IIB polkovnigi: Hanafiya mazhabidan boshqasiga ergashgan odam javobgarlikka tortiladi

532
0

Tojikiston ichki ishlar Vazirligi Akademiyasining 5 fakultet rahbari, Polkovnik Zikrulloh Saidzoda 7 avgust kuni Dushanbe shahridagi Xoji Ya’qub masjidida jum’a namozidan ilgari so’zga chiqib, shunday dedi:

“Mening bu erga tashrif buyurishimdan maqsad namozxonlarni diniy ekstremist oqimlarning xataridan ogoh qilishdir. Ayni paytda Tojikiston oliy sudining qaroriga ko’ra, Tojikistonda 10ta tashkilotning faoliyati man etilgan. Ularga ergashgan kimsalar so’zsiz javobgarlikka totiladi. Men sizlarni ogohlantirib shuni aytmoqchi edimki , agar Tojiksiton musulmonlari orasida yuqoridagi ekstremist guruhga taqlid qilishlik hollari kuzatilsa va musulmonlar hanafiy mazhabidan boshqasiga ergashsa boshqarmamiz ular bilan shug’ullanib, taftish ishlarini olib boradi”.

Polkovnik so’zi davomida jihodiy guruhlarni tanqid ostiga oldi, Hanafiya mazhabi va uning peshvosi Imom A’zam r.a.ni maqtadi. U jumladan shunday dedi: “Tojikistonning deyarli katta qismi Imom A’zamga ergashadi. Dunyoning bir milliarddan ortiqroq musulmon ahli aynan uning yo’lidan yuradilar. Shuning uchun Tojikistonda ham boshqa har qanday yo’l va oqimlarga xojat yo’q”.

Polkovnik yuzlagan namozxonlarga xitoban yana shunday dedi: “Jihodiy guruhlar, deb atalmish har qanday oqim aslida jihodiy emas ektremist va dinsizlardan iboratdir. Qo’shni davlatlarni ko’rsangiz qanchadan qancha yoshlar ularning da’vatlariga aldanib to’rlariga ilinmoqdalar. Biz bundaylarning behuda, foydasiz so’zlari va da’vatlariga aldanmasligimiz lozim”.

Zikrulloh Saidzoda ayollar libosini ham tanqid ostiga olib, bunday ayollarni “begonaparast va taqlidchilar”, deb atadi. “…Alloh xech qachon Sizlarning tashqi ko’rinishiz va libosingizga boqmaydi, balki qalb va amallaringizga boqadi. Bugunlik kunda ko’pchilik xotin qizlar bizlarga yot bo’lgan madaniyat va ma’rifatlardan ta’sirlanib, ko’r-ko’rona taqlid qilishadi. Ular kiygan kiyimni ko’rsangiz tamoman badanlari ko’rinib turadi, yoki yalang’och desa ham bo’ladi. Bu makrdan boshqa narsa emas”, deya ta’kidladi polkovnik.

Yuqoridagi suhbatda Tojikiston IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo’limi boshlig’i Safiallo Azizullozoda (Devonaev) ham ishtirok etdi. Bir oy ichida ikki marotaba ichki ishlar vazirligining xodimlari shahar masjidlariga kelib nutq so’zladi. Tojikiston qonunchiligi bo’yicha din davlatdan alohida holda faoliyat olib boradi, ammo boshqarmaning ta’kidlashicha, namozxonlarni nazorat qilishga O’rta Osiyo va qo’shni Afg’onistondagi favqulloda holatlar turtki bo’lmoqda.

Bundan bir oy ilgari, ya’ni joriy yilning 3 iyul kuni ham IIB maxsus vakili Barotali Hamidzoda poytaxt masjididagi jum’a namozidan oldin so’zga chiqib avval hanafiy mazhabiga ehtirom bildirdi, keyin esa bunday dedi: “Agar biror odam namozu toatni tark qilsa va nuqsonli ibodat qilsa jazoga loyiq bo’ladi”.

Mubolag’asiz aytish joizki, ushbu yil Emomali Rahmon va uning yuugurdaklari uchun “Yaratuvchiga qarshi urush yili” bo’ldi. Bu makkor kimsalar asli naslini unutib, ochiqdan ochiq Xudoning hukmiga qarshi chiqishdi. Xijobga, soqolga, masjidga qarshilik qilishdi. Ammo musulmonlar qalbida chuqur ildiz otgan Islomni – dindorlik g’arizasini so’ndira olishmadi. Endi esa makr yo’liga o’tdilar. Endilikda masjid imomlaridan va organ xodimlaridan foydalanishmoqda. O’zlarini din homiylari qilib ko’rsatishib, Ummatning o’yg’onishiga to’sqinlik qilishmoqchi.

Biz shuni yana bir bor ta’kidlamoqchimizki, Islom dini faqat masjid, hijob va soqoldan iborat emas. Islom dini komil dindir. Biror muammo yo’qki, uning echimi Islomda bo’lmasa. Biz Islom dushmanlari, mutamalliq, laganbardor hokimlarimiz nayranglariga ishomasligimiz lozim. Rasulalloh sallallohu alayhi va sallam Quraysh qabilasining biror shartiga rozi bo’lmaganlar va din hukmronligini to’laligicha talab qilganlar. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallamdan ibrat olishimiz farzdir, Qiyomat kunida shu narsadan so’ralamiz.

Allohi Taolo aytadi:

– (Ey mo”minlar), sizlar uchun – Olloh va oxirat kunidan umidvor bo’lgan hamda Ollohni ko’p yod etgan kishilar uchun Allohning payg’ambari (iymon – e’tiqod va xulqi atvorida) go’zal namuna bordir. [Ahzob : 21]

Alloh Subhanahu barchamizni hidoyatda barqaror qilsin. Omin.

Munavvara.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.