O’zbekiston IIV: Toshkentda yuz bergan “portlash” o’quv mag’shulotlarining bir qismi bo’lgan

601
0

“kun. uz” saytining O’zbekiston IIV matbuot xizmatiga tayanib xabar qilishicha, 4 sentyabr kuni Toshkentning Chorsu bozori yaqinida tushlik paytida sodir bo’lgan “portlash” Toshkent ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi bo’linmalarining o’quv mashg’uloti stsenariysining bir qismi bo’lgan.

“Soat 13:32da Toshkentdagi masjidlarning birining yonida joylashgan avtobuslar bekatida shartli terrorchi qo’lbola portlovchi qurilmani harakatga keltirdi. Shundan keyin “trevoga” buyrug’i bilan shahar militsiyasi kuchlari va vositalari oyoqqa turg’azildi va ichki yo’riqnomalarda talab qilinganidek portlash yuz bergan hudud o’rab olindi”, deb aytilmoqda matbuot xizmatida.

O’quv mashg’ulotlari stsenariysi bo’yicha bir vaqtning o’zida “jinoyatchini” qidirish bo’yicha tezkor-qidiruv tadbirlari tashkil etildi va 15 daqiqadan keyin qo’shni hududda bu “jinoyatchi” qo’lga olindi.

“O’quv mashg’ulotlari stsenariysi maksimal darajada real vaziyatga yaqinlashtirildi. Uning muhim tashkil etuvchisi Toshkentning boshqa tezkor javob berish xizmatlari – o’t o’chiruvchilar, FVV, tibbiy yordam xizmatining hushyorligi va tezkorligini tekshirish bo’ldi”, deb izoh bermoqda O’zbekiston IIV vakili. Uning ta’kidlashicha, mashg’ulotning birinchi bosqichida bu xizmatlar mashg’ulotlar o’tkazilishi haqida oldindan xabardor etilmaganlar.

Turkiston:

Aholini ogohlantirib o’tirmasdan o’quv mashg’ulotlari o’tkazish O’zbekiston hukumati uchun odatiy holga aylanib qolgan. Bunday ishlardan so’ng rasmiy hukumat xohlasa buni islomiy kuchlarga to’nkaydi va musulmonlarga qarshi olib borayotgan ayovsiz kurashini yanada kuchaytirishda foydalanadi, xohlasa o’quv mashg’uloti o’tkazildi deb xabar qiladi.

Mazkur portlashdan so’ng “Ozodlik” radiosi Toshkent shahar Ichki ishlaridagi manbasiga tayangan holda, “Sharq” to’yxonasining oldida, Chorsu bozoriga yaqin joydagi To’xtaboy masjidi ro’parasidagi avtobus bekatida noma’lum shaxs tomonidan tashlab ketilgan qo’lbola portlovchi modda portlagani, odamlarga shikast etmagani va portlovchi moddani tashlab ketgan odam qidirilayotgani, portlash sodir bo’lgan joyda Toshkent shahar Ichki ishlar bo’limi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xizmati bo’linmalari ish olib borayotgani haqida xabar qilgan edi. Guvohlar esa juma namozidan so’ng ro’y bergan portlash kuchli bo’lmagani, lekin uning ovozi Chorsu bozorini larzaga solganini aytishgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.