Musulmonlarning qoni ham, nomusi ham birdir

141
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Musulmonlarning qoni ham, nomusi ham birdir

Rosululloh ﷺ marhamat qilganlar:

«مَثَلُ الْمُؤْمِنِينَ فِي تَوَادِّهِمْ وَتَرَاحُمِهِمْ كَمَثَلِ الْجَسَدِ الْوَاحِدِ، إِذَا اشْتَكَى مِنْهُ عُضْوٌ تَدَاعَى لَهُ سَائِرُ الْجَسَدِ بِالْحُمَّى وَالسَّهَرِ»

«Mo‘minlarning o‘zaro hamdardlik va rahmdilliklari xuddi bir tanaga o‘xshaydi. Agar uning biror a’zosi kasallikka chalinsa, qolgan a’zolar ham isitmalab, bedor bo‘lib chiqadi». Yana bunday dedilar:

«الْمُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِ كَالْبُنْيَانِ يَشُدُّ بَعْضُهُ بَعْضًا»

«Mo‘min mo‘minga bir-birlarini tirgab turuvchi misoli binodir».

Bu yerda Rosululloh ﷺ jins, millat, rang va makonlaridan qat’iy nazar, mo‘minlarning har birini aytyaptilar. Biror mintaqa yoki yurtga yoxud rangga xoslamadilar. Chunki Suriyadagi, Falastindagi, Birmadagi, Markaziy Afrikadagi, O‘zbekistondagi, Kashmirdagi, Xitoydagi, Hindistondagi musulmonlar bir tanu bir jondirlar. Musulmonlar dunyoning u chetidagi bir ayolning yoki kampirning nolasi va yordamga chaqirig‘i uchun nusratga shoshilganlar, uning jinsi va millatiga qaramaganlar. Ertaga, Allohning izni ila, yer yuzidagi barcha musulmonlarning g‘amxo‘rlik qilib mudofaa qiluvchi bitta davlatlari va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid xalifalari barpo bo‘lsa, musulmonlardan zaif hollariga yordam berib, ularni himoyaga oladi va zulm qilganlardan qasos oladi. Xalifa, shuningdek, Rosululloh ﷺning ushbu hadislarini tatbiq qiladi:

«الْمُؤْمِنُونَ تتَكَافَأُ دِمَاؤُهُمْ، وَهُمْ يَدٌ عَلَى مَنْ سِوَاهُمْ، وَيَسْعَى بِذِمَّتِهِمْ أَدْنَاهُمْ»

«Mo‘minlarning qoni birdir, bir-birlarini qo‘llaydilar, zimmiyga omonlik berilsa, hammalari bunga amal qiladilar».

Roya gazetasining 2022 yil 28 dekabr chorshanba kungi 423-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.