Rossiya va Qozog’iston o’rtasida neft bitimi imzolandi

432
0

Rasmiy safar bilan Qozog’iston poytaxti Ostonaga kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin qozog’istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboev bilan uchrashdi. Ikki davlat vakillari o’tkazgan uchrashuvdan tashqari Putin va Nazarboev o’rtasida yolg’iz uchrashuv ham bo’lib o’tdi. Uchrashuv ortidan Rossiya va Qozog’iston o’rtasida Kaspiy dengizidan chiqadigan neft konlari borasida bitim imzolandi.

Kaspiy dengizining shimoliy qismidagi dengizosti boyliklariga aloqador ikki davlat o’rtasida 1998 yilda imzolangan bitimga qo’shimchalar kiritildi. Putin va Nazarboev o’rtasida imzolangan bitimga binoan Kaspiy dengizining neft chiqadigan qismida Rossiya shirkatlari uchun neft buloqlari ustidan hukmronlik qilish imkoniyati tug’ildi.

Imzo chekish marosimidan so’ng mushtarak bayonotlar berildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog’iston neftining katta qismi xorijiy davlatlarga Rossiya erlari orqali chiqishini ta’kidlar ekan, sobiq bitimga o’zgartirish kritilganligini bildirdi.

“Kaspiy dengizidan chiqadigan neft konlarini hamkorlikda qazib olish kabi katta rejalarimiz bor. Kaspiy dengizining shimoliy qismidagi neft buloqlarini aniqlashga aloqador 1998 yilda imzolangan bitimga o’zgartirish kiritdik. Bu esa ikki ulkan uglevodorod bulog’i ustida ikki davlat firmalari tarafidan ish olib borilishini anglatadi”, dedi Rossiya prezidenti.

Qozog’iston bilan yadroviy sohada ham hamkorlikni rivojlantirish istagi mavjudligini bildirgan Putin “Rossiya va Qozog’iston sheriklikda elektr energiyasi bozori ustida ish olib bormoqda. Qozog’istonning birinchi atom stantsiyasini qurishga tayyorgarlik ko’ryapmiz”, deya qo’shimcha qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.