Sisiyning iste’fosini talab qiluvchi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

411
0

Sisiyning iste’fosini talab qiluvchi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Al-Jazira net veb-sayti hijriy 1441 yil 23 muharram, milodiy 2019 yil 22 sentyabr payshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Misr prezidenti Abdulfattoh Sisiyning iste’fosini talab qiluvchi namoyishlar Misrning bir necha shaharlarida davom etmoqda. Bir vaqtda, hukumat Qohirada xavfsizlik xizmatini kuchaytirib, keng ko‘lamda hibsga olish kampaniyasini boshladi. Suvaysh shahri ko‘p sonli odamlar ishtirokidagi namoyishlarga, prezidentga qarshi ko‘tarib chiqilgan shiorlarga guvoh bo‘ldi. Politsiya namoyishchilarga qarata ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi… Namoyish bo‘layotgan maydonga olib boruvchi hamma yo‘llarni yopdi… Bu voqealar o‘tgan kuni ayni maqsadda boshlangan va shahar markazida bo‘layotgan namoyish ortidan boshlandi.

Dushanba kuni poytaxtning shimoliy g‘arbidagi Mahalli kubro shahri ham prezident Abdulfattoh Sisiy iste’fosini talab qiluvchi namoyishlarga guvoh bo‘ldi.

Kina viloyatidagi Naja Hammodiy shahri ham prezident iste’fosini talab qiluvchi namoyishlar boshlangandan beri Misr darajasida ilk bor yoshlar marshiga guvoh bo‘ldi. Marshda yoshlar Sisiy rejimiga qarshi keng o‘zgarishlarni talab qiluvchi shiorlar bilan chiqishdi. Faollar tomonidan tarqatilgan suratlarda politsiyaning marshda qatnashgan ko‘p yoshlarni hibsga olayotgani aks etdi.

Misr shimolidagi Bur Said shahrida ham prezident iste’fosini talab qiluvchi marshda turmush darajasining juda yomonlashganiga norozilik bildiruvchi hayqiriqlar yangradi».

Roya gazetasi sharhi:

Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida Islomni tatbiq qilishda gavdalanuvchi Ummat loyihasini ko‘tarib chiqish hamda kuch-qudrat ahlining bu loyihaga nusrat berishi butun islomiy yurtlardagi har qanday qo‘zg‘olon muvaffaqiyatiga kafil yagona echimdir. Ushbu to‘g‘ri loyihadan boshqasi esa, G‘arb qo‘yniga kirishga va tobelik kishani saqlanib qolishiga olib boradi. Bu to‘g‘ri loyihani Ummatga Hizb ut-Tahrir taqdim etmoqda, Ummatning xolis farzandlarini uni qabul qilib, armiyadagi halol qudrat ahlidan nusrat talab qilishga hamda shu orqali Islomni to‘la kamchiliksiz tatbiq o‘rniga qo‘yishga da’vat qilmoqda. Hizb mafkurasi Islomini sevadigan va uning soyasida baxtli yashashni istayotgan Ummatda afkori ommaga aylandi.

Ey Kinona ahli!

Hizb ut-Tahrir sizning qo‘lingizga ushbu zudlik bilan tatbiq qilishga yaroqli-tayyor loyihani bermoqda. Siz yangi qo‘zg‘olonlar to‘lqini bo‘sag‘asida turibsiz va bundagi yagona alьternativ sizni istaklaringizni ro‘yobga chiqaradi, hayotiy muammolaringizni haq-rost hal etadi. Bu alьternativ xomxayol ham, sizni kapitalizmga qayta qul qilib beruvchi sarob ham emas. Bas Hizb loyihasini qo‘lingizga oling, chunki bunga siz haqlisiz. U sizning talabingizga, Robbingiz rizosiga erishtiruvchi vositangizga, manfur G‘arb va uning jinoyatchi rejimlaridan xalos qiluvchi qurolingizga aylansin. Bas, uni o‘zingizga g‘oya qiling, shoyad Alloh O‘zi va’da qilgan ikkinchi roshid Xalifalikni sizning qo‘lingiz bilan ro‘yobga chiqarib, buyuk yutuqqa noil bo‘lsangiz.

Roya gazetasining 2019 yil 25 sentyabr chorshanba kungi 253-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.