Sharqiy Yevropada NATOning keng miqyosli harbiy mashg’ulotlari boshlandi

381
0

NATO matbuot xizmatining xabar qilishicha, Sharqiy Yevropada NATOning “Ittifoq qalqoni” nomli seriyali harbiy mashg’ulotlari boshladi. Bu mashg’ulotlarda tashkilotga a’zo bo’lgan 19 davlat hamda 3ta hamkor davlatdan 15 mingdan ortiq harbiy ishtirok etmoqda.

“Bu mashg’ulotlar alyansga a’zo bo’lgan Sharqiy va Janubiy Yevropa davlatlarning harbiy tayyorgarligini ko’zdan kechirish maqsadida tashkil qilindi. Bu hududda xavfsizlikni ta’minlash muhim masala hisoblanadi”, – deyiladi xabarda.

Mashg’ulotlar Polsha, Boltiqbo’yi va Ruminiyada 28 iyungacha davom etishi ko’zda tutilgan.

Bu jarayonda harakatlanish va harbiy kemalarni qo’riqlab borish ko’nikmalari, havo hujumidan mudofaa va aksilterror mudofaasi harakatlari, minalarni izlab topish va yo’q qilish ustida ishlanadi, shuningdek, artilleriya qurollari sinab ko’riladi.

Turkiston:

AQSh NATO vositasida Rossiyani o’z o’rniga tushurib qo’ymoqchi. Chunki xar qanday davlatni boshqa davlat yoki mintaqa uchun xarbiy quvvat orqali bosim berishi, doim uning xalqaro siyosatdagi tutgan o’rniga bog’liq bo’lgan. Qaysi davlat xalqaro siyosatda ta’siri kuchli bo’lsa, xarbiy quvvati bilan bosim bera olish imkoniyatlari xam keng va kuchli bo’ladi. Misol uchun, Rossiyaning xalqaro maydondagi mavqe’i tubanlashib borishi bilan, uning Kubadagi, keyin Yevropadagi, Markaziy Osiyodagi, so’ng Suriyadagi xarbiy bazalarining ba’zilari mutloq ortga qaytarilib olingan bo’lsa, ba’zilari qisqartirila boshlandi. Navbat Rossiyaning bevosita o’ziga qaratilayotgan tajovuzga etib keldi. Rossiya jurnalisti Kotsyubinskiy va yana bir qator matbuorchilar va taxlilchilarning tarqatishayotgan xabarlariga ko’ra, Rossiya bir necha mintaqalarga bo’linib ketish arafasida emish. Bu Putinning rejimini xam xavotirlantirmay qo’ymaydi albatta. Putin oxirgi vaqtlarda, bu vaziyatlarni o’nglash uchun, Ukrainaga xujum qilishni re’jalashtirayotgandek xarakatlar olib bora boshladi. NATOning yuqoridagi xarakatlari, Rossiyaning shu xarbiy taxdidiga qarshi uyushtirilgan. Putin “biz NATO bilan urushmoqchi emasmiz” deb bayonot berdi. Demak u, faqat NATO bilan urushmoqchi emas. Qirg’iziston, Armaniston kabi bir qator kichik va etaklanuvchi davlatlar xam, yuqoridagi katta va etakchi davlatlarni, qay biri ustun kelar ekan dep qiziqish bilan kutip turishipti. Rossiya rejimi, bu kurashda engilishi bilan, tashqi kichik, o’ziga mustamlaka davlatlar oldida xam o’z simpatiyasini yo’qotadi. Ichki siyosatida xam dars ketishi mumkin.

Putinning, rejimini saqlab qolishi uchun, urush qilib yuborishdan o’zga imkoniyatlari toboro torayib borayapti. Aks xolda Rossiyaning parchalanib ketish extimoli kuchayib boraveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.