Savolga javob

393
0

Savol: Assalomu alaykum Turkiston tahririyati, ohirgi kunlardagi voqealar shu bolyaptiki Turk hukumati Injirlik bazasini Amerikaga berdi va Amerka koalitsiyaga Uzbekiston hukumatini taklif qildi. Amerika tuzayotgan koalitsiya Suriyani Xalifalikni talab qilayotgan xalqi bilan qirib tashlaydimi yoki shunchaki harakat qilib koryaptimi? Amerika bu ishlar bilan nimani kozlayapti?

Javob:

Va alaykum assalom.

Suriyada boshlangan tinch namoyishlar vaqtida Xalifalikni talab qila boshlagan Ummat vakillari tomonidan inqilobiy muhit tayyor bo’lib borayotgan edi. O’sha vaqtda AQSh boshchiligida xalqaro kufr sistemasi dahshatli holatga tushib qolganiga guvoh bo’lgan edik. Asad esa televideniya orqali butun dunyoga jar solib, “sizlar e’tibor beringlar, ular Xalifalik davlati o’rnatishmoqchi”, deb qayta-qayta yordam so’rab murojaat qilgan edi.

Yetakchi kufr davlatlari ishni ketuvidan o’zlarining umumiy manfaatlariga xavf kelayotganini sezib birlashishdi. Ular Shomdagi inqilobiy xalq qo’zg’alonini arzimas qurolli xalq qo’zg’aloniga aylantirish orqali islomiy inqilobiy harakatni chalg’itib yuborishdi. Bu ishni amalga oshirib olganidan keyin kufr olami xotirjam bo’ldi va yana bir-birlari bilan har biri o’z manfaatlari ustida to’qnasha boshlashdi. Asad ham deyarli xotirjam bo’ldi. Shundan so’ng Suriya xalqini har tomonga surgun qilib yuborish orqali Suriyani Xalifalik talab qilish uchun asosiy quvvat bo’lgan xalq bazasidan tozalab olishdi.

Keyingi bosqichda esa Asad rejimi “Hizbulloh” va yana bir qancha kuchlar orqali zulmni kuchaytirish bilan nafaqat Suriya ichidagi, balki butun dunyodagi xolis va iymoniy tuyg’ulari kuchli bo’lgan musulmonlarni shu erga yig’ib olishga muvaffaq bo’lishdi. Bu ular uchun Shomda kuchlar muvozanatini tenglashtirib ushlab turushlari uchun o’ta muhim edi. Bu kufr sistemasining puxta ishlab chiqilgan siyosiy amaliy operatsiyasi edi. Endi kufr sistemasiga e’tibor bersangiz xotirjam o’z ishlari bilan band. Ular endi tozalash ishlariga kirishsak ham bo’laveradi degan xulosaga kela boshlashdi.

Endilikda AQSh Suriyani islomiy harbiy quvvatlardan tozalash va bu o’lkada yana o’z malaylaridan bo’lgan siyosiy doirani shakllantirmoqchi. AQSh bu maqsadini amalga oshirish uchun mazkur islomiy quvvatlar butun dunyo uchun xavf tug’dirayotgandek qilib ko’rsatish amaliyotini boshladi. AQSh dunyo bo’ylab yangi koalitsiya kuchlarini yig’ish uchun kuchli kampaniya boshladi. Bu kabi olamiy ishlarni AQSh boshqa mamlakatlarni shantaj va terror qilish yo’li bilan amalga oshiradi. Esingizda bo’lsa, Iroqqa qarshi koalitsiya tuzish vaqtida Frantsiya va Rossiya qarshilik qilgan edi. Shunda AQSh bir necha kunda dollarni 30 % gacha qadrsizlantirib yuborgan, Frantsiya va Rossiya esa darhol AQSh uchun kerakli bo’lgan hujjatlarga qo’l qo’yib berishgan edi.

