Tojikiston yaqin vaqtlar ichida YeOIIga aʼzo boʻlishi mumkin

839
0

Tojikiston yaqin vaqtlar ichida YeOIIga aʼzo boʻlishi mumkin

 Rossiya davlat dumasining MDH ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi Leonid Slutskiyning maʼlum qilishicha, Tojikiston yaqin vaqtlar ichida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilish istagini eʼlon qilishi mumkin.

 “Oʻylashimcha, kelgusi yilda rasmiy Dushanbe oʻz istagini bildiradi. U MDHga aʼzo boshqa davlatlardan koʻra koʻproq shunga intilmoqda”,- dedi Slutskiy.

 Shu bilan birga Slutskiy taʼkidlashicha, bu “mustaqil davlat tanlovi ekanligi” va “Rossiya hech kimni oʻziga tortmaydi”.

 “Agar qoʻmita Tojikistondan rasmiy soʻrovnoma olsa, buni qanday amalga oshirishni oʻylab koʻramiz”,-dedi u.

 Slutskiyning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda Tojikiston iqtisodi YeOIIning toʻlaqonli aʼzosi boʻlishga tayyor emas. Ammo Tojikiston YeOIIga aʼzo boʻlishi ortidan mamlakatda iqtisodiy oʻsishga va fuqarolar migratsiya masalalarida bir qator yengilliklarga erishishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.