BMT Qirg‘izistonga “yordam” beradi

371
0

BMT Qirg‘izistonga “yordam” beradi

 6-aprel kuni Sooronbay Jeenbekov Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Qirg‘izistondagi doimiy koordinatori Ozonnia Ojielo bilan uchrashib, mamlakatdagi vaziyat, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda hamkorlikdagi qadamlarni muhokama qildi.

 Xabar qilinishicha, tomonlar mamlakatdagi sog‘liqni saqlash, ta’lim, oziq-ovqat xavfsizligi, kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida suhbatlashishdi. BMT koordinatorining so‘zlariga ko‘ra, tashkilot qirg‘iz hukumati bilan sakkiz ustuvor yo‘nalish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ozonnia Ojielo shuningdek, 2 milliard dollarlik global insonparvarlik yordam dasturi va “COVID-19” bilan kurashni moliyalash uchun iqtisodiy fond tuzilganini aytib o‘tdi.

Izoh: Shundoq ham nochor bo‘lgan Qirg‘iziston iqtisodi olamiy vahimaga aylantirilgan koronavirus pandemiyasi sababli yanada abgor ahvolga tushib bormoqda. Bosh vazir o‘rinbosari Erkin Asrandiev 26-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida koronavirusga bog‘liq vaziyat tufayli joriy yil davlat byudjetiga 27-28 milliard som tushmay qolishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Endilikda qirg‘iz hukumati shu kamomadni xalqaro tashkilot va banklardan qarz va grandlar olish evaziga yopmoqchi hamda shusiz ham qarz botqog‘iga botib bo‘lgan davlatni (xalqni) yanada ko‘proq qarzga botirmoqda.

 Bugungi kunga qadar Osiyo taraqqiyot banki Qirg‘izistonga koronavirusga qarshu kurash uchun 200 ming dollar ajratdi. Bundan tashqari Xalqaro valyuta fondidan 121 million dollar qarz oldi, shuningdek, Jeenbekov Evropa kengashi raisiga yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha murojjat qildi.

 Barchaga ma’lumki, xalqaro tashkilot va banklar mustamlakachi kapitalistik tuzumning qurollari bo‘lib, ular qashshoq davlatlarni yanada ko‘proq qarz botqog‘iga botirish orqali tuban va qaram ahvolda ushlab turish maqsadida tashkil etilgan. Afsuski, bizning hukumatlar ulardan qarz va turli “yordamlar” olish ilinjida ularning tuzoqlariga tushishmoqda. Tabiiyki, ular qarz va yordamlarni hech qachon evazsiz berishmaydi. Masalan, Osiyo taraqqiyot banki yoki Xalqaro bank bugunga qadar qirg‘iz hukumatiga bergan qarzlarni o‘zimizda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi tarifini ko‘tarish sharti bilan bergan edi. Prezident va etakchi guruh vakillari hozirgi vaziyatdan qutulish, o‘z kursisin saqlab qolish haqida emas, kelajakda bu qarzlar xalq boshiga yana qanday ofatlarni keltirishi mumkinligi va buni oldini olish yo‘llari haqida fikr yuritishlari kerak.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.