DA’VAT AMRU MA’RUFDAN FARQLIMI (3)

418
0

                                                                                     بسـم الله الرحمن الرحيم

DA’VAT AMRU MA’RUFDAN FARQLIMI (3)

Da’vatchi shaxsiyatini da’vat ishiga tayorlashi bilan bir qatorda Islomni yaxshi tushunish (uning uchun “Islomiy shaxsiya -1-” kitobidagi “Bilim olishdagi Islomning yo’li” bo’yicha o’rganish tariqati)ga qattiq harakat qilishi va etkazayotgan mavzularni hayotiy qilib, jonli suratda berishga ahamiyat qaratishi shart, chunki undan talab qilingan asosiy ish “Islom”ni tiniq, tushunarli bayon qilib, o’z hayotlarida unga amal qilishlari uchun berishdir. U bunga ahamiyat bermasdan o’zi maqsad qilgan ishni amalga oshira olmaydi. Shuning uchun bizda “Bu da’vatni yoyuvchilar agar dillariga kamolotga intilish urug’ini ekmasalar, doimo haqiqatni izlamasalar, yopishib qolgan begona tushunchalardan tozalash uchun bilgan narsalarining har birini doimo tekshirib turmasalar, olib chiqayotgan fikrlari sof tiniq saqlanib qolishi uchun, yaqin tursa unga ilashib olish ehtimoli bo’lgan har qanday fikrni undan yiroqlashtirmasalar mas’uliyatning uddasidan chiqa olmaydilar, oldilariga qo’yilgan vazifani bajara olmaydilar.Chunki fikrlarning musaffo va tiniqligi muvaffaqiyat hamda muvaffaqiyat davomatining yagona garovidir” – deb tabanniy qilingan. Agar Islomni tushunmasachi ?!

Tushunishda aqidaga taalluqli masalalarga alohida e’tibor berish kerak, chunki hayot o’shalar asosiga quriladi. Masalan: bizdan “demokratiya”ning nimasi xato yoki “sotsializm”ning qanday fikri voqelikka mos kelmaydi degan savollarni so’ramasalar-da, bu xato fikrlarini tashlashliklari uchun ularning xatosini tiniq qilib, aql asosida bayon qilib berish kerak. Rosululloh(s.a.v) ham, avvalgi payg’ambarlar ham o’tmishda eng avvalo butlarga asoslangan johiliyat hayotini ahmaqona ekanini fosh qilishda aqidalariga zarba bergan. Alloh Taolo aytadi:

يَاأَيُّهَا النَّاسُ ضُرِبَ مَثَلٌ فَاسْتَمِعُوا لَهُ إِنَّ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ لَنْ يَخْلُقُوا ذُبَابًا وَلَوْ اجْتَمَعُوا لَهُ وَإِنْ يَسْلُبْهُمْ الذُّبَابُ شَيْئًا لَا يَسْتَنقِذُوهُ مِنْهُ ضَعُفَ الطَّالِبُ وَالْمَطْلُوبُ

“Ey insonlar, bir masal aytilgandir, bas unga quloq tuting: Aniqki, sizlar Allohni qo’yib iltijo qilayotgan butlar agar barchalari birlashganlarida ham bir chivin yarata olmaslar, agar chivin ulardan biron narsani tortib olsa, uni (o’sha chivindan ham) qutqarib ola bilmaslar. (Demak o’sha butlardan hojatini) ravo qilishni so’raguvchi (mushrik) ham, so’ralguvchi (butlar) ham nochor-notavondir”. [22:73].

Yana Alloh Taolo aytadi:

قَالَ أَفَتَعْبُدُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ مَا لَا يَنفَعُكُمْ شَيْئًا وَلَا يَضُرُّكُمْ(66)أُفٍّ لَكُمْ وَلِمَا تَعْبُدُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

(Ibrohim -a.s-) aytdi: «Axir Allohni qo’yib, sizlarga biron foyda xam, ziyon ham etkaza olmaydigan narsalarga sig’inasizlarmi?! Sizlarga ham, Allohni qo’yib sig’inayotgan butlaringizga ham suf-e! Axir aql yurgizmaysizlarmi?!» [21:62-67]

Aslida islomiy hayot qandayligini insonlarga tushunarli qilib etkazish uchun Islom fikratini teran o’rganish vojib bo’lsa-da, lekin hayotda ta’siri kuchli bo’lgan fikrlarni yaxshilab o’rganib, ularni etkazishga qattiq xarakat qilish zarur. Masalan: hozirgi iqtisodiy sohadagi sudxo’rlik, monopoliya, sug’urta shirkatlari, hissadorlik jamiyatlari, kooperativ shirkatlari va shularga o’xshash foydasi harom bo’lgan yoki sherik bo’lish shariatda botil deb hisoblangan ishlarni, musulmon odamga bunday botil yoki fosid shartnomalarni tuzish yoki shu shartnomalardan kelib chiqadigan ishlarni qilish joiz emasligini bayon qilish uchun ularning shariyatga zid jihatlarini yorqin qilib, dalillar bilan ochib berishimiz, hamda Islomdagi joiz shirkatlarni, ishga yollash va undagi shartlarni, ayniqsa mufovaza shirkati kabi haromga ketib qolish ko’p uchraydigan ishlarni tezlik bilan o’rganish talab qilinadi. Chunki bu kabi fikrlar hamma joyni fasodga to’ldirib, iqtisodiy krizislarni keltirib chiqarayotgan kapitalizm iqtisodiga zarba bo’ladi, hamda unga alternativ bo’lgan islomiy hayotni tushunishga qiziqishni kuchaytiradi. Islom kelgan ilk davrdayoq johiliyatdagi iqtisodiy aloqalarni ham aql asosida Qur’oni Karim rad qilgan:

