AQSh Dushanbeda harbiy mashg’ulot o’tkazadi

503
0

AQSh, Pokiston, Mongoliya va Tojikiston davlatlari 19-24 sentyabr kunlari oralig’ida “Mintaqaviy hamkorlik” nomli yillik harbiy mashg’ulot o’tkazadi. Mashg’ulot Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida AQSh markaziy qo’mondonligi boshqaruvi ostida bo’lib o’tadi.

AQShning Dushanbedagi vakili mazkur harbiy mashg’ulotga doir bayonot berdi. Vakilga ko’ra, mashg’ulot o’zaro hamkorlikni kuchaytirish va mintaqada barqarorlikni muhofaza qilish uchun amalga oishirilishi ko’zda tutilgan.

“Bu yilda o’tadigan harbiy mashg’ulot Tojikiston respublikasi mudofaa vazirligi bilan boshqa ishtirokchi davlatlardan kelgan xavfsizlik mutaxassislarining o’zaro aloqalariga va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish hamda mintaqa barqarorligini muhofaza qilish harakatlariga yordam beradi”, “Tojikiston bu yilgi mashg’ulotimizga mezbonlik qiladi. Chunki bu o’lka mintaqa barqarorligining davom etishida muhim o’ringa ega xamkorimizdir”, deyiladi bayonotda.

AQSh 2001 yildan buyon har yili Janubiy Osiyo va O’rta Osiyo davlatlaridan hisoblangan Pokiston, Mongoliya va Tojikistonda “Mintaqaviy hamkorlik” nomli harbiy mashg’ulot o’tkazib keladi. 2014 yil sentyabr oyida AQShda o’tkazilgan mashg’ulotga Tojikistondan vakillar ishtirok etgan edi.

AQSh elchiligi ikki davlat (AQSh va Tojikiston) mintaqa iqtisodini yuksaltirish, barqarorlikni mustahkamlash, terrorizm va narkobiznesga qarshi kurash, ommaviy qirg’in qurollari tarqalishini oldini olish kabi sohalarda keng qamrovli hamkorlik olib borayotganini bildirdi. Elchilik vakillarining ta’kidlashicha, Tojikiston hukumati Pokiston va Mongoliya bilan o’lkaning tinchligi, barqarorligi va rivoji uchun hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.