AQShning eng zaif nuqtasi uning o’lib borayotgan mafkuraviy quvvatsizligida. Shuning uchun ham u har qanday Mabda’iy to’qnashuvdan o’zini olib qochadi va bu to’qnashuvni o’zining eng kuchli nuqtalaridan biri bo’lgan harbiy tomonga yo’naltirib olishga qattiq harakat qiladi. Agar shunga muvaffaq bo’lsa har qanday kuchni tor-mor qila olishi yoki hech bo’lmaganda o’sha kuchlarni chalg’itib, o’z mafkuralaridan uzib olish orqali ularni bir-birlari bilan jang olib boradigan holatda qoldiradi. Buni Afg’oniston, Iroq, Liviya, Suriya… misolida ko’rishimiz mumkin.

Yuqoridagilar kufr o’ylagan va rejalashtirayotgan strategik harakatlar. Endi savoldagi ularning maqsadlari nima va uni ro’yobga chiqishi naqadar mumkinligi haqida muloxaza qilsak.

AQSh va kufr olamiga qolsa allaqachon Suriya xalqini qirib yuborgan bo’lishar edi. Ularni bu ishni amalga oshirishiga dunyodagi shakillanib borayotgan iymoniy muhit to’sqinlik qilib turipti. Ya’ni, siz bilan biz da’vat qilish va boshqa siyosiy harakatlarimiz bilan Ummat ichida kufrga qarshi, dunyo bo’ylab, o’zimiz yashab turgan xar joyda iymoniy muhitni tayyorlab boryapmiz. Bu muhit xatto zaif musulmonni ham Suriyadagi kabi holatlarga rozi bo’lmaydigan qilib tarbiyalab boradi. Natijada Ummat ichida “ra’yi omm” – voqelikdagi xodisa va ishlarga nisbatan islomiy dunyoqarash shakllanib boradi. So’ngra mazkur dunyoqarash millatlar va yurtlarda, urf-odatlarimiz asosida o’rtalarimizdagi doimiy aloqalarimiz asosiga aylana boradi. Bunda Ummat boshqacha dunyoqarash vakillarini jamiyatning quyi qatlami hisoblab, tez orada ularni xam o’z safiga kiritib oladi.

Suriya yoki boshqa islomiy yurtlarga nisbatan kufr olamining muomilalari, yuqoridagi fikrga, Ummatda islomiy “ra’yi ommdan kelib chiqqan urfi omm” qay darajada kuchli ekaniga bog’liq. Bu esa dunyoning har bir yurtida musulmonlar uchun vojib bo’lgan islomiy da’vat qay darajada olib borilayotganiga bog’liq. Demak koalitsiya kuchlarining Suriyaga hujum qilish ko’lami va xalqini qay darajada qatli omm qila olish imkoniyati, dunyo musulmonlari, xususan da’vatchilar mas’uliyati ostida ekan desa bo’ladi. Kufr musulmonlarning soni bilan emas, balki ular ko’tarib yurgan islomiy fikrlarini Islom ummati ongiga qay darajada singib kirib bora olgani va ummat o’sha fikrlarni xayotdagi o’rniga qaytarish uchun nimalarga tayyor ekani bilan hisoblashadi. Kufr olami faqat dunyo musulmonlarining mafkuraviy quvvatidan xayiqadi. Shuning uchun ular biznini juda ko’p mayda bo’laklarga bo’lib yuborib, xar birini o’z mamlakati xududini ximoya qilish bilan mashg’ul qilib qo’yishdi.

Ular fikrlarimizni chegara bilan to’sa olishmadi. Shuning uchun kufr olami, Islom olamini o’z aqidamiz atrofidagi fikriy yaxlitligimizdan juda qo’rqishadi. Xarbiy quvvatimizni kuchaytirish asosi bo’lgan xarbiy ishlab chiqarish sistemamizni mavjud emasligini juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun Suriyada Asad rejimi istiqomat qilib kelayotgan xududni juda xotirjam qo’riqlab kelishmoqda.

Demak AQSh boshchilik qilgan yangi olamiy koalitsiyaning xatti xarakatlari, bir o’zgarmas chiziq bo’ylab bormaydi. Balki dunyo Musulmonlarining, o’z mafkuralari asosidagi Mabda’iy xatti xarakatlariga muvofiq olib boradigan qarshilik xarakatlariga ko’ra, kufr olami, oldiga qo’ygan vaxshiy rejalaridan voz kechishga majbur bo’lishadi.

Turkiston tahririyati

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.