Xunasasifat hukmdorlar qo’rqoqligi tufayli Aqsoni ayollar himoya qilmoqda

421
0

Axborot agentliklari xabariga ko’ra, maxsus kuchaytirilgan yahudiy kuchlari 2015 yil 26 iyul yakshanba kuni ertalab muborak Aqso masjidiga bostirib kirishlari natijasida ko’p nafar namozxonlar jarohat oldilar. Ular yahudiylarning mug’oraba eshigi tomonidan kirib olishlarini va o’zlarining «ibodatxonaning vayron bo’lishi xotirasi»ni nishonlashlarini ta’minlash maqsadida bostirib kirishgan. Murobit ayollar Aqso masjidi ichkarisida va eshiklari bo’sag’asida mardonavor turib, muborak dargohni oyoq osti qiluvchilardan himoya qildilar va ular hujumga uchrab, ayrimlari qamoqqa olindi.

Aqsoga qilinayotgan hujumlar butun Islom olamining va boshqa davlatlarning ko’z o’ngida sodir etilmoqda. Ayollarning mardonavor turib, Rosululloh Aning Isro maskanini himoya qilayotganlarini ko’rish oddiy holga, xabarlarda aytib o’tiladigan odatiy nashrga aylanib qoldi! Ular tahqirlanishni, kaltaklanishni, hibsga olinishni, qamalishni, uzoq muddatga Aqsodan badarg’a qilinishni boshdan o’tkazmoqdalar. Hukmdorlar dabdabali, xorlik va rasvolik pardalari ortida yastanib yotgan bir paytda, Mo”tasimlarga nido qilib, javob ololmagan noumid ayollar uylaridan chiqdilar. Ular surma qo’yish va ziynatlanishni tark etib, Aqsoni jinoyatkor yahudiylar hujumlaridan jismonan mudofaa qilmoqdalar jarangdor takbirlari bilan himoya qilmoqdalar. Bu ayollar hibsga olinishdan ehtiyot bo’lib, yuzlarini to’sib olganlar. Aslida, hukmdoru rahbarlar sharmandalik, rasvolikdan yuzlarini to’sishga loyiq edilar!!

Ey Islom dunyosidagi armiya zobitlari va askarlari!

Holingizga voy bo’lsin! Mana shu qurolsiz ayol kishilar Aqsoni himoya qilishda sizning burchingizni o’zlariga burch qilib olgan bo’lsalar-u, oringiz kelmaydimi, qoningiz qaynamaydimi?! Bu opa-singillaringizning yahudiylarning najas qo’llari bilan kaltaklanishlariga, tahqirlanishlariga, qamalishlariga, o’zingizning esa mutelik va qo’rqoqlik bilan turaverishingizga qanday chidaysiz?! Harbiy burchingizning qisqarib qolishiga, qurollaringizning harbiy paradlarda namoyish etilishiga, janobi oliylarini himoya qilinishiga, Robbim Alloh, deganlarga qarshi o’qtalinishiga qanday rozi bo’lyapsiz?! Nahotki, sizda Mo”tasimlar g’ururi, Xolidu Ayyubiylar oriyati qolmagan bo’lsa?! Qurollaringizni din dushmanlari tomonga qaratish o’rniga, unvoningiz va elkangizdagi pogonu ko’ksingizdagi nishondan faxrlanib yuraverasizmi?! Yoki bu narsalarga nisbatan ayrim qo’mondon va hukmdorlar kabi siz ham qoralovchi bayonotlar berib qo’yish bilan kifoyalanasizmi, yoki biz buyruqni bajaryapmiz, deb qo’ya qolasizmi?!

Qadimdan «jazodan qutulgan kimsa axloqsiz bo’lib qoladi», degan gap bor. Bu yahudiylar jazodan, javobgarlikdan qutulib, Alloh, Rosuli, mo’minlar, ularning dinlari va muqaddas narsalariyu ibodatlariga nisbatan axloqsizlik qilishlari har qanday chegaradan oshib ketdi, ammo siz nima qilyapsiz?! Sahobalar va ulardan so’ng sizning ajdodlaringiz o’z qonlari bilan sug’organ, mollarini fido etgan Quddus Sharifning zaminini ham, ayollarini ham, boyliklarini ham yahudiylar o’zlariga halol qilib olishganini ko’rib turibsiz, nega jimsiz, harakatga kelmaysiz?! Ertaga buyuk Robbingiz sizni so’roqqa tutib, ushbu Islom zaminidan voz kechganingiz to’g’risida hamda Alloh kuch-qudrat Allohniki, Rosuliniki va mo’minlarniki ekanini aytgan bo’lsa-yu, kuch-qudratni mushrik va kofirlardan izlaganingiz uchun sizni hisob-kitob qilganda qanday javob berasiz?!

Islomning kuch-qudratiga qayting, gunoh va gunohkorlar bilan kuch-qudratli bo’lishni tashlang, ana shunda qayta dunyo xo’jayinlariga aylanasiz, dunyoga qul bo’lganlardan bo’lmaysiz. Ammo dunyo xo’jayinlari bo’lishga yaramasangiz, uni o’z yaroqli kishilariga qo’yib bering. Agar erkaklik g’ururingiz va hamiyatingiz qurib bitgan bo’lsa, u holda, mayli, erkaklarning opa-singillari uylaridan chiqaversinlar-da, Rosululloh Aning Isro maskanlarini mudofaa qilishdek sizning burchingizni o’z zimmalariga olaversinlar.

«Alloh O’z ishida g’olibdir lekin odamlarning ko’plari (buni) bilmaydilar» [Yusuf 21]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Faks: 00961 130 75 94

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.