Ukraina Turkmaniston gazini sotib olishga qiziqish bildirmoqda

336
0

Iqtisodi asosan gaz va neft sotishdan keladigan daromadga bog’lanib qolgan Rossiya bugungi kunda jiddiy qiynchiliklar iskanjasiga tushib qolgani ma’lum. Rus milliy valyutasi rubl kursi ham jahon bozoridagi neft narxiga qarab goh ko’tarilib, goh tushib turipti. Bu qiyinchiliklarni engib o’tish va uning salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirish uchun rus hukumati hatto milliy zaxira fondidan ham foydalanishga majbur bo’lmoqda. Biroq ko’rilgan barcha harakatlarga qaramay hukumat iqtisodni ko’tarishga erisha olmayapti. Rossiya ayni vaqtda boshidan o’tkazayotgan qiyinchiliklarga qo’shimcha ravishda undan neft va gaz sotib oluvchi davlatlar soni ham kamayib bormoqda.

Joriy yilning oktyabr oyi boshida Rossiya gazini import qilish bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turuvchi Turkiya Rossiyadan gaz sotib olishdan voz kechgan bo’lsa, 28 oktyabr kuni Turkmanistonga kelgan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan Qurbonguli Berdimuhamedov o’rtasida Trukmaniston Ukrainaga gaz va neft mahsulotlari etkazib berishi borasida kelishuv imzolandi.

Bundan tashqari Ukraina Turkmanistonga Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlariga chiqishiga yordam beradigan bo’ldi.

Turkiston:

Rossiya xuddi O’zbekiston singari o’zini AQShning quchog’iga taklif qildi. Lekin AQSh Rossiyani O’zbekiston darajasiga tushsagina qabul qila olishiga ishora qildi. Rossiya AQShni rozi qilish maqsadida Suriyada uning manfaatlarini himoya qilish uchun urushga kirdi. U Asadni saqlab qolish maqsadida AQShning muvoffaqqiyatsizlikka uchragan loihasining mahsuli bo’lgan “koalitsion muxolif kuchlari” deb atagan harbiy tayorgarlikdan o’tkazgan kuchlarni jismonan yo’q qilib berish uchun havodan urush boshladi. Bu muvoffaqqiyatsiz, kufrga tavakkul qilgan quvvatlar AQSh tomonidan xuddi keraksiz matoh singari tashlab yuborilgan edilar.

Putin “IShID”ni bahona qilib, AQShga muammo bo’lishi mumkin bo’lgan kuchlarni yo’q qila boshladi. “IShID” esa, Asadni saqlanib qolinishida, o’z vaqtida – bilgan yoki bilmagan holida – Rossiya singari to’siq bo’lib bergan tashkilotdir. AQSh hozircha uni tor mor qilmoqchi emas ko’rinadi.

Rossiyaning yuqoridagi AQShga yaltoqlanish harakatlarining barchasi yaqin kelajakda kutilayotgan halokatli iqtisodiy inqirozni oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda. G’arb davlatlarining Rossiya energetik xom ashyolaridan birin ketin yuz o’girishlari AQSh boshchiligida amalga oshirilayotganini Putin yaxshi biladi.

Lekin G’arb Rossiyadan yuz o’girishda davom etayapti. Ular AQSh boshchiligida Markaziy Osiyo davlatlaridagi Rossiyaning manfaatlariga qarshi jiddiy harakatlar boshlab yuborishdi. G’arb va Yaponiyaning bu yurishlari Rossiyaning ichki va tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga jiddiy zarba beradi.

Yuqoridagi Ukrainaning Turkmaniston bilan tuzgan shartnomalari ortida ham G’arb davlatlari turadi. Ular Ukrainani, Rossiya gaz quvurlari orqali o’tadigan tranzit xizmatidan foydalanganidek, bu loiha amalga oshsa, yana tranzit xizmati evaziga o’zining iqtisodini o’nglab olishiga imkoniyat yaratib berishmoqchi. Bu Ukrainaning Rossiya ustidan g’alaba qozonganidan keyingi, uning ustiga dastlabki yurishi desak ham bo’ladi. Bu bir o’q bilan ham Rossiyaga zarba bo’ladi ham Ukrainaning G’arb uchun bosh og’rig’i bo’lib turgan iqtisodini tiklash uchun qulay vaziyat paydo qiladi.

Demak G’arb olami Putinni kechirgani yo’q. Uni qabul qilish niyati ham yo’q. Rossiyani esa, Putin bilan birga turar ekan, kelayotgan iqtisodiy zarbalardan qutilib qolishi mumkin emasga o’xshaydi.

Putin esa, yuqoridagi kamsitilayotganini va inqiroz jarligiga qulash jarayoning yashirish uchun, Shomda olib borayotgan urushni jadallashtirib boraveradi. Rossiya Shomda halokat botqog’iga botadi. U o’zi bilan birga bir necha o’ziga ittifoqdosh deb bilgan mustamlaka davlatlarini ham tortib olib tushib ketish uchun qattiq harakat olib bormoqda. Lekin bu urushda hatto Rossiyaning manfaatlari ham mavjud emas. Aksincha, Rossiyani ham va bu urushda unga sherik bo’lgan barcha mamlakatlarni ham faqat halokat kutayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.