Ro’mol o’ragan o’quvchi qiz maktabga qo’yilmayapti

1131
0

Qirg’iziston aholisining 85 foizidan ziyodini musulmonlar tashkil etishiga qaramay, so’ngi yillar mobaynida maktablarda hijob masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Rasmiy hukumat ham Qirg’izistonda boshqa muammo qolmaganidek, e’tiborini yagona maktab formasi joriy etishga qaratish orqali musulmon o’quvchi qizlarni huquqlarini paymol etilishiga yo’l ochib bermoqda.

O’sh shahrida joylashgan “Olimp” maktabining 9 sinf o’quvchisi Komila Yaqubova ro’mol o’rab kelgani uchun maktabga kiritilmayapti. Bu haqida Komilaning himoyachisi Zamir Adigineev “Ozodlik” radiosi qirg’iz xizmatiga ma’lum qildi.

Himoyachining so’zlariga ko’ra, maktab rahbariyati ro’mol o’rab kelgani uchun Komilaga ogohlantirish bergan va o’quv yili boshidan boshlab maktabga kiritmay kelmoqda. Komila mazkur maktabning yonginasida yashashiga qaramay, uyidan uzoqda joylashgan maktabga qatnab o’qishga majbur bo’lmoqda.

Advokat Adigineev maktab direktorining bu harakati noqonuniy ekanligini bildirib, O’sh shahar prokuraturasiga murojaat qilgan. Ammo prokuratura maktab rahbariyati qarorini qo’llab chiqqan.

“Olimp” maktab-gimnaziyasining direktori Aleksandr Yazov esa yagona maktab formasi to’g’risidagi maktab qaroriga muvofiq Komiladan ro’molni echishni talab qilganini aytmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.