Rossiya Natoga qarshi urush ochmaydi

455
0
Russia's President Vladimir Putin waits for Italian Prime Minister Enrico Letta prior to a bilateral meeting on the sidelines of a G-20 summit in St. Petersburg, Russia on Thursday, Sept. 5, 2013. The threat of missiles over the Mediterranean is weighing on world leaders meeting on the shores of the Baltic this week, and eclipsing economic battles that usually dominate when the G-20 world economies meet. (AP Photo/Dmitry Lovetsky, Pool)

10 iyun kuni Italiyada bo’lib o’tadigan Katta Yettilik sammiti oldidan Italiyaning “Corriere della Sera” gazetasiga intervyu bergan Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus armiyasining Natoga hujum qilishi haqidagi fikrlarni axmoqlik deya baholadi. Harbiy maydondagi tayyorgarliklar Rossiyaga qaratilgan tahdidlarga qarshi himoya maqsadida amalga oshirilayotganini bildirgan Putin ayrim davlatlar harbiy, iqtisodiy, moliyaviy yordamlarni qo’lga kiritish ilinjida bunday tashviqotlarni ilgari surayotganini da’vo qildi.

“Rossiya va G’arb davlatlari o’rtasida aloqalar qarama qarshilik ustida emas, hamkorlik ustida qo’rilmog’i lozim. G’arbda Rossiyaning Nato o’lkalariga hujum qilishiga doir fikrlar mavjud. Rossiya va Natoga a’zo davlatlar o’rtasida urush bo’lishi haqida faqat esini yo’qotgan odamgina fikr yuritishi mumkin”, dedi prezident Putin.

“Dunyo shunchalik o’zgarib ketganki, bunday harbiy mojaroni hatto tasavvur qilish qiyin. Rossiyadan qo’rqishga hojat yo’q”, deya qo’shimcha qildi u.

Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, AQSh Atlantik mintaqasi etakchiligini davom ettirish maqsadida harakat olib bormoqda. Shu bois Rossiya bilan Yevropa Ittifoqining bir biriga yaqinlashishiga qarshi chiqib, Rossiyadan “olabo’ji” sifatida foydalanmoqda.

“AQSh Atlantik mintaqasidagi rejalarini ro’yobga chiqarish uchun tashqi tahdidlarga ehtiyoji bor. Demakki, Eron etarli darajada qo’rqinchli bo’lmay qolgan. Endi kim bilan qo’rqitadi? Ukraina inqirozi qaerdan kelib chiqdi? Kievdagi qarshiliklar Markaziy razvedka byurosi (TSRU) tarafidan boshqarildi. Biz faqat bo’lgan hodisalarga qarshilik qilishga majbur bo’lib qoldik”, dedi Vladimir Putin.

Ayni paytda Natoga a’zo bo’lgan sharqiy Yevropo davlatlari harbiy tayyorgarlikni kuchaytirayotgani aytilmoqda.

Bundan bir hafta avval NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirib, “Rossiya tanlash huquqiga ega. Yoki kurash yo’lini davom ettirib yana ham ko’proq qamalda qoladi yoki hamkorlik yo’lini tanlaydi. Agar hamkorlik qilishni tanlasa bu Rossiya uchun ham NATO uchun ham foydali bo’ladi. Biz hamkorlik qilishga tayyormiz”, deb aytgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.