yevropaning etakchi davlatlari rahbarlari Rossiyaga qarshi qo’llanilayotgan jazo choralarini yana olti oyga uzaytirishga qaror qilishdi.

AQSh prezidenti Barak Obama, Germaniya kantsleri Angela Merkel, Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron, Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi va mamlakat prezidenti Fransua Olland nomidan sammitda ishtirok etgan Frantsiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv chog’ida Rossiyaga qarshi bosimni davom ettirishga kelishib olishgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.