Turkiyada parlament saylovi yaqinlashmoqda

401
0

Turkiyada 7 iyun kuni parlament saylovi o’tkazilishi belgilangan. Barcha partiyalar Ovoz to’plash uchun tinimsiz tashviqot olib borishmoqda. Demokratiyani mustahkamlash uchun faoliyat olib borayotgan bu partiyalar Turkiya xalqiga turli va’dalar berib ularning ovozlarini qo’lga kiritish ilinchida kim o’zar o’ynashmoqda.

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limining rahbari Mahmud Qor Turkiya xalqiga murojaat qilib, bu saylovga ishtirok etmaslikka chaqirdi. Mahmud Qor ushbu saylovda ovoz berishning shar’iy hukmi harom ekanligini eslatib o’tar ekan, so’zini shunday davom ettirdi:

“Sizlar demokratik saylovlarga ovoz berish bilan, o’zingiz bilmagan holda bu ilmoniy rejimning umrini uzaytirishga xizmat qilgan bo’lasiz.

Hurmatli musulmonlar! Saylovning lug’aviy ma’nosi ikki yoki undan ortiq narsalardan birini tanlashdir. Islomda esa harom aralashmagan holda saylash va saylanish joizdir. Xulafoi roshidinlar davrida Xalifalar saylov bilan mu’minlarning amiri va boshqaruvchisiga aylandilar. Musulmonlar esa bay’at berish bilan ularni o’zlariga rahbar qilib sayladilar.

Ammo bu erda e’tibordan chetda qolgan yoki atayin chetlashtirildan juda muhim bir jihat borki, u haqida ochiq aytib o’tishimiz lozim. Saylovning mubohligi deputatlarga ovoz berish mubohligini anglatmaydi. Chunki bu saylovlar orqali kufr nizomi bo’lgan demokratiyani va ilmoniylikni qonuniylashtirishga harakat qilinmoqda. Demokratiya Islomga zid bo’lgan nizomdir. Demokratiya hukm chiqarishda (Alloh saqlasin) insonlarni Alloh Taolodan ko’ra loyiqroq deb biladi. Erkinlikni hech bir cheklovsiz insonga berish Allohning hokimiyatini yo’qqa chiqarishdir. Chunki sizlarning ovozingiz bilan saylangan deputatlar Alloh va Rosulining bir qancha hukmlarini yo’qqa chiqarishadi va ularning o’rniga yangi hukmlar qo’yishadi. Masalan Alloh va Rosuli ichkilikni, zinoni, riboni, qimorni va shunga o’xshash bir qancha narsalarni harom qildi. Ammo parlamentdagi deputatlar bularning barchasini qonuniylashtirishdi va shunday qilishda davom etmoqdalar. E’tibor bering, Alloh Azza va Jalla bu mavzuda nima deydi:

 وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلَا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْرًا أَنْ يَكُونَ لَهُمْ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ وَمَنْ يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالًا مُبِينًا

“Alloh va Uning payg’ambari bir ishni hukm qilgan — buyurgan vaqtida biron mo’min va mo’mina uchun (Allohni hukmini qo’shib) o’z ishlaridan ixtiyor qilish joiz emasdir. Kim Alloh va Uning payg’ambariga osiy bo’lsa, bas u ochiq yo’ldan ozish bilan yo’ldan ozibdi.”.

Demak birodarlar, musulmonning zimmasiga tushgan shar’iy mas’uliyat bu saylovlardan uzoq turishdir. Zero bu saylovlarda ovoz berish shariatga ko’ra haromdir. Shuni aslo unutmangki, musulmonlarning bu saylovga ishtirok etishlari bu ilmoniy rejimning umrini uzaytirishga xizmat qilishdan boshqa ishga yaramaydi.

Aziz musulmonlar. Deputatlar saylovining voqeligiga aqlan qaraydigan bo’lsak, demokratiya jamiyatni aldaydigan katta yolg’on ekanligini ko’ramiz. Zero bugun demokratiya mustamlakachilikni yoyish va dunyo bo’ylab mazlum xalqlarni qul qilish uchun bir vosita sifatida qo’llanmoqda. G’arbliklar dunyoga tiqishtirayotgan bu ko’hna nizom o’z davlatlarida ham tartibsizliklarga sabab bo’lmoqda. Demokratiya ijro qilinayotgan davlatlarda jamiyatning barcha tayanchlari ostin-ustun bo’lib ketdi. U insoniyatni insonligidan chiqarib yubordi.

Ey musulmonlar, endi sizlarga shunday savol bermoqchiman: Alloh Taolo bizni yaratgandan so’ng e’tiborsiz tashlab qo’ydimi? Alloh jamiyat tayanchlarini himoya qiladigan nizomlarga ega Islomiy davlat shaklini belgilab bermadimi? Yoki ilmoniylar da’vo qilganidek, Allohning hukmlari eskirib qoldimi? Albatta yo’q. Kim Islom boshqaruv nizomiga ega emas deydigan bo’lsa, u Islomga tuhmat qilipti. Kim Allohning hukmlarini bugungi sharoitlarga to’g’ri kelmasligini da’vo qiladigan bo’lsa, u Allohning Ilohligiga shubha qilipti. Zero Islomning boshqaruv tuzumi mavjud bo’lib, u roshid Xalifalikdir. Musulmonlar Islom hukmlarini ijro qiladigan roshid Xalifalar saylovida ovoz berishadi, kufr hukmlarini ijro qiladigan deputatlar saylovida emas.

Ey musulmonlar, shunday ekan, demokratiyani rad qiling. 7 iyun saylovida aslo ovoz bermang, saylovlarga ishtirok etmang. Chunki bu ish eng avvalo katta gunohdir. Zero ulardan birini vakil qilib davlat majlisigi yuborganingizdan so’ng ularning chiqargan qonunlari, qilgan ishlari, noqonuniy harakatlarining gunohi sizning zimmangizga tushadi. Chunki ovoz berish vakolat berishdir, vakil esa asl kabidir. Shunday ekan, ularning so’zlariga va bekorchi va’dalariga aldanmang. Ba’zilari millatchilarni, ba’zilari konservativlarni, ba’zilari iqtisodchilarni, ba’zilari esa Islomiy peshvolarni ishga solib sizlarni ishontirishga harakat qilishmoqda. Sizni bu buzuq tuzumning umrini uzaytirishga chaqirmoqda. Bularga aldanmang va Allohning hukmidan boshqa hukm izlaganlarni qo’llab quvvatlamang, yurishlariga sherik bo’lman. Zero Alloh Taolo shunday marhamat qiladi:

 أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنْ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ

“Dinsizlik hukmron bo’lishini istaydilarmi?! Iymonlari komil bo’lgan qavm uchun Allohdan ham go’zalroq hukm qilguvchi kim bor?!”.

Ey musulmonlar. Xor bo’lib yashash uchun demokratik saylovlarda ovoz berish o’rniga roshid Xalifalik davlatida aziz bo’lib yashashni xohlamaysizmi? Allohni g’azablantiradigan bir ish qilish o’rniga Alloh rozi bo’ldagan ishni qilishni xohlamaysizmi? U holda ilmoniylikni, demokratiyani va parlament saylovlarini rad qilib, bu tuzumlardan yuz o’giring. Sizni tarixiy azizligingizga yangidan qovushtiradigan roshid Xalifalikni tiklash uchun harakat qiling. Roshid Xalifalikni tiklash uchun harakat qilayotgan Hizb ut-Tahrirga yordam bering. Vassalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.