Germaniya TIV: muhojirlar Yevropada o’zlari uchun joy tanlashga haqli emas

521
0

“kun.uz”ning xabar berishicha, Germaniya tashqi ishlar vaziri Tomas de Mezerning aytishicha, Yevropaga yordam so’rab kelayotgan qochqinlar bu erda o’zlari uchun qulay joylarni tanlashga haqli emas.

“Biz ularga o’zlari qaerni istasa, o’sha erga joylashishlariga yo’l qo’masligimiz kerak”, – deydi u Der Tagesspiegel nashriga bergan intervyusida.

Uning qayd etishicha, qochqinlar avvaliga boshqa mamlakatga, yoqmasa boshqa ikkinchi mamlakatga ko’chib o’rnashishiga yo’l qo’yilmasligi kerak.

YEI davlatlarining tashqi ishlar vazirlari 14 sentyabr kuni 160 ming nafar muhojirni qit’a bo’ylab tarqatish masalasini hal qilish uchun Bryusselda uchrashishadi.

Qayd etish kerakki, Chexiya allaqachon muhojirlarni kvotalar bo’yicha taqsimlab olish bo’yicha takliflarga rozi emasligini bildirgan. Chexiya bosh vaziri mamlakat faqatgina 1,5 ming nafar muhojirni qabul qila olishini aytgan, YeI tomonidan taklif etilgan kvotada esa Chexiya uchun 3 ming nafarga yaqin muhojir ajratilgandi.

Bundan tashqari, Latviyada ham Bryussel tomonidan taklif qilingan bu tashabbus qo’llab-quvvatlanmadi.

Turkiston:

Mavjud dunyo sistemasi boshqarib kelayotgan olamiy globalizatsiyalashtirish oqibatida, YeIga a’zo bo’lgan bir qator davlatlar etakchi birinchi davlatlar safida bo’lsa, Frantsiya, Germaniya singari ba’zilari ikkinchi, sanoatlashgan lekin ularga tobe davlatlar qatorida qolib ketishdi. Bu dunyo sistemasidagi yangicha mustamlaka qilish uslubi bo’lib, ikkinchi toifadagi davlatlar faqat harbiy sanoatga aloqador ishlab chiqarish bilan shug’ullanishmaydi. Kerakli qurol yaroqni ular har biri muayyan bir etakchi davlatga bog’langan bo’lib, faqat undan sotib oladi. Shuningdek ular boshqa davlatlarni o’z manfaatlari uchun o’z hollaricha mustamlaka qilish huquqidan ham mahrumlar. (Xuddi Kanadaning Qumtor kompaniyasi Qirg’iziston tillo konlarini AQShning qo’llovi ostida bosib olgani kabi.)

Uchinchi agrar davlatlar: – mustaqil sanoatlashish huquqidan deyarli mahrum etilishgan. Ularga yuqoridagi birinchi va ikkinchi toifadagi etakchi va boy davlatlar sanoatlari uchun, xom ashyo etkazib berish vazifasi yuklatilgan. Bundan tashqari xalqaro siyosatda ularning vaznlari deyarli yo’q hisobida. Shundan kelib chiqib, deyarli barcha urush va harbiy to’qnashuvlar shu qatlamga mansub davlatlarda va ularning fuqorolari ishtirokida olib boriladi.

Lekin globalizatsiyalashtirilayotgandagi qonun qoidalarida, urush holatlarida yoki boshqa tabiiy ofatlar kabi ommamiy qochqinlar paydo qilinadigan barcha holatlarda, kufr kattalari ularga har tomonlama yordam berishi haqidagi bandlari ham bor. Yuqoridagi YeI davlatlari oldida shu qonun muammolar keltirib chiqara boshladi.

G’arb davlatlari shuncha yillardan buyon, o’sha qochqinlarning mehnatlari va ularning tabiiy boyliklari evaziga hozirgi farovon hayotlarida yashab kelishadi. Kaddofiy singari bu tizimni buzishga harakat qilganlarini, minglagan odamlarga qo’shib o’ldirib yuborishadi. Lekin bir marotaba o’zlari uchun qonuniylashtirishgan majburiyatlarini bajarish vaqti kelganida, o’ta sharmandali ko’rinishlarni paydo qilishayotganiga guvoh bo’lib turibmiz.

Asl muammo YeIda emas. Balki shunaqangi kufr manfaati uchun xizmat qilib kelayotgan dunyo sistemasining buzuqligida! Bizlarni bu sistemadan voz kecha olmayotganimizda! Uni o’rnini egalay oladigan islomiy sistemaga qaytishni kechiktirayotganimizda! Qochqin birodarlarimizning boshiga tushgan musibatlarning barchasi, o’sha kufr kattalarining bir birlari bilan manfaat talashishlari oqibatidan bo’la turib, qochqinlarimizni kamsitish va to’sish ishlarini kuchaytira boshlashdi. Ularni ishonchsiz va xoin sheriklar ekani ma’lum edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.