“Narsalarni o’lchayotganda boshqalarning haqqiga xiyonat qiladiganlarning holiga voy bo’lur. Ular odamlardan o’lchab olsalar, o’z haqqidan ham ziyoda qilib oladilar. O’z narsalarini boshqalarga o’lchab yoki tortib bergudek bo’lsalar, ularning haqqiga xiyonat qiladilar, ularga zarar etkazadilar„. [83:1-3]

Bu mavzu’larni o’rganishda hech qanday muammo yo’q, kitoblarimizda tushunarli qilib, mufassal bayon qilingan va yaxshi tushungandan keyin qanoatlanmagan mavzu’larini har kim bilan emas, faqat mus’ullar bilangina, hatto Amir bilan bahslashish tabaniy qilingan, chunki ular shu ishda javobgardirlar: “Shu narsa tushunarli bo’lishi lozimki, biror rayga qanoat hosil qilmagan, xato rayga yoki hizb mutabannosiga zid rayga borgan har bir yigit xatoni to’g’rilaydigan, to’g’rilikka etkizadigan, fikrlarni toza saqlaydigan, hizb birligi va fikr birligini muhofaza qiladigan to’g’ri yo’ldan yurishi vojibdir. Bu esa uning munoqashasi hizbdagi mas’uliga yoki bevosita amirga cheklanishi bilan bo’ladi. Zero, amir va mas’ullar yigitlar bilan ularni munoqasha qilishda salohiyat egalaridir. Yagona amir tabanniy qilishda ham, xatosi ma’lum bo’lsa, mutabannoni o’zgartirishda ham salohiyat egasidir. Yigit u narsani yoki o’zi etib borgan fikrni yigitlar bilan munoqasha qilish uchun ularga bog’lanishi yoki hizb tabanniy qilgan fikrlar, ahkom va raylarga hujum qilishi joiz emas. Chunki yigitlar bilan bo’lgan munoqasha yoki hizb tabanniy qilgan narsaga hujum qilish biror narsani to’g’irlashda unga foyda bermaydi. U to’polon, notinchlik, shubha solish va ixtilof keltirib chiqarishdan tashqari, uning oqibati hizbning mutlaq muhofaza qilinishi vojib bo’lgan fikriy birligi beqarorlashuviga olib boradi”.

Bu hizb fikriga qarshi xato fikrga borganlar to’g’risida. Ammo hizb fikrlarini tushinishda yoki tushinganicha bayon qilishda har qanday hizbiy bilan bahslashish mumkin, chunki bu fikrlarni yanada tiniqlashiga, fikriy vujud bo’lgan hizbni kuchayishiga va fikriy bahslar urfga aylanib, to’g’ri fikrlarni jamiyatda tarqalishiga olib boradi. Shuning uchun bizda ushbu fikr tabaniy qilingan: “Lekin uyushma mabdani yaxshi tushinib olganining o’zi haqiqiy uyg’onishga olib bormaydi, balki uyushmadagi shaxslar mazkur uyushmaga yaroqli bo’lsa va bu shaxslarni guruhda bog’lab turadigan robita haqiqiy samarali robita bo’lsagina haqiqiy uyg’onishga olib boradi. Shaxslarning yaroqli ekani uyushmadagi bog’lash tariqatiga ko’ra belgilanadi. Mabdaiy hizb aqidani qabul qilishni va hizbiy saqofatda etilishni o’z uyushmasiga bog’lash tariqati qilib belgilaydi. Shuning uchun shaxslarning yaroqliligi da’vat shaxslar bilan birikib ketgan vaqtda hizbga qo’shilishlari bilan tabiiy belgilanadi. Demak, ularning yaroqliligini belgilagan narsa hizb hay’ati emas, balki bog’lash tariqati bo’lyapti. Chunki bu shaxslarni guruhda bog’lab turgan robita aqida va shu aqidadan kelib chiqqan hizbiy saqofatdir”. Islomning aqida va ahkomlarini insonlarga tushunarlik qilib, ochiq-oydin etkazishda Islomni tushunishga va shaxsiyatini shakillantiradigan (aqida, ibodat, axloq va muomula) asosida o’zini tarbilashga ahamiyat bermagan inson da’vatchi bo’lishi mumkinmi?! (davomi bor).

G’arib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.