Qor: Terrorga qarshi kurashmoqchimisiz? U yonginangizda turipti

401
0

Turkiya hukumati bugungi kunda o’zini “terror”ga qarshi kurashda faol ishtirokchi sifatida namoyon qilib kelmoqda. Xalifalikdan boshqasiga rozi bo’lmayotgan Suriya xalqiga qarshi AQSh tuzgan koalitsiyaga qo’shilishda bo’lsin, yo boshqa siyosiy ishlarida bo’lsin, mana shu “terrorizmga qarshi kurash” bahonasini ro’kach qilmoqda. Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyati matbuot bo’limining rahbari Mahmud Qor rasmiy “Twitter” sahifasi orqali Turkiya hukumatining bu da’vosi puch da’vo ekanligini ochib tashladi.

Mahmud Qorning bayonotida shunday deyiladi:

Turkiya tuproqlarida ham, boshqa Islom o’lkalarida ham tarqalib borayotgan terrorning asl manbasi mustamlakachi davlatlardir. Ya’ni terrorning manbasi AQSh, Britaniya, la’nati Isroil va Rossiya davlatlaridir. Ammo siz terrorni qaerdan izlamoqdasiz?! Kirshahardagi kurd hunarmandlarning ishxonalaridanmi? Yoki ishlash uchun oilasi bilan Anqaraga kelgan mavsumiy ishchilarning avtomobillari va chodirlaridanmi?

O’ldirilganlar kimlar? Uyida, o’z yotog’ida uxlayotganda xoinlarcha o’ldirilgan yosh politsiyachi…, avtohalokat xabari bilan tuzoqqa tushirilgan yana bir politsiyachi…, Diyorbakirda eshikdan tashqariga chiqolmay, hatto boshini derazadan ham tashqariga chiqara olmay qolgan yosh go’daklar va ayollar… Xo’sh, yoqib yuborilgan korxonalar, xoinlarcha o’ldirilgan begunoh fuqarolarni nishonga olib, terrorga xizmat qilayotganlar kimlar?

Doimo bir birimizga dushman bo’lishimizni istaganlar, bo’linib ketishimizdan kuch-quvvat olayotganlar va tuproqlarimizga turli fitna urig’ini sepayotganlar qaerda?

Ular uzoqda emas, yonginangizda, bizning tuproqlarda, Injirlikda turipti. Aslida haqiqiy terroristlar mana shular. Biroq “terrorizmga qarshi kurash”ga bizni o’zlariga sherik, ittifoqdosh qilib olishgan.

Kelinglar turk-kutd va boshqa barcha xalqlar bir bo’lib hukumat vakillariga, iqtidordagi-yu muxolifatchilariga shunday murojaat qilaylik:

“Terrorni yo’q qilishni istasangiz uning asl kelib chiqayotgan eriga e’tibor qarating. Eng avvalo Injirlikdan AQShlik terroristlarni quving. Terrorni dastaklagan mustamlakachi davlatlar bilan aloqalaringizni uzing. Ularning ilmoniy va demokratik tushunchalarini, hech bir narsaga yaramaydigan tuzumlarini axlatga uloqtiring. Terror qanday tag-tomiri bilan qo’porib tashlanganini o’shanda ko’rasiz. Tinchlik va osoyishtalik qanday hukm surishini o’shanda ko’rasiz. Turk, kurd, lazi, cherkas va barcha xalqlar qanday o’zligiga qaytganligini, ularni birodarga aylantirgan Islomni qanday mahkam ushlaganligini o’shanda ko’rasiz”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.