ShHTning navbatdagi sammitida asosiy – mavzu xavfsizlik masalasi

416
0

ShHTning navbatdagi sammitida asosiy – mavzu xavfsizlik masalasi

Xitoy tashqi ishlari vazirligining xabar qilishicha, xavfsizlik masalasi Bishkekda boʻlib oʻtadigan ShHT sammiti kun tartibining asosiy masalasiga aylanadi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

“Xavfsizlik va rivojlanish masalalari sammitning eng asosiy masalalaridan biri boʻladi. Shuningdek, soʻnggi yillarda ShHT doirasida amalga oshirilgan hamkorlikni tahlil qilish hamda yaqin kelajak uchun rejalar tuzish masalalari ham koʻrib chiqiladi”, – dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Chjan Xanьxuey.

Xitoy diplomatining soʻlariga koʻra, ShHT sammitida Xitoy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda terrorchilikka qarshi kurash sohasida bir necha tashabbuslar bilan chiqadi.

Joriy haftaning 13-14 iyun kunlari Bishkekda ShHTning navbatdagi sammiti boʻlib oʻtadi. Unda ShHT aʼzolari boʻlgan Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston prezidentlari ishtirok etadi. Shuningdek Hindiston va Pokiston bosh vazirlari ham ishtirok etadi.
Ayni damda Afgʻoniston, Belorussiya, Eron i Moʻgʻuliston – ShHTda kuzatuvchi, Ozayerbaydjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka – hamkor maqomiga egadir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.